So’nggi yangiliklar

16:09"Арсенал"нинг янги мавсумдаги сардори ким бўлади?  0 15:33"Барса" Рэшфордни рўйхатдан ўтказди. МЮдан ижарага олинган ҳужумчи 1-турда "Мальорка" билан ўйнаши мумкин  3 15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  4 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  3 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  22 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  9 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  70 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  20 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  5 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  3

Terma jamoamiz futbolchilari qaysi klub maktabidan chiqmoqda? Yangiliklar

Terma jamoamiz futbolchilari qaysi klub maktabidan chiqmoqda?

11 avgust kun O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Mirabror Zufarovichning PFL murabbiylari va rahbarlari bilan bo'lib o'tgan yig'ilishi asosida Milliy terma jamoamizga qaysi klub qanday hissa qo'shayotganini aniqlab chiqdik.
Ayni vaqtda Ozarbayjonda bo'lib turgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston Milliy terma jamoasi asosida klublarning terma jamoaga mehnatini tahlil qilib o'tamiz.

Aytib o'tish kerakki ushbu tahlil davomida futbolchining ayni vaqtdagi klubi yoki asosiy tarkibda maydonga tushgani emas,  aynan klub maktabining roli va etishtirib bergan futbolchilar sanab o'tiladi.

"Paxtakor" - Ayni vaqtda milliy terma jamoaga eng ko'p futbolchi aynan "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan etishib chiqmoqda ekan.
Jumladan darvozabon Nikita Ribkin, himoyachilar Egor Krimec, Davron Hoshimov, yarim himoyachilar Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozak, hujumchi Igor Sergeevlardir. "Paxtakor" futbol maktabida taxsil qolgan olti futbolchi ayni vaqtda milliy terma jamoamizda. Demak "Paxtakor"ning mehnati O'zbekiston milliy terma jamoasiga eng yuqori bo'lmoqda.

"Mashal" - Bugungi kunga kelib "Nasaf" safida asosiy tarkib o'yinchilariga aylanib ulgurgan Eldor Suyunov va Farrux Sayfievlar ham aynan "Mashal" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.  Undan tashqari "Lokomotiv" sharafini himoya qilib kelayotgan Fozil Musaev ham ushbu klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'ladi. SHerzod Fayziev esa hamon klubi safida va jamoa sardoridir. Milliy terma jamoamizning bugungi kundagi tarkibiga "Mashal" to'rt nafar munosib futbolchilar etishtirib bergan va klubning terma jamoaga hissasi shundan iborat.

"Bunyodkor" - O'zining tarkibini tarbiyalanuvchilari bilan to'ldirayotgan "qaldirg'ochlar" ham milliy terma jamoamizga munosib futbolchilar etkazib berishda munosib hissa qo'shmoqda. Klub tarbiyalanuvchilari hisoblangan Sardor Rashidov va Dilshod Jo'raev "Bunyodkor" klubimiz mehnati hisoblanadi.

"Neftchi" - Istedodlar maskani bo'lgan Farg'ona maktabi mahsuli sifatida Islom To'xtaxo'jaev va Pavel Smolyachenkoni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ushbu ikki futbolchi ham aynan "Neftchi" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Undan tashqari "Lokomotiv" maktabidan Bobur Yuldashev, "Navbahor" maktabida Azim Ahmedov, "Dinamo" maktabida Salim Mustafoev, "Metallurg"dan SHahzod Nurmatov, "Orol"dan Navruz Olimovlar bo'lib , ushbu futbolchilar ayni vaqtda nafaqat klubining balki o'z futbol maktabining yuzi hamdir.

Misol tariqasida aytadigan bo'lsak, Navruz Olimovning muvafaqiyatlaridagi nafaqat "Qizilqum" muxlislari balki ulardan ham ko'proq "Orol" muxlislari va mehnati singan insonlar xursand bo'lishiga shubhalanmaymiz.

Oliy ligada faoliyat olib borayotgan klublarning mehnati , ayniqsa klub maktabining hissasi aynan milliy terma jamoaga etkazib bergan futbolchilar bilan baholanadi.

Humoyun Davurov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика