So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

Terma jamoaga SHackixni olib kelamizmi? Yangiliklar

Terma jamoaga SHackixni olib kelamizmi?

Kecha O'FF rasmiy sayti milliy terma jamoamizning o'rtoqlik uchrashuvlari haqida ketma-ket ikkita xabar berdi. Hozircha keyingi yil bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlaridan ikkitasi malum.

Bu albatta xursand qiladi. Dastlab 27 mart kuni Marokash bilan, keyin 18 mayda Eronga qarshi o'ynar ekanmiz. Va har ikkala bahs safarda bo'lib o'tadi. O'rtoqlik o'yinlari FIFA kunlaridan foydalanib qancha ko'p o'tkazilsa shuncha yaxshi, bundan barchamiz xursand bo'lamiz. Lekin biz xohlardikki, Toshkentga ham birorta kuchli jamoa kelsa. Harqalay terma jamoa o'z muxlislari qarshisida to'p tepganiga nima etsin.

Lekin boriga baraka. Yana bir quvonchli tomoni shuki, ikkala bo'lajak raqibimiz ham jahon chempionatiga chiqqan. Bu tomonlama ham foydasi bor. Har holda Estoniya, Iordaniya yoki bo'lmasa Qatar variantidan yaxshiroq. Endilikda keyingi o'yinlarga tayyorgarlik masalasini puxta ishlab chiqish uchun bitta savol qolyapti: bosh murabbiy masalasi. 

O'FF sal avvalroq milliy terma jamoamizni boshqarishi mumkin bo'lgan 9 nafar nomzodni malum qildi. Nomzodlar orasida aynan kimlar bilan muzokara olib borilayotganini bilmaymiz. Balki umuman ro'yxatda bo'lmagan boshqa murabbiy tayinlanib qolishi ham mumkin. CHunki bu - futbol va oldindan bir narsa deyish qiyin. 

Kecha o'rtoqlik uchrashuviga oid ikkita xabar chiqqanidan so'ng sayt xodimlari bu borada biroz mulohaza qilib ko'rdik. SHunda saytimiz muassisi bir fikrni o'rtaga tashladi. Quyida uning fikrini keltirishga harakat qilaman. 

Maksim SHackix. Bu nomni eshitgan barcha o'zbekistonlik muxlislar borki yuzida tabassum paydo bo'ladi. CHunki SHackixning o'yinchilik paytida terma jamoamizga juda ko'p foydasiga tekkan. Qolaversa o'z klubi "Dinamo" Kiev tarkibida ham ko'plab gollar urib kievlik muxlislar mehrini qozongan. O'zimizda SHackixni barcha birdek hurmat qiladi, ezozlaydi. 

Xoh klub, xoh terma jamoa miqyosida bo'lsin, bosh murabbiy tanlashda etti o'lchab bir kesgan maqul. Agar siz biror futbolchini tarkibga olishda adashsangiz, u o'ynamasa boshqasi o'ynab ketaveradi. CHunki futbolchi ko'p, murabbiy esa bitta. Murabbiy tanlashda adashgan jamoalarning keyinchalik qiyin ahvolda qolganini ko'p ko'rganmiz. 

SHu bois ham O'FF milliy jamoaga bosh murabbiy tayinlashda shoshilmagani maqul, zero buning uchun har bir nomzodni astoydil o'rganib chiqish kerak bo'ladi. Aytaylik, toki rasman bosh murabbiy tayinlanguncha terma jamoamizni vaqtincha bo'lsa ham Maksim SHaxkixga topshirib tursak qanday bo'larkin. (Hali SHackix rozi bo'ladimi-yo'qmi...) Birinchidan, SHaxkix uchun terma jamoa begona emas, ikkkinchidan u anchadan beri oilasi bilan Kievda istiqomat qiladi va biz uchun u ham go'yo "xorijlik". Maksim Toshkentga kam keladi, kelganda ham futbolimizni kuzatadimi-yo'qmi, bilmaymiz. Balki vaqti bo'lmasligi mumkin. 

Hozirda Maksim SHackix "Dinamo" Kiev futbol klubida bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlamoqda. U kievliklar ustozi Aleksandr Xackevichga yaqindan yordam berib kelyapti. Agar SHackixni taklif qilib, terma jamoani unga topshirsak, u bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvlariga jamoani o'zi tayyorlasa va jahon chempionati yakuniga etganidan so'ng O'FF birorta xorijlik malakali mutaxassisni bosh murabbiy deb elon qilsa, shunda SHackix terma jamoa murabbiylar shtabida qolib bosh murabbiyga yordam berishda davom etsa qanday bo'larkin? 

Aytib o'tganimizdek, bosh murabbiy tanlashda adashmagan maqul. Buning uchun esa avvalo shoshmaslik talab etiladi. Madomiki terma jamoamiz oldiga 2022 yil Qatarda bo'ladigan jahon chempionatiga chiqish vazifasi qo'yilar ekan, terma jamoani vaqtincha SHackixga topshirib, keyin boshqa murabbiy tayinlab, undan so'ng SHackixni unga yordamchi qilinishiga qanday qaraysiz? Bu borada saytimiz o'quvchilari qanday fikrda?

Reyting: -204   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика