So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

"Terma jamoada golimga pas bergani kechagidek yodimda" - Sobir Xodiev, Jafar Irismetov va Mirjalol Qosimov Nikolay SHirshovni qanday xotirlashdi? Yangiliklar

"Terma jamoada golimga pas bergani kechagidek yodimda" - Sobir Xodiev, Jafar Irismetov va Mirjalol Qosimov Nikolay SHirshovni qanday xotirlashdi?

Bundan chamasi ikki yil oldin instagram sahifam orqali intervyu olish maqsadida terma jamoamizning sobiq futbolchilaridan biriga yozdim.

Bir haftalardan so'ng javob keldi. "2001 yil Xitoyga urgan golimni videosini topib bera olasanmi?",- dedi suhbatdoshim. Qidirib ko'raman, degancha suhbatni yakunladim. Bu suhbat yoddan chiqib ketdi. Bu gol muallifi Nikolay SHirshov edi. Kecha uning vafot etgani haqida xabar chiqdi. 22 raqamni nafaqat o'zi, balki muxlislar qalbiga joylagan futbolchi mangu hayotga yo'l oldi. Nikolay SHirshovning o'yinlarini ko'rmaganman, tan olaman. O'tgan yili pandemiya vaqtida arxiv qidirish chog'ida bir nechta gollarining videolari ichida o'sha Xitoyga kiritgan to'pini ko'rdim. 



Video bilan o'yinni stadiondan kuzatgan boshqa. SHunday ekan men bu haqida to'liq fikr bildirishga ojizman. Keling yaxshisi so'zni o'z vaqtida SHirshov bilan birga to'p tepgan, bolalikdan birga katta bo'lgan do'stlariga bersak. 

Yorqin Nazarov ("Paxtakor" sobiq futbolchisi, Nikolay SHirshovning bolalikdagi do'sti) - Nikolay SHirshov bilan 21 maktabda maxsus sinfda birga talim olganmiz. Juda yaxshi va og'ir bosiq bola bo'lgan. Birovga yomonlik qiladigan odati yo'q edi. Kolya bolaligida jussasi kichkina bo'lgani uchun ko'zga ko'p ham tashlanmasdi. Zaxirada qolardi. 16-17 yoshga to'lganda uning yorqin onlari boshlandi. 1997-1998 yillarda "Paxtakor"da o'zining yuqori sport formasiga chiqdi. Franciyadagi Jahon chempionatiga saralash o'yinlarida uzoq masofdan bir nechta gollar urdi. O'sha yili xattoki Osiyoning ramziy terma jamoasiga kiritildi. 

Nikolay SHirshov pasda o'ngdan uchinchi

Yoshligimizda Rossiya, Ukraina bo'ladigan turnirlarga ko'p chiqar edik. SHirshovning xobbilaridan biri baliq tutishni yaxshi ko'rardi. Gohida murabbiyimizdan ruxsat olgan holda barchamizni baliq oviga borardi. Rossiyada ikkinchi ligada bosh murabbiylikdan tashqari o'zi ham futbol o'ynardi. Balki shu narsa yuragiga bosim yuklagandir. Kolyani har doim yaxshi xotiiralar bilan eslaymiz. 

Muhtor Qurbonov (O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, AGMK klubi bosh direktori) - Nikolay bilan yoshligimda birga to'p tepganman. 1974-75 yillar terma jamoasi azosi hisoblanganmiz. Uning chap oyog'iga hammani havasi kelardi. Darhaqiqat chap qanotdan uyushtiradigan tezkor reydlari barchani yodida bo'lsa kerak. Birinchi bo'lib ko'z oldimga Sobiq Ittifoq yoshlar jamoasida o'ynaganim ko'z oldimga keldi. 

Mirjalol Qosimov O'zbekistonning "Sputnik" saytiga bergan intervyusida quyidagicha fikr bildirdi  - Albatta bu kutilmagan va yoqimsiz xabar. Bunday pallada biror narsa gapirish qiyin. Ajoyib insonni yo'qotdik. Boz ustiga 47 yoshda...Unda maydon ichida va tashqarisida ham insoniylik tark etmasdi. Biz xudo yaratgan insonmiz. SHunday ekan buni muhokama qilishga ojizmiz. Demak uning bu dunyodagi vaqti yakunlanibdi. 

Jafar Irismetov (O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, "Paxtakor" sport direktori) - Nikolay haqidagi xabarni ko'rishim bilan ichimga g'alati hislar cho'kdi. Xudo yaqinlariga sabr bersin. Hayot shunday ekan. Yaxshi bir inson oramizdan ketdi. Uni avvalo futbolchiligini emas, yaxshi va tarbiyali inson bo'lganini aytishim joiz. Og'zidan haqoratli gap chiqqanini eslay olmayman. Menimcha hamma muxlislar SHirshovni qanday o'yinchi bo'lganini bilishadi. To'g'risini aytsam biror qiziq voqeani eslay olmayman. O'zim shok holatidaman. Hayolimga kelgan ilk narsa milliy terma jamoada menga bergan ajoyib golli uzatmasi bo'ldi. Ko'zimni oldida turibdi. Darvozaga qarab pas bergan va gol urganman. 



Sobir Xodiev ("Paxtakor" sobiq futbolchisi, ayni paytda shu klub texnik direktori) - Nikolay SHirshovning vafotini eshitib hafa bo'ldim. Hozirgi "Bunyodkor" stadioni o'rnidagi MHSK o'yingohida  "Trudovye rezervy" jamoasida 12 yoshimdan futbol o'ynashni boshlaganman. Aynan o'sha erda SHirshov bilan tanishdim. Keyin ancha yil o'tgach "Paxtakor"ning asosiy tarkibida birga to'p tepish nasib qildi. Ochig'i juda kamtar edi, deya olaman. Turli hazillar bilan kayfiyatimizni ko'tarardi. Oilasini yaxshi ko'rardi. "Paxtakor"da raqobatchi hisoblanardik. Ikkalamiz chapaqaymiz. Men hujumda, u orqaroqda to'p tepardi. Boshqa nima deyishga ham xayronman. Afsus...


O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Nikolay SHirshov vafot etdi. U qanday inson edi?

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика