So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  3 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  6 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  1 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  16 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Terma jamoada debyut o'yinida gol urgan, Abramov tomonidan qayta kashf qilingan Sanjar Qodirqulovni tabriklaymiz Yangiliklar

Terma jamoada debyut o'yinida gol urgan, Abramov tomonidan qayta kashf qilingan Sanjar Qodirqulovni tabriklaymiz

Bugun, “Bunyodkor” va O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Sanjar Qodirqulov tavallud kunini nishonlamoqda.

Ajoyib iqtidor egasi 23 yoshga qadam qo'ydi.

Barcha qatori bolaligidan millionlar o'yiniga mehr qo'ygan qahramonimiz o'zi yashayotgan Sergeli tumanidagi futbol to'garaklaridan biriga shug'ullanish uchun borib yuradi. Bu haqida uning o'zi shunday deydi. “Futbolga 12 yoshimda kelganman. Sergelidagi «Bahor» degan mahallasida mashg'ulotlarni boshlaganman. Birinchi murabbiyim Nuriddin aka. SHundan keyin biroz vaqt o'tib meni «Bunyodkor» akademiyasiga qabul qilishgan. U erdagi birinchi murabbiylarim – Yorqin Nazarov bilan Abdumalik Sattorovich”. 

Yurtimizga va turli yoshdagi terma jamoalarimizga futbolchi etkazib berishda etakchi hisoblangan akademiya Sanjarga ham o'z eshiklarini ochadi. Bo'yi past bo'lishiga qaramasdan chaqqon va tezkor harakatlari, driblinglari, maydonni yaxshi ko'ra olish qobiliyati o'sha paytdagi o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuralievni etiborsiz qoldirmaydi. Natijada 2012 Eronda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati oldidan yakuniy tarkibdan joy oladi. Keyinchalik sekin-asta katta futbolga qadam qo'yayotgan Qodirqulov “Bunyodkor” akademiyasida mahoratini oshirishda davom etdi. 2015 yilda esa malum muddat quyi liga vakili hisoblangan “Obod” jamoasiga ijaraga berildi. Bundan ko'zlangan maqsad esa albatta etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishdir. 2016 yil boshida Sergey Lushan iqtidorli yarim himoyachini ortga qaytardi. Futbolchi “qaldirg'ochlar”ning qishki yig'inlarida qatnashdi. O'rtoqlik uchrashuvlarida “Anji”, “CHonbuk Motors” klublari darvozasini ishg'ol qildi. Amalda esa klub fubolchini olib qoldi. OCHL guruh bosqichi ikkinchi turida “Bunyodkor” o'z maydonida Raul Kaneda boshchiligidagi “Al Nasr” jamoasini qabul qildi. Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan klubimiz o'shanda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 

Lushan esa ikkinchi bo'limda Sanjar Qodirqulovni maydonga tushiradi. SHu kuni u jamoadagi debyutini nishonlashga muvaffaq bo'lgan. Keyingi davrada kuchli raqobat sabab Qodirqulov Bekobodning “Metallurg” jamoasiga ijaraga berildi. Bu esa unga katta foyda keltirdi. Tezkor yarim himoyachi Oliy ligadagi debyutini murabbiy Rustam Mirsodiqov qo'l ostida o'tkazdi. Muxlislarga tanildi. 2016 yil yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Bahraynda o'tgan qita chempionatiga Sanjarni ham olib bordi va ayrim bahslarda imkoniyat berdi. 2018 yilda to'liq “Bunyodkor”ga qaytdi va xozirga qadar jamoaning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. O'tgan mavsum uning uchun yutuqlarga boy yil bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunga qadar asosan qanot yarim himoyasida o'ynab kelgan futbolchini Abramov turli chiziqlarda sinab ko'rdi. Bazi bellashuvlarda markazda ham foydali yurishlarni amalga oshirdi. JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Yamanga qarshi o'yinda milliy jamoa libosida ilk bor to'p tepdi va birinchi bahsdayoq gol urishga erishdi. Yil yakunida esa bronza medallari bilan taqdirlandi.

Saytimiz ijodkorlari nomidan Sanjar Qodirqulovni tug'ilgan kuni bilan tabriklab, faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика