So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  4 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  12 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  397 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Terma jamoa. Bugun kim debyut qiladi? Yangiliklar

Terma jamoa. Bugun kim debyut qiladi?

12 noyabr kuni Qozog'iston orqali Gruziyaga uchib ketgan Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun mezbonlarga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqadi.

Georgia

Davit Volkovi - 41'

Friendlies . 1-tur

15/11/2021, 19:00

0
:
1
Tugadi

Uzbekistan

45'
90'
41'  Davit Volkovi
61'  Zuriko Davitashvili (Tornike Okriashvili)
61'  Valeri Qazaishvili (Khvicha Kvaratskhelia)
71'  Valeriane Gvilia (Giorgi Aburjania)
71'  Davit Volkovi (Giorgi Tsitaishvili)
84'  Irakli Azarovi
86'  Saba Lobjanidze (Guram Giorbelidze)
46'  Davron Khashimov (Ibrokhimhalil Yoldoshev)
46'  Ikrom Alibaev (Azizjon Ganiev)
64'  Dostonbek Khamdamov (Khozhimat Erkinov)
79'  Eldor Shomurodov (Igor Sergeev)
84'  Farrukh Sayfiev

Sloveniyalik mutaxassis Tbilisiga 21 kishidan iborat tarkibni olib ketganidan xabardorsiz. 

Darvozabonlar - Eldorbek Suyunov ("Paxtakor", 30 yosh), Valijon Rahimov (AGMK, 26 yosh), O'tkir Yusupov ("Navbahor", 30 yosh).

Himoyachilar - Farrux Sayfiev ("Paxtakor", 30 yosh), Davron Hoshimov ("Navbahor", 28 yosh), Islom Qobilov ("Lokomotiv", 24 yosh), Marlen CHobanov ("Paxtakor", 21 yosh), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor", 24 yosh), Ibrohim Halil Yo'ldoshev ("Nijniy Novgorod", 20 yosh), Abbos Otaxonov (AGMK, 26 yosh).

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov ("Paxtakor", 25 yosh), Ikrom Aliboev ("Tedjon", 27 yosh), Otabek SHukurov ("Al SHarja", 25 yosh), Abror Ismoilov ("Paxtakor", 23 yosh), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor", 25 yosh), Aziz G'aniev ("SHabab Al Ahli", 23 yosh), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", 28 yosh), Hojimat Erkinov ("Paxtakor", 20 yosh), Islom Kenjaboev ("Qizilqum", 22 yosh).

Hujumchi - Igor Sergeev ("Tobol", 28 yosh), Eldor SHomurodov ("Roma", 26 yosh).

Joriy yig'inda ishtirok etayotgan yigitlarning o'rtacha yoshi 24,8 ga teng: darvoza — 28,6 yosh, mudofaa — 24,7 yosh, yarim himoya — 23,1 yosh, hujum chizig'i — 27 yosh.

Eldorbek Suyunov, O'tkair Yusupov va Farrux Sayfiev milliy jamoamiz safidagi eng tajribali o'yinchilar hisoblanishadi (barchasi 1991 yilda tug'ilgan). 

Ulardan 10 yoshga kichikroq Hojimat Erkinov va Ibrohim Halil Yo'ldoshev esa Srechkoning eng yosh shogirdlari.

Tarkibda 1 nafar debyutant bor. Bu — "Paxtakor" himoyachisi Marlen CHobanov. Terma jamoadan ilk bor chaqiruv olgan 21 yoshli futbolchi Gruziyaga qarshi bahsda debyut qilishi mumkin.

SHuningdek, 4 nafar futbolchi uzoq muddatlik tanaffusdan keyin mamlakatimizning bosh jamoasi libosida maydonga tushishi mumkin.

O'tkirbek Yusupov —  3 yil.

Superligamizdagi eng tajribali kiperlardan hisoblanadigan Yusupov milliy jamoa darvozasini faqat 1 ta o'yinda qo'riqlagan. Kuper uni 2018 yilning oktyabr oyida Qatarga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik bahsida sinab ko'rgan edi.

Davron Hoshimov — 2 yil.

Terma jamoa boshqaruvi Vadim Abramov qo'liga o'tgach, uning eshiklari "Navbahor" himoyachisi uchun uzil-kesil yopilgandi. Hoshimov so'nggi bor Falastin maydonida o'tgan, Kuperning istefosiga sabab bo'lgan bahsda harakatlangan.

Abbos Otaxonov — 3 yil.

AGMK himoyachisi bunga qadar terma jamoa libosini 2 ta o'rtoqlik o'yinida kiygan. Aniqroq aytsak, u Timur Kapadze tomonidan Eron va Urugvayga qarshi o'rtoqlik bahslariga jalb qilingan edi (2018).

Islom Kenjaboev — 3 yil.

"Qizilqum" yarim himoyachisi ham faqat Timur Kapadze zamonidan chaqiruv olgan va Eron bilan o'yinda bir necha daqiqa o'ynagan edi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Srechko Katanec boshchiligida 3 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta g'alabaga erishgan. Gruziyaga qarshi bahs sloveniyalik mutaxassis uchun termamiz ustozi sifatida 4-si bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

Superliga. "Qo'qon-1912" "Nasaf"ni hech qachon safarda engolmagan (9 fakt)

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика