Ten Xag Ronalduning ketishi haqida: "Krish endi tarix. Biz oldinga qarab harakat qilmoqchimiz"
07 dek 2022 18:23
Yangiliklar
Ten Xag Ronalduning ketishi haqida: "Krish endi tarix. Biz oldinga qarab harakat qilmoqchimiz"
Erik ten Xag hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ni tark etishi haqida fikr bildirib o'tdi.
"U klubni tark etdi, bu endi tarix. Bor etiborimiziz oldinga harakat qilishga qaratilgan.
Jamoani qayta qurish va o'yin uslubini o'zgartirish vaqt talab qiladi. Top-futbolda bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Raqiblar zarba uchun qulay fursatni kutadi va bu yuz berdi.
Biz juda qisqa vaqt ichida vaziyatga moslashishimizga to'g'ri keldi. Nazarimda, jamoa buni ajoyib ravishda uddaladi. Mentalitet o'zgardi va mavsum davomida o'yinimiz ham o'zgardi. O'ylashimcha biz o'sishga erishdik va tanlagan yo'limizda davom etishimiz zarur", – dedi "Manchester Yunayted" ustozi MUTV"ga bergan intervyusida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar