Ten Xag Ronalduning intervyusidan g'azablandi
14 noy 2022 20:41
Yangiliklar
Ten Xag Ronalduning intervyusidan g'azablandi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Krishtianu Ronalduning jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusidan g'azablandi.
Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, ten Xag Krishtianuning bunday bayonotlar berishini kutmagandi. Oldinroq niderlandiyalik mutaxassis klub rahbariyati bilan shoshilinch yig'ilish o'tkazib, Ronalduning kelajagi haqida qaror qabul qilishi borasida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu yozda "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi edi, biroq futbolchiga xaridor topilmadi. Endi qishki transfer oynasida portugaliyalik hujumchining klubdan ketish ehtimoli ortadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar