Ten Xag "Nyukasl" bilan o'yindagi sharmandali natijadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
02 noy 2023 07:26
Yangiliklar
Ten Xag "Nyukasl" bilan o'yindagi sharmandali natijadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya liga kubogi 1/8 finali doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yindan so'ng (0:3) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu yaxshi emasligini bilamiz. Buning uchun javob berishimiz kerak. Men javobgarlikni o'z zimmamga olib, muxlislardan uzr so'rayman. Bu bizning darajamizdan past natija edi. Buni to'g'irlashimiz kerak.
Tezroq o'zimizga kelib olishimiz lozim. Navbatdagi o'yin shanba kuni bo'ladi va o'z darajamizga qaytib olishimiz lozim. Futbolchilarda barchasi joyida, ular birdamlik ko'rsatishmoqda. Ularning qanday harakat qilishganini ko'rdik, ammo buning etarli emasligini bilamiz", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar