Ten Xag: "Butun dunyo etibori shu o'yinga qaratiladi"
27 okt 2023 19:42
Yangiliklar
Ten Xag: "Butun dunyo etibori shu o'yinga qaratiladi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning fikriga ko'ra, jamoasi to'g'ri yo'lda harakatlanmoqda.
"Asta-sekinlik bilan g'oliblik yo'lini topib boryapmiz, bizni mag'lub qilish oson bo'lmaydi. Ayni damda to'g'ri yo'ldamiz. Bu o'yinning ahamiyati yuqori. Bu Manchester derbisi, ichki derbi, ammo butun dunyo etiborini o'ziga qaratadi.
Doim ham to'p bilan kerakli darajada bo'la olmayapmiz, lekin pressingda yaxshi harakat qilyapmiz. To'pni olib qo'yish bo'yicha APL etakchisi bo'lib turibmiz. O'yinni qanday tashkil qilishimiz ko'rinib turibdi.
Hujumga o'tish fazasidagi ustunligimizdan foydalana olmayapmiz. Ammo foydalanishimiz kerak, chunki buning uchun imkoniyatlarimiz etarlicha. Rivojlanish kerak, shu orqali o'yinlarni o'zimiz uchun osonlashtiramiz", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar