So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  9 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Men "Lokomotiv"dan ketganim yo'q" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Men "Lokomotiv"dan ketganim yo'q"

Malum bo'lishicha, "Lokomotiv" futbolchisi haliyam klub bilan birga.

Bugun "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovning klub bilan xayrlashgani haqida xabar chiqdi.

SHundan so'ng ham internet, ham telefon orqali bizga ko'pchilik tomonidan murojaatlar bo'ldi. Natijada vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida dastlab "Lokomotiv" futbol klubi Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov hamda futbolchining o'zi bilan bog'landik.

"Temurxo'ja Abduxoliqov jamoamiz safini tark etgani yo'q. Uning klub bilan amalda shartnomasi bor. SHu bois ishonch bilan aytishim mumkin, Abduxoliqov hozirgi kunda jamoamiz tarkibida mashg'ulotlarda ishtirok etyapti", - deya aytib o'tdi To'labek Akramov.

Bu borada Abduxoliqovning o'zi shunday dedi: "Ochig'i, bu gap qaerdan chiqqan umuman xabarim yo'q. Kechki payt zalda bolalar bilan yig'ilib futbol o'ynadik. Futboldan so'ng telefonni yoqsam, rosa ko'p qo'ng'iroqlar kelgan ekan. Hatto uyimdagilar ham qo'ng'iroq qilishibdi. Nima gap desam, hamma "Lokomotiv"dan ketdingmi deb so'rayapti. To'g'risi, bundan hayron qoldim va boshida biroz tushunmadim. SHuni aytishim mumkin, men hozir ham "Loko" azosiman va jamoadan ketganim yo'q. Kecha mashg'ulotga bordim, bugun esa hammaga dam berildi, ertaga yana mashg'ulotga boraman. Oldinda yana ikkita tur qoldi va professional futbolchi sifatida shartnomam muddati tugaguncha shu erda bo'laman. Undan keyin nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi".

X.Xoliqov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика