So’nggi yangiliklar

12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  0 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  1 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  4 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  12 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  7 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  2 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  4 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  7 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0

Temurxo'ja Abduxoliqov - mavsum yakunlari haqida Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov - mavsum yakunlari haqida

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov yakuniga etgan mavsum haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Nasaf"ga qarshi bahs haqida

- CHiroyli o'yin guvohi bo'ldik. Birinchi taym ortda borayotib, ikkinchi bo'limda vaziyatni o'ngladik va yakunda 3:1 hisobida g'alaba qozondik. Qarshiga kelib o'z o'yinimizni namoyish etdik, chunki mavsumni chiroyli yakunlab qo'yishni maqsad qilgandik. O'ylaymanki, Aziz Amonovning hisobni tenglashtirgan goli o'yinda tub burilish yasadi. 

To'purarlik uchun kechgan kurash haqida

- Dragan CHeran oxirgi turda maydonga tushmasligini bilardik. U allaqachon 16ta gol urib qo'ygandi. Men bilan Husayn Norchaev hisobida esa 12tadan gol bor edi. Albatta, men ham to'purar bo'lish uchun oxirigacha kurashdim. Yakunda esa 14ta gol bilan ikkinchi bo'ldim. Lekin "Nasaf"ga qarshi bahs oldidan Norchaev bilan raqobat haqida o'ylaganim yo'q. Meni ko'proq CHeranning 4ta golga o'zib ketgan o'ylantirgandi. 

Dragan CHeran haqida

- Juda kuchli va mahoratli futbolchi. Futbolni aql bilan o'ynaydi. CHerandek futbolchini menimcha har bir klub o'z safida ko'rishni xohlaydi. U ko'p gol uradi, o'yinni ham yaxshi boshqaradi. U bejizga ketma-ket uch yildan beri to'purar bo'layotgani yo'q. 

"Lokomotiv"dagi eng yaxshilar haqida

- Bu yil bor kuchimizni namoyish eta olmadik. SHunga qaramay, eng kuchli uch nafar futbolchini aytadigan bo'lsam, bu - SHuhrat Muhammadiev, Aziz Amonov va Kaxi Maxaradze.

"So'g'diyona" ikkinchi o'rinni olgani haqida

- Adashmasam, Jizzaxda uch yildan beri deyarli bir xil tarkib o'ynayapti. Bu esa o'z mevasini berdi. Qolaversa, Ulug'bek Baqoev ham kuchli mutaxassis. Bu mavsum Baqoev katta ishni amalga oshirdi. 

Kelgusi rejalar haqida

- Avvalo yaxshi hordiq chiqarish. Keyin esa yangi mavsum haqida o'ylay boshlayman. Bundan tashqari eskidan qolgan kichik jarohatlar bor, shularni davolashim kerak.

Reyting: +3   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика