So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  4 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Temur Turdiev: “Orol”ning bu yilgi asosiy maqsadi birinchi ligada qolish" Yangiliklar

Temur Turdiev: “Orol”ning bu yilgi asosiy maqsadi birinchi ligada qolish"

Teglar :  Temur TurdievOrol
“Orol” bir necha mavsumdan buyon muntazam ravishda O'zbekiston Birinchiligida ishtirok etib kelayotgan qoraqalpoq futbolining yagona jamoasi hisoblanadi.

So'nggi yillarda moliyaviy muammolarga o'ralashib qolgan klub katta qiyinchilik bilan chempionatni yakunlab olishni odatga aylantirdi. Moliyaviy muammolar o'z-o'zidan jamoaning musobaqadagi natijalariga ham tasir ko'rsatdi. Biroq “Orol” bu yildan rahbariyat tomonidan bo'lgan etiborga mos ravishda mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda, deyish mumkin. To'g'ri, Temur Turdiev murabbiyligidagi futbolchilar aksar ochkolarini o'z maydonidagi bahslarda qo'lga kiritmoqda, biroq avvalgi mavsumlar bilan solishtirganda vaziyat yaxshi. Oddiy misol, nukusliklar O'zbekiston Birinchiligining 10-turida poytaxtning “Oq-tepa”sini qabul qilib, 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Bellashuvdan keyin biz mezbonlar ustozini suhbatga tortdik.

- Temur aka, avvalo “Oq- tepa” jamoasiga qarshi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Bellashuvning birinchi bo'limi teng kurashlar ostida o'tdi. Ko'rdingiz, tanaffusdan keyin ustunlik biz tarafda bo'ldi. Asosiysi, raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlarimizni golga aylantira oldik. G'alabaning asosiy omili shu, deya olaman.

- O'z vaqtida “Oq-tepa” tarkibida to'p surgansiz. Bugungi g'alabada bu qanchalik muhim ahamiyat kasb etdi? Yani, raqibni o'rganish jarayonida “Oq-tepa”ni yaqindan bilishingiz qo'l keldimi? Nimalarga etibor qaratdingiz?
- Albatta, “Oq-tepa” safida to'p surganim, bu jamoani yaqindan bilishim raqibni o'rganishimda qo'lga keldi. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda bu bizning foydamizga xizmat qildi. Mehmonlarning markaziy yarim himoya chizig'i kuchli ekanligini bilardim. Aynan o'sha chiziqni “yopa” olsak, hammasi yaxshi bo'lishini futbolchilarga aytgandim. Etibor bergan bo'lsangiz, birinchi bo'lim o'rtalarida markazni raqibga “topshirib” qo'ydik. SHuning natijasi o'laroq ular darvozamizni ishg'ol qilishning uddasidan chiqa olishdi. Ikkinchi bo'limda biz taktikani o'zgartirdik. Markazni “tortib olish” maqsadida uchta himoyachi bilan harakat qildik. Buning natijasini ko'rdinglar.

- Hisob yirik ko'rinish olgani sizni ajablantirmadimi?
- Ko'rdingiz, mehmonlar birinchi bo'limda bittagina vaziyatni golga aylantirishdi. Biz ham barcha imkoniyatimizdan foydalandik. Demak, to'g'ri yo'lda ketyapmiz.

- Bellashuvdan oldin g'alabaga qanchalik ishongan edingiz?
Foiz hisobida aytadigan bo'lsak, ochig'i g'alabaga bo'lgan imkoniyatimizni 60x40 baholagandim. CHunki bizning tarkibimizda yosh o'yinchilar to'p suradi. Raqib safida tajribali futbolchilar bor. Biz o'z maydonimizda ko'proq xarakter evaziga g'alaba qozonamiz. Qolaversa, o'z uyingda devorlar ham yordam beradi, degan gap bor.

- “Orol”ning bu yilgi O'zbekiston Birinchiligidagi ishtiroki xususida ham to'xtalib o'tsangiz.
- Aytganimdek, bizning jamoa hali yosh. O'tgan yilgi tarkib sakson foizga yangilandi. Avvalgi mavsumda “Orol” sharafini himoya qilgan futbolchilardan atigi to'rt nafari bugun biz bilan birga. Jamoa endi-endi shakllanib kelmoqda. O'yinchilarning aksari kollej o'quvchilaridir. SHu bois Nukusdagi bahslarda yigitlar xarakter ko'rsatishyapti. Safarga chiqqanimizda tajribasizlik pand bermoqda.


- Murabbiy sifatida jamoaning ishtirokidan qoniqish hosil qilyapsizmi?
- Hozircha qoniqyapman, desam bo'ladi.

- Ushbu mavsumdan etiboran jamoaning bosh murabbiyi sifatida maydonda to'p suryapsiz. Bu jarayonda o'zingizni qanday his qilyapsiz?
- Ham murabbiy ham futbolchi sifatida harakat qilish qiyin, albatta. CHunki maydonda to'p surayotganingizda ko'p narsa ko'rinmaydi. Lekin qiyinchilikni engib, ishlashga harakat qilyapmiz. To'g'ri, tashqaridan turib, futbolchilarni nazorat qilish osonroq, ammo o'yinchi ham ekanman, men ularni maydonda boshqarib turishni o'rganishim ham kerak. Fikrimcha, buni qisman bo'lsa-da, uddalayapman.  

- Birinchi liganing saviyasi to'g'risida nima deya olasiz?
- Saviya biroz tushgan, deb o'ylayman. Boisi, aksar jamoalarning tarkibi sezilarli darajada yoshargan. Tabiiyki, bu chempionatning saviyasiga ham tasir ko'rsatmoqda. Bilasiz, klublarda tajribali futbolchilar to'p sursa, o'yinlar ham boshqacha kechadi.

- O'zbekiston Birinchiligida ishlayotgan hakamlar uchrashuvlarga qanchalik tasir o'tkazyapti?
- Yomon, demagan bo'lardim. Sababi, shu kungacha o'tkazgan uchrashuvlarimizning faqat bittasida hakamlar raqibimiz tomonida bo'ldi. “Dinamo”ga qarshi o'z maydonimizdagi bahsda shunday holatga duch keldik. Hakam mehmonlarga sal emas, yaxshigina yon bosdi. Qolgan bahslarda o'zimizning qo'pol xatolar evaziga yirik hisobda yutqazdik. CHunki yuqorida  takidlaganimdek, tarkibimiz yosh, yigitlarga mahorat etishmayapti.

- Rahbariyat tomonidan jamoaning oldiga qandaydir vazifa qo'yilganmi?
- Rosti, bu yilgi asosiy maqsadimiz birinchi ligada qolish! Mening vazifam mahalliy yoshlarni tarbiyalab, jamoani shakllantirish. Agar etibor bergan bo'lsangiz, deyarli har mavsum bir nafar futbolchimiz oliy liga klubiga yo'l olyapti.

- Murabbiylikning ilk taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz.
- Qiyin. Sababi, murabbiy bo'lganingizdan keyin futbolchilikdan farqli ravishda hamma narsani o'ylaysiz. Qo'l ostingizdagi o'yinchilarning tayyorgarligidan tortib, jamoani kutib turgan uchrashuv haqida ham bosh qotirasiz. Raqibga qarshi qandak taktika asosida to'p surishni, mashg'ulotlarni qay yo'sinda o'tkazishni o'ylash ham murabbiyning vazifasi. Qisqasi, ish ko'p.

- SHunday ekan, butsani mixga ilib, bor etiborni murabbiylikka qaratgan maqul emasmi?
- Maqul. Ammo maydonga tushib to'p tepishga kuchim bor ekan, futbolchi sifatida ham “Orol”ga yordam bermoqchiman.   


Furqatbek NISHONOV

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика