So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  58 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

Temur Kapadze: "Bugungi ikkita o'yinda durang qayd etiladi" Yangiliklar

Temur Kapadze: "Bugungi ikkita o'yinda durang qayd etiladi"

SHu kunlarda butun dunyo futbol jamoatchiligining diqqat-etibori Braziliya yashil maydonlarida davom etayotgan JCH-2014ga qaratilgan.
Bugunga kelib pley-off bosqichining aksariyat ishtirokchilari aniqlanib bo'ldi. Kutilmaganda, amaldagi jahon chempioni Ispaniya, shuningdek, g'oliblik uchun davogarlardan biri hisoblangan Angliya terma jamoalari ikkitadan mag'lubiyat qayd etib, guruhdan ham chiqa olishmadi. Bugun mundialning 2-turi doirasida yana 3 ta uchrashuv o'tkaziladi. Biz bugungi o'yinlar oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qozog'iston chempioni Aktobe klubi yarim himoyachisi Temur Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik.

- Temur, JCH-2014 o'yinlarini ko'rib boryapsizmi?

- Albatta. Juda ham ko'p kutilmagan natijalar qayd etilyapti.

- SHu kungacha o'tkazilgan o'yinlar haqida umumiy fikringiz qanday?
- Fikrim shuki, mutaxassislarning jahon chempionati oldidan aytgan fikrlari haqiqatga yaqinlashib boryapti. Yani aksariyat mutaxassislar Jahon kubogi Lotin Amerikasida qoladi, deyishgandi. Haqiqatan ham, bu qita jamoalari kuchli o'yin namoyish etishyapti. Braziliya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, CHili terma jamoalari o'z muxlislarini xushnud etishyapti. Portugaliyaga qarshi kechgan o'yindan so'ng Germaniyaning ham chempionlik yo'lidagi imkoniyatini yuqori baholagandim. Lekin Gana bilan o'yindan so'ng biroz ikkilanib qoldim.

- Bugun o'tkaziladigan Rossiya  Belgiya, Jazoir  Janubiy Koreya, AQSH  Portugaliya o'yinlaridan nimalarni kutyapsiz? SHunchaki, hisobni taxmin qilib ko'ring.

- Bugungi o'yinda Rossiya terma jamoasining g'alaba qozonishini istayman. Lekin bu oson kechamaydi. Belgiyaning hozirgi avlodi juda ham kuchli. Menimcha, bugun Belgiya g'alaba qozonadi yoki 1:1 hisobidagi durang natija qayd etiladi. Jazoir va Janubiy Koreya uchrashuvida ham g'olib aniqlanmaydi. Portugaliya esa Germaniyadan qabul qilib olingan qaqshatqich mag'lubiyatni unutgan bo'lsa, bugun g'alaba qozonishi kerak. Men o'z taxminlarimni qildim. Oldinga o'tib shuni aytishim kerak, bugungi uchchala o'yinda ham jamoalarga ochko olish oson kechmaydi. Imkoniyatlar deyarli bir xil.

- Jahon chempionat to'purari kim bo'ladi?
- Karim Benzema yoki Tomas Myuller.

- Finalda kim o'ynaydi?
- Germaniya, Braziliya va Gollandiya terma jamoalaridan ikkitasi finalga qadar etib kelsa kerak. Bu mening shaxsiy fikrim.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика