So’nggi yangiliklar

07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  1 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3

Tayyorlov guruhlari. Lokomotiv futbolchilari finalda! Yangiliklar

Tayyorlov guruhlari. Lokomotiv futbolchilari finalda!

Qarshi shahrida bo'lib o'tayotgan tayyorlov guruhlari musobaqasida ishtirok etayotgan Lokomotiv tarbiyalanuvchilari finalga yo'l olishdi.

Bugun bo'lib o'tgan yarim final bahsida yosh temiryo'lchilar Bunyodkorni 1:0 hisobida mag'lub etishdi.

Mazkur musobaqa 1998-99 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tyapti va bunda Yuriy Vintovkin boshqaruvidagi jamoamiz ishtirok etmoqda. Bugungi o'yinda Kuchkarov Akbar tomonidan kiritilgan gol Lokoga navbatdagi g'alabani taqdim etdi.

Endi 15 noyabr kuni tayyorlov guruhlari musobaqasining final uchrashuvi o'tkaziladi. Bunda Lokomotiv va Nasaf tarbiyalanuvchilari o'zaro bas olib borishadi. Bugungi yarim finalning birinchi uchrashuvida Nasaf ham Neftchidan 1:0 hisobida ustun keldi.

Biz Qarshida bo'lib turgan jamoamizni bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz va final bellashuvida ham omad yor bo'lishini tilab qolamiz!

Tayyorlov guruhlari. Yarim final. 13 noyabr

LOKOMOTIV - BUYODKOR 1:0

Gol
: Akbar Kuchkarov (65).

Lokomotiv tarkibi:
Jo'rabek Ro'ziev
Nurmatov Murod
Otabek Muhamedov
Hamidulla Sobirov
Hayot Rahimjonov
Abbos Komilov
Omad Arabboev
SHohruh Mo'minqulov
Artur Avanesov
Rustam Hamroev
Akbar Kuchkarov

Zaxiradan tushganlar:

SHahobiddin Musaboev
Akbar Akbarov
Vohid Yunusov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика