So’nggi yangiliklar

09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  2 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  3 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26

Tayyorlov guruhlari. “Bunyodkor”ning ikkita jamoasi finalga chiqdi Yangiliklar

Tayyorlov guruhlari. “Bunyodkor”ning ikkita jamoasi finalga chiqdi

Qarshi va Andijon shaharlarida oliy va birinchi liga klublarining tayyorlov guruhlari o'rtasida O'zbekiston birinchiligining final bosqichi qizg'in pallasiga kirdi.

“Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ham uchala yosh toifasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

1998-1999 yillarda tavallud topgan o'rtasida o'tayotgan musobaqaning guruh bosqichi yakunlariga ko'ra, Dmitriy Kim va Abdumajid Toirov shogirdlari birinchi o'rin bilan yarim finalga chiqishdi.

Otabek G'ulomxo'jaev va Yorqin Nazarov ustozlik qilayotgan “Bunyodkor-2000” jamoamiz yarim finalda “Paxtakor”ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi tarbiyalanuvchilarimiz bosh sovrin uchun kechadigan bahsda musobaqa mezbonlari “Nasaf” jamoasi bilan kuch sinashadi.

2002-2003 yillarda tug'ilganlar o'rtasida Andijon shahrida o'tayotgan musobaqaning ham finalchilari malum bo'ldi. Muxlislar bu erda ham final yo'llanmasi uchun “Bunyodkor” va “Paxtakor” qarama-qarshiliga guvoh bo'lishdi. Qiziqarli kechgan bahsda Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev murabbiyligidagi “Bunyodkor-2002” jamoasi raqiblarini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

SHu tariqa, hozircha “Bunyodkor” futbol maktabining uchta jamoasidan ikkitasi finalda ishtirok etishi oydinlashdi. Ertaga 1998-1999 yilda tug'ilganlar o'rtasida yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi.Unda “qaldirg'ochlar” poytaxtning “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика