So’nggi yangiliklar

20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 20:20Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 2:0 (матнли трансляция)  11 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  7 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0

Tayyorlov guruhlari. 2000/2001 yillar. “Nasaf” - O'zbekiston Birinchiligi g'olibi bo'ldi! Yangiliklar

Tayyorlov guruhlari. 2000/2001 yillar. “Nasaf” - O'zbekiston Birinchiligi g'olibi bo'ldi!

Qarshi shahrida 6 noyabrdan buyon davom etgan Oliy va birinchi liga klublari futbol maktablarining 2000/2001 yillarda tug'ilgan futbolchilari o'rtasidagi O'zbekiston Birinchiligi nihoyasiga etdi.

Bugun Eldor Moyliev qo'l ostidagi 2000/2001 yillarda tavallud topgan futbolchilarimizdan iborat “Nasaf” jamoasi finalda “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv finalga xos tarzda keskin kurashlar ostida kechdi. O'yindagi hisob jamoamiz tomonidan birinchi bo'lim tugallanib borayotgan paytda Behro'z Ravupov tomonidan ochildi – 1:0. SHu hisobda jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim ham murosasiz va keskin kurashlar ostida kechdi. “Bunyodkor” jamoasi ikkinchi bo'limda 11 metrlik jarima to'pi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ular bu imkoniyatdan to'liq foydalanishib, oradagi hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1. Oradan 15 daqiqalar o'tib, yosh futbolchilarimizning g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi o'z samarasini  berdi. Jamoamiz vakili Sardor To'raev gol muallifiga aylandi – 2:1.

Qolgan daqiqalarda har ikkala jamoada qo'lay vaziyatlar yaratilgan bo'lsada, gol urish hech kimga  nasib etmadi.

SHunday qilib, Eldor Moyliev shogirdlari bo'lmish 2000/2001 yillarda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoamiz Respublika Birinchiligining g'olibi bo'lishdi.

Bundan albatta klubimiz qoshidagi futbol maktabida ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgani va bu yutuqni futbol maktabimiz rahbari bilan birga murabbiylarimizning olib borayotgan ishlarining ijobiy mevasi sifatida  etirof etish joiz.
 
Final
“Nasaf” (Qarshi) - “Bunyodkor” (Toshkent) 2:1

 
Uchinchi o'rin uchun uchrashuvda “Paxtakor” jamoasi “Mashal”ni mag'lub etdi.

Musobaqa yakunida g'oliblar munosib taqdirlanishdi.  

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика