So’nggi yangiliklar

01:33"Милан" футболчиларисиз: Италия терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмаси учун кураш йўлида таркибга кимларни жалб этди?  0 01:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Пахтакор" 2:4  0 00:49"Манчестер Юнайтед" икки футболчиси билан шартномани узайтиради  0 00:20MLS мусобақа форматини тубдан ўзгартирмоқда  0 23:58АПЛ. "Борнмут" – "Манчестер Юнайтед": Адли, Далот, Йоро ва Амад бошланғич таркибда  5 23:46МЮ "Ньюкасл" етакчиси билан битим тузишга яқин  0 23:25"Боруссия Д" Санчони қайтармоқчи  1 22:50Иван Бошкович: "Тўртта учрашувда бир очко тўплаш балки инқироз бўлса керак"  4 22:35Суперлига. "Насаф" – "Сурхон" 0:1   4 22:27Лига 1 жамоаси футболчиси бир вақтнинг ўзида икки терма жамоага чақирилди  0 22:01Камолиддин Тожиев: "Биз учун асосий таркиб ва захира ўйинчиси деган тушунча йўқ"  4 21:36Англия терма жамоаси таркиби эълон қилинди: Тухель АПЛда ўйнамаган 35 ёшли дарвозабонни чақирди  1 20:55"Челси" етакчисини жамоада сақлаб қолиш учун унга катта маош таклиф қилмоқда  8 20:26Анвар Ғофуров: "Бугун бизга омад кулиб боқди деб ўйлайман"  5 20:10Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  59

Tasavvur qiling: "Barselona" Franciya chempionatida... Yangiliklar

Tasavvur qiling: "Barselona" Franciya chempionatida...

Kataloniya Ispaniyadan chiqishi borasidagi gap-so'zlar kundan-kunga avj olib bormoqda va agar bu sodir bo'lsa, "Barselona" Primeroni tark etishi mumkin.

Bir necha kun oldin Franciya vaziri Manuel Vals juda qiziq gap aytdi: "Barselona" Liga 1da? "Monako" ham francuz ligasida o'ynayaptiku, shu sabab ...". To'g'ri-da, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.


Keling tasavvur qilib ko'ramiz, "Barselona" Franciya chempionatida...


Liga 1da chempionlik uchun kurash shiddatli bo'ladi

Monopolyalashib borayotgan francuz chempionati muxlisini yo'qotib bormoqda. Liga 1 chempioni kim bo'lishini ko'pchilik avvaldan biladi. Na "Lion", na "Monako" va na "Marsel" bu haqida xatto o'ylay olmaydi ham. Etakchilar safida borayotgan "Anje" va "Kan"ni davogar sifatida sanash absurd bo'lar edi.


PSJ raqobatdan tashqarida. Ularning asosiy raqibi - o'zlaridir. Loran Blan shogirdlari CHempionlar ligasi o'yinlariga moslashib bormoqda, ammo mamlakat chempionatida esa yarim kuch ishlatilyapti. Qatar to'layapti, shu sababli musiqani Qatar buyutiradi. Liga 1da hozircha hech kim Qatarning taklifidan ustunroq shartnoma taklif qila olmaydi.


"Barselona" aynan shunday jamoa va ular PSJ hayollarini yo'qqa chiqarishi mumkin. Qatarliklar bir necha yildan beri "Barselona"ni mablag' bilan taminlamoqda. Demak, PSJga haqiqiy raqib topiladi.


Yangi francuzcha "klassiko"

Keling ochiqchasiga aytay, "Marsel"ning hozirgi holati parijliklar bilan kurashish uchun talabga javob bermaydi va "Marsel" - PSJ uchrashuvining ahamiyati katta emas. Undan ko'ra, muxlislar "Marsel" - "Lion" o'yinini tomosha qilishni afzal ko'rishadi. CHunki bu bahsda nimadur hal bo'lishi mumkin.

Etar, bas! "Barselona"ning Franciya chempionatida ishtirok etishi yangi superbahsni yuzaga keltiradi. Endi sovrin taqdiri faqatgina "Park de Prens"da emas, balki "Kamp Nou"da ham hal bo'ladi. Katta stadion, ajoyib tarixga ega klub Liga 1 dunyosiga ko'p narsa berishi mumkin. "Barsa" - PSJ o'yini yangi "klassiko" bo'lish ehtimoli juda katta. Bunday uchrashuvlar CHempionlar ligasidagina bo'lib qolmay, liga doirasida ham o'tkaziladi.



Jahonning eng yaxshi futbolchilari Liga 1da

Franciya chempionatidagi yuqori darajali futbolchilarning soni ancha ortadi. Zlatan Ibragimovich telekameralar va fotoapparatlar obektivining yagona nishoni bo'lishdan to'xtaydi va Neymar, Lionel Messi, Luis Suares, Andres Inesta va boshqa yulduzlar ham franuz OAVda tinimsiz muhokama qilinadi. 


Franciya futboliga bo'lgan qiziqish ortadi va telehuquqlardan kelayotgan foyda sezilarli darajada ko'payadi. "Marsel" prezidenti Vensan Lyabryun esa ingliz Premer-ligasi juda ko'p pul topayotgani va ulardan francuz klublariga hech narsa qolmayotgani haqida gapirishdan to'xtaydi.


"Loryan" Xarri Keynni xarid qila oladi, "Kann" Andi Ledor uchun xaridor qidirmaydi, "Lion" esa yangi stadion qurilishi uchun qarzlardan juda tez qutiladi va haqiqiy yulduzlarni sotib olishga imkoni bo'ladi.


Liga 1ni zerikarli deyishmaydi

Aslida chempionat zerikarli emas, lekin chempionatga "Barselona" qo'shilsa ham uni shunday ataydiganlar topiladi. Menimcha, ular hasad qilishadi. "Barselona" bir soat ichida har qanday chempionatni mashhur qila oladi.


Buning barchasini yana bir tahlil qilib, orzularni ko'paytirib yuborganimni sezdim. Liga 1 mashhur bo'lib ketishi mumkin, ammo haqiqiy hayotga qaytish kerak. 


Agar "Barselona" Franciya chempionatiga o'tsachi? Buni kuzatish juda qiziq bo'ladi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика