So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ. Ярим финалда "Барселона" – "Интер" ва ПСЖ – "Арсенал" қарама-қаршилиги гувоҳи бўламиз  17 02:00ЕЧЛ. Камбэк юз бермади. "Арсенал" "Бернабеу"да ҳам "Реал"дан устун келди ва ярим финалга йўл олди!   369 01:50ЕЧЛ. "Интер" "Бавария" билан жанговар дуранг қайд этди ва икки ўйин натижасига кўра ярим финалга йўл олди!  24 00:30АПЛ. "Ньюкасл" "Кристал Пэлас" дарвозасига бешта гол урди  1 00:30"Ал Насср" Роналду билан шартномани узайтириш арафасида  6 23:52Эрон. "Истиқлол" "Гол Гоҳар" билан дуранг ўйнади. Машарипов тўлиқ ҳаракат қилди  0 23:10Россия кубоги. "Динамо" ва ЦСКА дуранг қайд этишди. Файзуллаев бир тайм ҳаракат қилди  4 23:00Де Брюйнега МЛСнинг қайси клуби жиддий қизиқиш билдираётгани маълум  0 22:30"Реал" ўйинчиларининг маошлари маълум бўлди. Энг юқори маош Мбаппега тегишли  4 22:01Серхио Рамос: "Чемпионлар Лигаси кечасида "Реал Мадрид" қандай жамоа эканлигини ҳамма билади"  9 21:25"Манчестер Сити" 150 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  8 21:05"Милан" Кайл Уокерни олиб қолиш ниятида эмас  3 20:45"Лион"га қарши ўйинда Онана дарвозани қўриқлайди  4 20:23Жошуа Зиркзе учун мавсум якунланди  0 19:55Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" бир киши кам бўлиб қолган "Лочин"ни мағлубиятга учратди  12

Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari elon qilindi Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari elon qilindi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga

«Xorazm» — «Buxoro»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Xorazm» — «Buxoro» uchrashuvining 85-daqiqasida «Xorazm» jamoasi bosh direktori Ro'zimboy Ahmedov hamda «Buxoro» jamoasi bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaevlar o'zaro haqoratli so'zlar ishlatib tortishganligi va provokacion harakatlar qilganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ro'zimboy Ahmedovga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Shuningdek, Ulug'bek Bakaevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Bunyodkor» — «Surxon»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Bunyodkor» — «Surxon» uchrashuvida «Surxon» jamoasi yordamchi murabbiyi Stanislav Kudryashov Liga komissarining qator ogohlantirishlariga qaramay, maxsus licenziyani taqmasdan ko'p bora texnik hududni tark etganligi va davomiy ko'rsatmalar berganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Stanislav Kudryashovga (Surxon) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

«Mashal» — «So'g'diyona»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Mashal» — «So'g'diyona» uchrashuvi mobaynida «Mashal» jamoasi texnik direktori Dilyaver Vaniev uchrashuv komissari ogohlantirishlariga qaramasdan bosh murabbiy yonida davomli turganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Dilyaver Vanievga (Mashal) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Mashal» — «So'g'diyona» uchrashuvi mobaynida «Mashal» jamoasi murabbiylari Eldor Isaboev va Farhod Yorov hamda «So'g'diyona» jamoasi murabbiyi Ulug'bek Boqievlar komissar ogohlantirishlariga qaramasdan O'zPFL tomonidan taqdim etilgan akkreditaciyasiz texnik hududda harakatlanganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Eldor Isaboev va Farhod Yorovga (Mashal) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Shuningdek, Ulug'bek Boqievga (So'g'diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Navbahor lochinlari» — «Andijon»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Andijon» uchrashuvidan so'ng «Navbahor lochinlari» jamoasi xodimi Abdurauf G'ulomov texnik hududda tamaki chekkani va o'yin mobaynida uchrashuv komissariga qo'pol ravishda muomala qilganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abdurauf G'ulomovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari»—«Andijon»uchrashuvining 72-daqiqasida «Andijon» jamoasi futbolchisi Mirzad Mehanovich to'p uchun kurash vaqtida raqibga tajovuzkor harakati uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mirzad Mehanovichga (Andijon) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Andijon» uchrashuvining 90+6-daqiqasida «Navbahor lochinlari» jamoasi futbolchisi Saidazamat Mirsaidov hamda «Andijon» darvozabonlar murabbiyi Qobiljon Olimjonov o'zaro haqoratli so'zlar ishlatib tartibsizlik keltirib chiqarganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Saidazamat Mirsaidovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Shuningdek, Qobiljon Olimjonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Andijon» uchrashuvining 45+3-daqiqasida «Navbahor lochinlari» jamoasi futbolchisi Shohmalik Komilov burchak to'pi olish jarayonida muxlislar otgan lentani muxlislarga qarata uloqtirib, muxlislar noroziligiga sabab bo'lganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shohmalik Komilovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Andijon» uchrashuvida «Navbahor lochinlari» jamoasi o'yinni tashkil qilishdagi ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'ygan, jumladan, tomoshabinlar elim idishlar va yondirgichlarni maydonga uloqtirganligi, texnik zonada uchrashuv qaydnomasiga kirmagan ko'plab xodimlarning to'planib, tartibsizliklar keltirib chiqargani va media tribunaga maxsus akkreditaciyaga ega bo'lmagan odamlarning kirganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Navbahor lochinlari» klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Andijon» — «Nasaf»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Nasaf» uchrashuvida «Andijon» jamoasi o'yinni tashkil qilishdagi ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'ygani, jumladan, o'yin oldi rasmiy mitingda klub vakillarining ishtirok etmaganligi, tamirlash kech tugaganligi sabab funkcional xonalardan foydalana olinmaganligi, talab etilgan joylarda Wi-Fi o'rnatilmagani, maydondagi darvozalarning o'lchamlari xato ekanligi, xavfsizlik choralariga amal qilinmaganligi, licenziyasiz shaxslarning texnik zonada yurganligi, Milliy gvardiya droni xavsizlikka amal qilmasdan uchirilganligi va uchrashuvdan so'ng ikki muxlisning maydonga yugurib tushishi kabi kamchiliklari aniqlangan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Andijon» klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Buxoro» — «Qizilqum»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Buxoro» — «Qizilqum» uchrashuvining 56-daqiqasida «Buxoro» jamoasi futbolchisi Shirinboy Abdullaev vaqt cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shirinboy Abdullaevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

OKMK — «Paxtakor»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi OKMK — «Paxtakor» uchrashuvining 90-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Abror Sarimsoqov vaqt cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-inizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abror Sarimsoqovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Dinamo» — «Mashal»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Dinamo» — «Mashal» uchrashuvining 73-daqiqasida «Dinamo» jamoasi futbolchisi Ravshanbek Yagudin vaqt cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ravshanbek Yagudinga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«So'g'diyona» — «Navbahor lochinlari»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «So'g'diyona» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 57-daqiqasida «So'g'diyona» jamoasi futbolchisi Ehsoni Panshanbe hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ehsoni Panshanbega (So'g'diyona) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

«Qo'qon-1912» — «Sho'rtan»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Qo'qon-1912» — «Sho'rtan» uchrashuvining 65-daqiqasida «Sho'rtan» jamoasi futbolchisi Komron Saydazimov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Komron Saydazimovga (Sho'rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Mashal» — «So'g'diyona»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Mashal» — «So'g'diyona» uchrashuvining 75-daqiqasida «Mashal» jamoasi futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Muhammadali Aliqulovga (Mashal) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Navbahor lochinlari» — «Dinamo»

Superliga chempionatining 1-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Dinamo» uchrashuvining 45+1-daqiqasida «Dinamo» jamoasi futbolchisi Anvarjon Hojimirzaev to'p uchun kurashda simulyaciya ishlatgani uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Anvarjon Hojimirzaevga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Xorazm» — «Buxoro»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Xorazm» — «Buxoro» uchrashuvida «Superliga va Proliga reglamenti»ning tegishli bandida mezbon klub o'yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shartligi belgilangan bo'lsada, «Xorazm» klubi tomonidan mazkur uchrashuv video tasvirga olinmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Xorazm» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Paxtakor» — «Dinamo»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Paxtakor» — «Dinamo» uchrashuvida «Paxtakor» klubi tomonidan o'yin boshlanish avvalida futbol maydoni va unga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash ishlari lozim darajada bajarilmagani, oqibatda turli tartibsizliklar vujudga kelganlik holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Paxtakor» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionati

«Sho'rtan U-21» — «Bunyodkor U-21»

U-21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Sho'rtan U-21» — «Bunyodkor U-21» uchrashuvining 90+3-daqiqasida «Sho'rtan U-21» jamoasi futbolchisi Bekjon Rahmatov to'psiz vaziyatda raqib futbolchisining o'yog'iga tajavuzkor harakat bilan tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Bekjon Rahmatovga (Sho'rtan U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Sho'rtan U-21» — «Bunyodkor U-21» uchrashuvidan so'ng «Bunyodkor U-21» jamoasi murabbiyi Sunnatilla Mamadaliev birinchi yordamchi hakam shaniga nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sunnatilla Mamadalievga (Bunyodkor U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.

«Paxtakor U21» — «Dinamo U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Paxtakor U21» — «Dinamo U21» uchrashuvining 90+1-daqiqasida «Paxtakor U21» darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov yordamchi hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Anvar Rashidovga (Paxtakor U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.

«Buxoro U21» — «Qizilqum U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Buxoro U21» — «Qizilqum U21» uchrashuvining 75-daqiqasida «Qizilqum U21» jamoasi futbolchisi Shahzod Turopov hakam qaroriga etiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shahzod Turopovga (Qizilqum U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Buxoro U21» — «Qizilqum U21» uchrashuvining 62-daqiqasida «Qizilqum U21» jamoasi bosh murabbiyi Akmal Rustamov hakam qaroriga etiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Akmal Rustamovga (Qizilqum U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Andijon U21» — «Nasaf U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon U21» — «Nasaf U21» uchrashuvining 90+2-daqiqasida «Nasaf U21» jamoasi murabbiyi Zafar Xolmurodov hakam qaroriga etiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Zafar Xolmurodovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«So'g'diyona U21» — «Navbahor lochinlari U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «So'g'diyona U21» — «Navbahor lochinlari U21» uchrashuvining 81-daqiqasida «So'g'diyona U21» futbolchisi Abdulatif Kudratov hakam qaroriga etirozi sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abdulatif Kudratovga (So'g'diyona U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Surxon U21» — «Xorazm U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Surxon U21» — «Xorazm U21» uchrashuvining 41-daqiqasida «Xorazm U21» futbolchisi Iskandar Bo'sinov hakam qaroriga etiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Iskandar Bo'sinovga (Xorazm U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«OKMK U21» — «Paxtakor U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «OKMK U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 84-daqiqasida OKMK U21 futbolchisi Shahbozbek Abduvaliev hakam qaroriga etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shahbozbek Abduvalievga (OKMK U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Xorazm U21» — «Buxoro U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Xorazm U21» — «Buxoro U21» uchrashuvining 44-daqiqasida «Xorazm U21» jamoasi futbolchisi Bunyodbek Matrasulov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Bunyodbek Matrasulovga (Xorazm U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Ayollar Oliy ligasi

«So'g'diyona-W» — «Lokomotiv-W»

Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 2-turi doirasidagi «So'g'diyona-W» — «Lokomotiv-W» uchrashuvining 58-daqiqasida «Lokomotiv-W» jamoasi futbolchisi Nodira Iskandarova to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisi yuziga qo'li bilan zarba bergani hamda «So'g'diyona-W» jamoasi futbolchisi Ramina Yusupova boshqa bir raqib futbolchining yuziga zarba bergani uchun har ikkala futbolchi maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nodira Iskandarovaga (Lokomotiv-W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Shuningdek, Ramina Yusupovaga (So'g'diyona-W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

«Paxtakor-W» — «Surxon-W»

Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 2-turi doirasidagi «Paxtakor-W» — «Surxon-W» uchrashuvning 45+5-daqiqasida «Paxtakor-W» jamoasi futbolchisi Mahzuna Abdukarimova to'psiz vaziyatda raqibning qorin qismiga oyog'i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mahzuna Abdukarimovaga (Paxtakor-W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

«Bunyodkor-W» — OKMK-W

Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 2-turi doirasidagi «Bunyodkor-W» — OKMK-W uchrashuvining 90+1-daqiqasida «Bunyodkor-W» jamoasi futbolchisi Ozoda Hojieva to'p uchun kurashdan so'ng yotgan holatda raqibga qasddan oyog'i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ozoda Hojievaga (Bunyodkor-W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

OKMK-W —«So'g'diyona-W»

Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 3-turi doirasidagi OKMK-W —«So'g'diyona-W» uchrashuvining 90+4-daqiqasida «So'g'diyona-W» jamoasi bosh murabbiyi Anvar Almatov hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Anvar Almatovga (So'g'diyona-W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional bo'lishga chaqiramiz. Sizlar o'sib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o'tamiz!

Reyting:    

Fikrlar

   
08 apr 22:48:44
BarsAndijon
Андижон уйинчиси 2та уйинга навбахор уйинчисига жарима 2хил карор!
   
08 apr 13:06:48
25 070 LAA
Maqsad soqqa qilish ekanligi aniq. Endi bir uchini suqib oldi, qolganiga 6 oydan 1 yilgacha uy qamog'i yoki falon million jarima joriy etsa bu ham yaxshigina daromad buladi. Otdan qolma eshshagim , deb har bir komissarga plan qo'yinlar, tirnoq tagidan kir qidirib jarima yozib ketovirsin. Eh kallalaringa sanlarni......
   
08 apr 12:38:13
ArsaBarsa
Hakam qaroriga e'tiroz bildirib yevropada ham murabbiylar sariq oladi lekin jarima qo'llanmaydiku. Nima endi tortishmasdan jim o'tirish kerakmi? Bahslashish ham futbolning bir qismiku
   
08 apr 10:52:59
Samarkanets
Bu oddiy xalq tugul endi futbolchilargayam gapirish ta'qiqlanibdida
   
08 apr 10:36:22
Ziyod Pazilov
Bu tartib intizom qoʻmitasi mutassadilarini vodiy klublarini sindirish degan fikr miyyasini band qilib olgan koʻrinadida
   
08 apr 10:35:12
Ziyod Pazilov
Xa
   
08 apr 10:34:59
Ziyod Pazilov
Xa
   
08 apr 10:17:51
Fanat_Euro_football
Agar bizni superligada Gattuzo o'ynaganida bir sezonda 10 ta atrofida maydonga tushar ekan qogan payt jazo o'tayotgan bo'lar ekan topgan puli jarima to'lashga ketar ekan.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика