So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  2 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  8 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Tarixda bugun: "O'rtar"ni kuylagan Hasanov, uni tushunmagan Agishev, "sherlar"da o'ynagan SHer Yangiliklar

Tarixda bugun: "O'rtar"ni kuylagan Hasanov, uni tushunmagan Agishev, "sherlar"da o'ynagan SHer

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Kechikkan "Tarixda bugun": Sergeevni yig'latgan, Javohir Sidiqovni esa sindirgan o'yin

Bugun Superliganing yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz.

Oliy liga-2017 10-turi doirasida muxlislar Toshkentda qiziqarli bahs guvohi bo'lishgandi. Jasur Abduraimov boshqaruvidagi "Paxtakor" jamoasi o'z maydonida Ulug'bek Baqoev ustozligidagi "Buxoro"ni qabul qilgan. O'shanda "sherlar" Vladimir Kozak va Suhrob Nurulloevlarning gollari evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan, buxoroliklar safida yagona javob to'pini Ivan Nagaev kiritgan.

Darvoqe, Oliy liga-2017ning yakunida "Paxtakor" 59 ochko bilan bronza medallarini qo'lga kiritgan bo'lsa, "Buxoro" 46 ochko bilan 6-o'rinni egallagan.


Oliy liga-2017
10-tur
, 12.05.2017
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 5650 tomoshabin
"Paxtakor" – "Buxoro" 2:1
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Gollar: V.Kozak 47, S.Nurulloev 82 - I.Nagaev 90.

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Adnan Oraxovac, Kamoliddin Tojiev (s), Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Azim Ahmedov (Jamshid Yusupov, 85), Doston Ibragimov (Suhrob Nurullaev, 64), Vladimir Kozak, SHerzod Karimov (Jasurbek Hakimov, 78), Igor Sergeev.
Zaxira: SHoxrux Raimov, Hojiakbar Alijonov, SHoxruh Mahmudhojiev, Xushnudbek Avilov.

"Buxoro": Akmal Tursunboev, Boburjon Omonov, Kirill Pasichnik, Sanat SHixov, Alisher SHog'ulomov (Suhrob Nematov, 50), SHoxruh Gadoev (Bahriddin Vahobov, 74), Zohir Pirimov (Jasur Hasanov, 61), Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Baenko (s), Ivan Nagaev.
Zaxira: Erkin Jabborov, Elbek Ravshanov, Nozim Umurov, Mirjalol Jumaev.

Ogohlantirishlar: A.Ahmedov 24 - E.Ismoilov 81

U paytlar "Paxtakor"ni Jasur Abduraimov boshqarardi.



3 yil oldin asosiy tarkibda tushganlardan Bobur Omonov (3-raqam), Zohir Pirimov (23) va Ergash Ismoilov (28) hozir ham "Buxoro"da.


"Paxtakor"da esa o'sha kuni boshlang'ich tarkibda tushganlardan faqat Vladimir Kozak hamda Igor Sergeev hamon klubda.


Bugungi kunda "Metallurg" sardori hisoblangan Akbar Ismatullaev.


Doston Ibragimov 2019 yil ijara asosida aynan "Buxoro" tarkibida to'p tepgan keyinchalik.


O'sha kuni uchrashuvni stadiondan 5650 nafar muxlis kuzatib borgan.


Baqoev Buxoroda yaxshi jamoa shakllantira boshlagan davrlar edi.


Uchrashuvda hisobni ochgan Kozak.



Buxorodan kelgan muxlislar.


Sergeev Oliy liga-2017da jami 13ta to'p kiritib jamoasi to'purari bo'lgandi.


Akmal Tursunboev.


- "O'rtar"ni bitta eshitaylik...


- Yorvordiz, brat! Yorvordiz..


- A man tushunmadim...


Muxlislar va muxlisalar.


"Paxtakor" stadionidagi VIP loja.


Ergash Ismoilov.


Uzoq yillar "sherlar" tarkibida to'p tepgan SHer.


Bugungi kunda "Navbahor" sardori hisoblangan Azim Ahmedovga qarshi Alisher SHog'ulomov.


Bobur Omonov.


"Buxoro" sardori ukrainalik Vladimir Baenko.


Mehmonlar o'sha kuni mezbonlar to'purariga gol urish imkonini berishmagandi.


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика