So’nggi yangiliklar

21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  49 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  8 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

Tarixda bugun. "Lokomotiv" - "Al Ittihod" 1:1 Yangiliklar

Tarixda bugun. "Lokomotiv" - "Al Ittihod" 1:1

O'tgan yil 22 aprel kuni "Lokomotiv" o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini qabul qilgandi.

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan mazkur bahsda 1:1 natijasi qayd etilgan. "Loko" bu o'yingacha bir marta g'alaba qozonib, ikki bor yutqazib qo'ygan, shu bois saudiyaliklarga qarshi bahs muhim ahamiyatga ega edi. 

Lekin "temiryo'lchilar" harqancha harakat qilmasin, bellashuvda zafar qucha olishmagan, o'yin 1:1 natijasi bilan tugagandi. Avvaliga "Al Ittihod" futbolchisi Romarino hisobni ochgan, uning goli 12-daqiqaga to'g'ri kelgandi.

 


36-daqiqaga kelib "Loko" hisobni tenglashtirgan va bu vaziyatda Temurxo'ja Abduxoliqov o'zini ko'rsatgandi. U Jamshid Iskanderov etkazib bergan jarima to'pini golga aylantirgan. Ehtimol, "temiryo'lchilar" shu kuni g'alaba qozonishlari ham mumkin edi, biroq 75-daqiqada Islom To'xtaxo'jaev qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.

 


Yana bir malumot, bu o'yindagi harakatlari uchun jamoamiz darvozaboni Javohir Ilyosov OFK etiborini tortib, Osiyo chempionlar ligasi 4-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olgandi. Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov esa o'sha o'yindan keyin shunday degan: 

- "O'yindan qoniqdim. Bir hafta ichida uchinchi marta maydonga tushdik. Ikkinchi bo'limni faol boshlagandik, afsuski qizil kartochka rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Lekin mana shunday bahslar ko'proq bo'lishi kerak, shundagina jamoa shakllanib boradi".

 

OCHL. Guruh bosqichi, 4-tur. 22.04.2019

"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) 1:1

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov (36) - Romarino (12).

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Oleg Zoteev, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Yovan Jokich, Diyor Turopov, Jamshid Iskanderov, Arslanmirat Amanov, Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduxoliqov. 

Zaxiradan tushganlar: Filipp Rayevac, Husniddin G'ofurov, Igor Yelich. 

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy).

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика