So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  21 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  224 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Tarixda bugun: "Beyjing" bilan Toshkentda mehmon bo'lgan Krimec, yosh Qosimov hamda Eron grandi bilan tengma-teng o'ynagan "Nasaf" Yangiliklar

Tarixda bugun: "Beyjing" bilan Toshkentda mehmon bo'lgan Krimec, yosh Qosimov hamda Eron grandi bilan tengma-teng o'ynagan "Nasaf"

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Foto Tarixda bugun: Jeparov va Kapadzesi bor "Loko" pastga sho'ng'iy boshlagan "Neftchi"ga qarshi. FOTOMAQOLA

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining 7 va 2 yil oldingi o'yinlariga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHLning 2013 yilgi mavsumida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi guruh bosqichida sharq zonasiga tushgan va "Beyjing Goan" (Xitoy), "Poxang Stilers" (Janubiy Koreya) va "Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya) jamoalari bilan birga "G" kvartetida kurash olib borgan. Mirjalol Qosimov boshqiligidagi "qaldirg'ochlar" o'shanda 10 ochko bilan guruhni peshqadam sifatida yakunlashgan. "Bunyodkor" CHempionlar ligasining 3-turida "Beyjing"ni qabul qilgan. U paytlar xitoyliklar safida o'zbekistonlik markaziy himoyachi, bugungi kunda "Paxtakor" sardori hisoblangan Egor Krimec to'p tepardi.


OCHL, "G" guruhi
3-tur, 02.04.2013
Toshkent, "Bunyodkor" stadioni, 7520 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Beyjing Goan" 0:0
Bosh hakam:
Ali Abdulnabi (Bahrayn)

"Bunyodkor": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Xayrulla Karimov, 16.Artyom Filiposyan, 23.Sahob Jo'raev (6.Anvar G'ofurov, 66), 2.Akmal SHorahmedov, 8.Javlon Ibrohimov, 13.Lutfulla To'raev, 7.Marko Blashich (14.Alibobo Rahmatullaev, 68), 19.Jasur Hasanov (21.Sardor Rashidov, 75), 17.Kamoliddin Murzoev, 11.Oleksandr Pishur.

"Beyjing": 22.Yang Zi, 4.Zou Ting, 18.Lang Zeng, 20.Zang Xinxin, 2.Egor Krimec, 29.SHao Jiayi (7.Yang Yun, 71), 5.Darko Matich, 10.Zang Xije, 39.Piao CHeng (35.Li Tixiang, 88), 33.Mao Jianqing (19.Vang Xiaolong), 8.Joffre Gerron.

Ogohlantirishlar: A.SHorahmedov 36 - J.Gerron 23, YA.Yun 82

Uchrashuvni Ali Abdulnabi boshchiligidagi bahraynlik hakamlar boshqarib borishgan.


21 yoshli Krimec o'sha mavsumni "Beyjing Goan" safida o'tkazgan.


Hozir bu tarkibdagilardan faqat Lutfulla To'raev "Bunyodkor"da. To'g'ri, orada u "Lokomotiv", "Felda Yunayted" (Malayziya) va AGMK klublarida o'ynadi.


Janob SHox (Mohamed Shahrum Jappar) va Sanjar Rizaev.


CHap qanotda javlon urgan Jasur Hasanov.


Yosh Mirjalol Qosimov.


O'sha mavsum "qaldirg'ochlar" to'urari bo'lgan hujumchi Oleksandr Pishur.


Ustoz fotograf Anvar aka Ilyasov.


Standart paytida Krimec Murzoevni qo'riqlamoqda.


Bu o'sha Alibobo Rahmatullaev.


Afsuski, "Bunyodkor" nimchorak finalda Tailandning "Buriram Yunayted" jamoasiga ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:1 (2:1, 0:0) hisobida imkoniyatni boy berib OCHL bilan xayrlashgan.


OCHL, "C" guruhi
5-tur, 02.04.2018
Qarshi, "Markaziy" stadioni, 18349 tomoshabin
"Nasaf" - "Persepolis" 0:0
Bosh hakam:
Ali Abdulnabi (Bahrayn)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov, 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 31.Saydullo Rahmatov, 7.Odil Hamrobekov, 6.Aziz G'aniev (17.Doniyor Narzullaev, 78), 27.Islom Rashidxonov, 77.Jasur Hasanov (14.SHarof Muhitdinov, 87), 20.Islom Kenjaboev (69.Dragan CHeran, 62), 10.Bobir Abdixoliqov.

"Persepolis": 1.AlirizoBeyranvand, 4.Jalol Hussayni, 13.H.Mahini, 18.M.Rabihah, 15.M.Ansari, 2.S.Moharrami, 11.K.Kamyabinia, 19.V.Amiri (69.A.Mosleh, 86), 88.S.Nemati (8.A.Nurullohi, 69), 10.F.Ahmadzoda, 70.Ali Alipur (5.Bashar Rasan, 90+2).

Ogohlantirishlar: A.G'aniev 76 - M.Rabihah 83, A.nurullohi 90+4.

Mana shu "Persepolis" o'sha mavsum OCHL finaligacha etib borgandi.



"Nasaf" esa guruh bosqichini mardonavor o'tkazib 10 ochko to'plagan, ammo "Persepolis" va "Al Sadd" bor guruhda bu ham pley-offga chiqish uchun kamlik qilgan.


Branko Ivankovich.


Ro'ziqul Berdiev.


Rashidxonov va Alipur to'p uchun kurashda.


Muxlislar.


To'p uchun kurashda Slavko Lukich va Vohid Amiri.


O'zbegim)


Islom Kenjaboev to'p bilan.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика