So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  2 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  1 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Tariq Salmon: "Biz Eron va O'zbekistonni mag'lub etgan yagona jamoamiz. Raqib hamon mundial yo'llanmasini nishonlamoqda" Yangiliklar

Tariq Salmon: "Biz Eron va O'zbekistonni mag'lub etgan yagona jamoamiz. Raqib hamon mundial yo'llanmasini nishonlamoqda"

Qatar terma jamoasi himoyachisi Tariq Salmon jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Eron bilan o'yin biz uchun qiyin va muhim edi, ayniqsa yangi murabbiy qo'l ostida ahamiyatga ega edi. Endi bizning maqsadimiz o'zgardi. Biz to'g'ridan-to'g'ri saralash bosqichidan o'tmoqchi edik. Ammo pley-offga chiqdik va bizda ikkinchi imkoniyat bor. Inshaalloh, uni qo'ldan boy bermaymiz.

O'zbekistonga qarshi o'yin, shubhasiz, qiyin o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Ular hamon muvaffaqiyatni bayram qilishmoqda va, albatta, mag'lubiyatni xohlamasliklari aniq.

Xuddi shu holat bizga ham taalluqli, chunki biz bu guruhda Eronni enggan yagona jamoamiz. Bu biz uchun katta yutuq. O'zbekistonga nisbatan ham shunday tarifni ishlatishimiz mumkin. Biz O'zbekistonni mag'lub etgan yagona jamoamiz. Bunday natijalar bizning kuchli va hurmatga sazovor jamoa ekanligimizni ko'rsatadi.

Inshaalloh, biz bo'lajak o'yinga tayyormiz. Muhim uchrashuv oldidan juda hayajondamiz. Murabbiy, albatta, mag'lubiyatimizni istamaydi.

Biz bu o'yinga shaymiz va muxlislarni xursand qilamiz", dedi 27 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. O'zbekiston mundial yo'llanmasini muddatidan ilgari hal qilgan bo'lsa, Qatar pley-off bosqichida kurash olib boradi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика