So’nggi yangiliklar

20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  0 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  0 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  1 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  1 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  3 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  11 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  8 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  4 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  20

Tajriba, optimal sport forma va istedod Yangiliklar

Tajriba, optimal sport forma va istedod

"Championat.asia" sayti jurnalisti SHahboz Beg'amov O'zbekiston terma jamoasining BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga jalb etilgan futbolchilar haqida to'xtaldi.

Ro'ziqul Berdiev bugun terma jamoaning BAAga boradigan tarkibini elon qildi. Unga ko'ra, odatdagidek 23 nafar futbolchi ro'yxatdan joy oldi.

Kengaytirilgan tarkibga kirgan jami 33 futbolchidan 23 nafari saralab olindi.


Qaysi klubdan nechta futbolchi chaqirildi?
"Nasaf" - 6
"Lokomotiv" - 5
"Bunyodkor" - 5
"Paxtakor" - 3
"Qo'qon" - 1
"Navbahor" - 1
"Buxoro" - 1
"Mashal" - 1


Terma jamoadan taklif olgan Ikrom Aliboev jarohati sabab yakuniy ro'yxatdan tushib qoldi.
SHuningdek, yana 9 nafar futbolchi yakuniy ro'yxatga kirmadi.


BAAga qarshi o'yinga jalb etgan futbolchilarning amplua bo'yicha joylashuvi:
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Sanjar Quvvatov, Javohir Ilyosov.
CHap qanot himoyachilari: Akrom Komilov, Vladimir Kozak.
O'ng qanot himoyachilari: Akmal SHorahmedov, SHuhrat Muhammadiev.
Markaziy himoyachilar: Rustam Ashurmatov, SHerzod Azamov, Islom To'xtaxo'jaev, Islom Qobilov.
Markaziy yarim himoyachilar: Otabek SHukurov, Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev, Javohir Siddiqov, Bahrom Abduraximov.
Vingerlar: Dostonbek Hamdamov, Sardor Mirzaev, Aziz Turg'unboev, Jasur Yaxshiboev, Farruh Sayfiev.
Hujumchilar: Marat Bikmaev, Ivan Nagaev.



Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarning Oliy liga-2017dagi statistikasi

Futbolchi

klubi

O'yin

Gol

 Ignatiy Nesterov

 (“Lokomotiv”)

23

-15

 Sanjar Quvvatov

 (“Nasaf”)

16

-6

 Javohir Ilyosov

 (“Mashal”)

27

-29

 Rustam Ashurmatov

 (“Bunyodkor”)

22

3

 Islomjon Qobilov

 (“Bunyodkor”)

19

2

 Akromjon Komilov

 (“Bunyodkor”)

26

1

 Islom To'xtaxo'jaev

 (“Lokomotiv”)

19

1

 SHuhrat Muhammadiev

 (“Lokomotiv”)

19

0

 SHerzod Azamov

 (“Paxtakor”)

23

0

 Akmal SHorahmedov

 (“Nasaf”)

26

1

 Farrux Sayfiev

 (“Nasaf”)

25

2

 Otabek SHukurov

 (“Bunyodkor”)

25

4

 Dostonbek Hamdamov

 (“Bunyodkor”)

27

13

 Vladimir Kozak

 (“Paxtakor”)

27

3

 Jasur Yaxshiboev

 (“Paxtakor”)

9

0

 Odiljon Hamrobekov

 (“Nasaf”)

25

1

 Azizjon G'aniev

 (“Nasaf”)

24

2

 Bahrom Abdurahimov

 (“Nasaf”)

27

9

 Javohir Sidiqov

 (“Qo'qon-1912”)

22

4

 Azizbek Turg'unboev

 (“Navbahor”)

26

7

 Sardor Mirzaev

 (“Lokomotiv”)

27

5

 Marat Bikmaev

 (“Lokomotiv”)

22

23

 Ivan Nagaev

(“Buxoro”)

26

10

Har bir poziciyaga kamida ikkitadan futbolchi jalb etilgan. Qanotlarda doimgidek ikkitadan, markazda esa 4 nafar futbolchi chaqirildi. Markaziy yarim himoyada esa 5 nafar futbolchi chaqirildi.
Hujumda tanlov juda kamligi bois Berdiev ikki nafar futbolchi bilan cheklandi.

Tarkibdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, Berdiev hozirgi paytda eng yaxshi sport formasida bo'lib turgan futbolchilarni terma jamoaga taklif etdi.

Quyida murabbiy bu borada shunday fikr bildirdi
:

"Biz BAAga qarshi uchrashuvga tarkib tanlashda asosan hozirgi kunda o'z poziciyasidagi eng kuchli, tajribali va kelajagi porloq yoshlarga etibor qaratdik", - dedi Ro'ziqul Berdiev.


Darhaqiqat, murabbiy jalb etgan futbolchilar ayni paytga kelib chempionatimizda o'z poziciyalarida eng yaxshilari hisoblanadi.

Tarkibda tajribali Nesterov, SHorahmedov, To'xtaxo'jaev, Bikmaev kabi futbolchilar bor. Hozirgi kunda o'z poziciyasida yorqin o'yin ko'rsatayotgan Azamov, Ashurmatov, SHukurov, G'aniev, Hamrobekov, Sayfiev, Muhammadiev, Siddiqov, Abduraximov ham munosib tarzda terma jamoadan chaqiruv olishdi.
Kelajagi porloq deya etirof etilayotgan Qobilov, G'aniev, Yaxshiboev kabi istedod egalariga ham imkoniyat berilmoqda.


Ro'ziqul Berdievga terma jamoa murabbiylar shtabida SHuhrat Toshpo'latov hamda darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov yordam beradi.


Bilasiz, Ro'ziqul Berdiev oxirgi yillarda "Nasaf"da asosan 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanib kelmoqda.
SHuningdek, Berdiev qo'l ostida jamoa 3 himoyachi bilan ham harakatlanishini ko'rganmiz. Yani bu taktik sxemada jamoa qanotlarda loteral futbolchilar bilan o'ynagan. Bu taktik sxemani qulay jihati, raqib hujum qilayotgan paytda jamoa bemalol 5 himoyachi bilan himoyalanishi, hujumda esa 3-4-3 ko'rinishda o'ynashi mumkin.

Terma jamoada murabbiy qaysi taktik uslubdan foydalanishi haqida hozircha bir narsa deyish mushkul.
Bu haqda terma jamoaning dastlabki mashg'ulotlaridan keyin xulosa qilish mumkin bo'ladi.
Murabbiy avvalo tarkibdagi futbolchilarning holati va raqibdan kelib chiqib uchrashuvga taktik reja tayyorlashi aniq.

Muallif :
Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика