Eshitdik-da! "Surxon"ga niderlandiyalik futbolchi kelyapti
12 dek 2022 13:01
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Surxon"ga niderlandiyalik futbolchi kelyapti
Imron Ulad Omar O'zbekistonga kelayotgani rost, lekin CHempionlar Ligasida o'ynaydigan grandlarga emas. Uni yangi mavsumda "Surxon" tarkibida ko'ramiz. Omar tez orada Termiz klubida ish boshlaydigan SHahboz Beg'amovning birinchi topilmasi hisoblanadi (u selekciya masalasida Hamidjon Aktamovga yordamlashyapti).
Imron Ulad Omar 1997 yil Amstredamda marokashlik muhojir oilasida tug'ilgan. Faoliyati davomida niderland, slovak, rumin, rus va gruzin jamoalarida to'p tepgan. Yakuniga etgan mavsumning 2-davrasini "Dinamo" (Tbilisi) tarkibida o'tkazgan yarim himoyachi 16 o'yinda 8 gol, 3ta golli uzatmani amalga oshirgani holda Gruziya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof qilindi.

Malumot uchun, Omar 2021 yilning yanvarida AGMK tarkibiga o'tishiga bir bahya qolgan edi. Olmaliq klubi rahbariyati yozda ham ushbu futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun harakat qilib ko'rdi. Ammo harakatlar besamar yakunlandi...
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar