So’nggi yangiliklar

20:45ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  15 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  1 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  147 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  19 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  4 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23 18:36"Нефтчи" 14 йилдан буён "Бухоро"ни меҳмонда мағлуб эта олмаяпти  3 18:00Суперлига. "Пахтакор" Қўқонда дуранг ўйнади  52 17:34ОКМК 11 йилдан сўнг Олмалиқда "Навбаҳор"га 3 та гол урди  1 17:20Ариф Асадов: "Ўзбекистон ва Озарбайжон жаҳон чемпионатини юқори даражада ўтказиш учун барча чораларни кўришига ишончим комил"  4 17:03Миржалол Қосимов: "U-20 Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилиш — Озарбайжон ва Ўзбекистонда футболни ривожлантириш учун яхши имконият"  4 16:36“ЎФФ Президенти кубоги” – оммавийлик пойдевори  0 16:05Про лигада ким ғолиб бўлади? Регламент нима дейди?  1

Suriya termasi bosh murabbiyi: "Jamoamdan bu kabi o'yinni kutmagandim" Yangiliklar

Suriya termasi bosh murabbiyi: "Jamoamdan bu kabi o'yinni kutmagandim"

U-20 Osiyo Kubogi 2-turi doirasida Indoneziyaga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Suriya termasi bosh murabbiyi Mark Votte ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Indoneziyani g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamdan bu kabi o'yinni kutmagandim. Biz o'z darajamizda o'ynolmadik. Eng yaxshi o'yinchilarimiz o'z darajalarini ko'rsata olishmadi. Bu o'yinni o'zimiz yutkazdik. Birinchi bo'limda juda ko'p imkoniyatlar ko'kka sovirildi. Ikkinchi taymda Indoneziya juda tartibli himoyalandi. Biz esa o'z darajamizda bo'la olmadik. Menimcha o'yinga keragidan ortiq koncentraciya berdik. Maydondan tashqarida hammasi yaxshi edi. Biroq o'yinga tushganimizda hech narsa o'xshamadi. Agar adashmayotgan bo'lsam, bizda hali ham nazariy jihatdan imkoniyat bor. Buning uchun O'zbekiston o'zining barcha o'yinlarida g'alaba qozonishi va biz ham uchinchi o'yinda kerakli natijani qayd qilishimiz lozim. Iroqqa qarshi o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qilaman. 

- Iroqqa qarshi o'yinga qanday harakat qilasiz? Bugun juda yomon harakat qildingiz...

- Bu menimcha psixologiya bilan bog'liq. Uchinchi o'yinga bor kuchimizni beramiz. Avvalo, o'yinga asosiy tarkibni tanlash olish kerak. CHunki, bugungi o'yindan keyin bu narsa muhim. Indoneziya jamoasi bugun yaxshi o'ynadi. Lekin, bugungi o'yin ko'proq bizning xato. 

- Iroqqa qarshi o'yindan keyin jamoaning kelajagi qanday bo'ladi? 

- Bu jamoa kelajakda U-22 terma jamoasiga aylanadi. Umuman olganda, musobaqa tugamasdan kelajak haqida gapirib bo'lmaydi. Mening taqdirim ham shu musobaqadan keyin aniq bo'ladi. Hozir barchasi Iroqning o'yiniga bog'liq.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика