So’nggi yangiliklar

18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  7 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 18:20Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:2 (матнли трансляция)  5 17:57Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф" (матнли трансляция)  3 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" 0:4 (матнли трансляция)  17 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  2 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  4 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  3 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  19 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  11 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4

Suriya Qirol kubogida qatnashadi Yangiliklar

Suriya Qirol kubogida qatnashadi

Hozircha bosh murabbiysiz faoliyat ko'rsatib turgan Suriya termasi 3-5 iyun kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida Tailand Qiroli Kubogida ishtirok etadigan bo'ldi.

44-bor tashkil etiladigan turnir uchrashuvlari “Rajamangala” stadionida o'tkaziladi. Musobaqada BAA, Iordaniya va Tailand terma jamoalari ham qatnashishadi. Yarim finalda Suriya Tailand terma jamoasi bilan 3 iyun kuni o'ynaydi. Keyin esa yarim final g'oliblari final, mag'lublar 3-o'rin uchun bellashuvda maydonga tushadilar. 31 may kuni esa Suriyani Xanoyda Vetnam terma jamoasiga qarshi kechadigan o'rtoqlik bahsi kutib turibdi.

Terma jamoani vaqtinchalik Ayman Hakim boshqarib turadigan bo'ldi. U avval ham Suriyani shunday shart asosida boshqargandi.

Suriyaga oid yana bir jihatni keltirib o'tsak. Jiddaning “Al Ahli” klubida o'ynayotgan hujumchi Umar Al Somani ayni paytda qitamizdagi ko'plab ishqibozlar yaxshi tanishadi. CHunki u Saudiya Arabistoni chempionatida 43 uchrashuvda jamoasi uchun 48 to'p kiritishga ulgurdi. Oxirgi ikki mavsumda “Ahli”ning yangi saviyaga chiqishiga Umar gollari bilan katta yordam berdi. Lekin Soma terma jamoasi uchun o'ynamaydi. 2012 yil uning siyosiy qarashlari bilan bog'liq yuzaga kelgan vaziyat sababli futbolchi so'nggi 4 yilda mamlakat termasi uchun maydonga tushmagan. Qiziq tarafi shundaki, Yaponiya bilan o'tgan raundda kechgan oxirgi tur arafasida yana 4 nafar futbolchi terma jamoadan chetlatilgandi. Hal qiluvchi bosqich arafasida o'sha o'yinchilar safga qaytishi mumkin, agar yangi murabbiy ularni taklif etsa. Umar Soma esa yaqin orada terma jamoada o'ynamasa kerak. Saudiya Arabistoni chempionatida eng ko'p golli to'p oshirishlarni uddalagan Jehad Hussayni ham suriyalik. “Al Taavon” yarim himoyachisi 9 bor shunday ishni bajardi. U terma jamoada o'ynashni 2011 yil yakunlagan.

Ikki guruhga bo'lingan holda o'tkazilgan Suriya chempionati yakunlandi. Endi yuqori 3 pog'onani egallagan jamoalar hal qiluvchi uchrashuvlarda maydonga tushishadi. Eslatib o'tamiz, notinchlik sababli chempionat bellashuvlari Damashq va Lattakia shaharlarida bo'lib o'tmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика