So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Superliganing 9-turidagi bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi elon qilindi Yangiliklar

Superliganing 9-turidagi bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi elon qilindi

Joriy yilning 27 may sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 9-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko'ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 9-tur doirasida o'tkazilgan o'yinlarda jami 8 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi. SHuningdek, Pro liga doirasidagi bitta vaziyat ham Ekspert-hakamlar komissiyasi nazaridan chetda qolmadi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: Pro liga, "Buxoro" - "Qo'qon-1912" bahsi: ehtimoliy 11 metrlik jarima zarbasi.

"Buxoro" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining 39-daqiqasida mehmonlar burchak zarbasini tepish huquqiga ega bo'ldi. Bu vaziyatda mezbonlar jarima maydoni ichida qo'qonliklar futbolchisi yiqilib tushdi. Bosh hakam Rahimbek Karimov bu holatni penalti uchun etarli emas, deb baholadi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda to'p o'yinga kiritilmagan va bu kabi hollarda penalti belgilanmaydi. SHu sabab hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


2-vaziyat: "Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvi: mehmonlar goli.

"Metallurg" - "Navbahor" o'yinining 15-daqiqasida mehmonlarning 77-raqamli vakili A. Sobirjonov maydon egalarining 31-raqamli futbolchisi M. Milichdan to'pni olib qo'ydi va pas berib, golga hammualliflik qildi. Bosh hakam Akobir SHukurullaev bu holatda o'yin davom etishi kerakligini malum qildi va golni inobatga oldi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda futbolchi to'p uchun o'ynagan va qoidabuzarlik qayd etilmagan. SHu sababli, hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


3-vaziyat: "Paxtakor" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvining 53-daqiqasida mezbonlarning 27-raqamli futbolchisi S. Sobirxo'jaev raqibiga qarshi keskin harakat qilgan va uning oyog'iga jiddiy zarba bergan. Bosh hakam Farux Yansupov VAR xulosasidan so'ng yarim himoyachiga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatgan.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lgan va keskin harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi referining qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.


4-vaziyat: Yana o'sha uchrashuv: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvining 36-daqiqasida mehmonlarning 4-raqamli futbolchisi I. Vahobov qo'liga o'z jarima maydonida to'p tekkan. Bosh hakam Farux Yansupov VARdagi hamkasblari bilan muloqot qilgach, vaziyat penaltiga tortmasligini qayd etgan.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda futbolchining qo'li tanaga yopishib turibdi va penalti uchun asos etarli emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.


5-vaziyat: Yana o'sha o'yin: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvining 33-daqiqasida mehmonlarning 27-raqamli futbolchisi SH. Jo'rabekovning qo'liga o'z jarima maydonida to'p tegdi. Bosh hakam Farux Yansupov VARdagi hamkasblari bilan muloqot qilgach, vaziyat penaltiga tortmasligini malum qilgan.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda Ekspert-hakamlar komissiyasi kamera rakursidan holat yaxshi ko'rinmaganini malum qilgan holda hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaydi.


6-vaziyat: "Nasaf" - "Dinamo" o'yini: qizil kartochka.

"Nasaf" - "Dinamo" bahsining 9-daqiqasida mezbonlarning 5-raqamli futbolchisi G'. G'aybullaev samarqandliklarning 10-raqamli azosi J. Kojoning oyog'iga jiddiy zarba berdi. Bosh hakam Olim To'ychiboev dastlab sariq kartochka ko'rsatdi, ammo VARda holatni o'rganganidan so'ng qarshiliklar sardorini maydondan chetlatdi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda himoyachi to'pga ulgurmagan va raqibiga nisbatan qo'pol harakat qilgan. SHu sabab hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


7-vaziyat: "Neftchi" - OKMK to'qnashuvi: 11 metrlik jarima zarbasi.

"Neftchi" - OKMK bellashuvining 19-daqiqasida mezbonlarning 11-raqamli futbolchisi J. Qahramonov raqib jarima maydoniga yorib kirdi va pas berganidan so'ng himoyachi unga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov bu vaziyatda VAR orqali vaziyatni o'rganib, penalti belgiladi va himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda mehmonlar himoyachisi to'pga ulgurmagan va raqibining oyog'ini bosib olgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi referining qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.


8-vaziyat: "Neftchi" - OKMK to'qnashuvi: futbolchilar o'rtasidagi janjalli vaziyat.

"Neftchi" - OKMK bellashuvining 90+1-daqiqasida futbolchilar o'rtasida janjal yuzaga keldi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov mezbonlardan A. G'ofurov va J. Jaloliddinovga sariq kartochka ko'rsatdi. SHuningdek, mehmonlardan M. Toshmatov ham ogohlantirildi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda Ekspert-hakamlar komissiyasi referining qarorini qo'llab-quvvatlagan holda OKMK darvozaboniga ham sariq kartochka ko'rsatilishi kerakligini malum qiladi. 

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston futbol hakamlari markazi futbolchilarni turli provokaciyalarga uchmasdan, muxlislar oldida toza, chiroyli va jozibali futbol namoyish etishga chorlab qoladi. Markaz qolgan futbolchilardan ham halol o'ynashga, muxlislarni, futbolni va o'zlarini aldamaslikni so'rab qoladi.

9-vaziyat: "Lokomotiv" - "Surxon" to'qnashuvi: ehtimoliy penalti.

"Lokomotiv" - "Surxon" bellashuvining 8-daqiqasida termizliklar jarima maydonida mezbonlarning 8 va mehmonlarning 66-raqamli futbolchilari o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi. Bosh hakam Xushnud Suyunboev bu vaziyatda penaltiga asos yo'qligini qayd etib, uchrashuvni davom ettirgan.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda himoyachi to'pga birinchi bo'lib ulgurgan, raqibi esa unga kelib urilgan. Penalti belgilash uchun hech qanday asos yo'q. Ekspert-hakamlar komissiyasi referining qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика