So’nggi yangiliklar

17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  0 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  5 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  4 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0

Superliganing 8 klubi O'FA talabi to'liq bajarilganligini tasdiqladi Yangiliklar

Superliganing 8 klubi O'FA talabi to'liq bajarilganligini tasdiqladi

O'FA professional futbol klublariga xat yo'llab, 10 yanvarga qadar oylik-maoshlar bo'yicha qarzdorlik bartaraf etilishi lozimligini bildirgandi.

So'nggi yillarda o'xshash muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etib kelinayotgan bo'lib, endilikda ayrim futbol klublarining oylik-maoshlar masalasiga nisbatan bo'lgan loqayd munosabatini tartibga solishga erishish rejalashtirilgan.

Berilgan muddat davomida Superliganing 8 ta klubi oylik-maoshlar bilan bog'liq talabni to'liq bajarganligini tasdiqladi: OKMK, Surxon, Metallurg, Qizilqum, Lokomotiv, Dinamo, Bunyodkor, Nasaf. SHuningdek, Paxtakor va Andijon klublarida faqatgina dekabr oyi bo'yicha qarzdorlik mavjud bo'lib, har ikki klub aniq reja asosida uni bartaraf etish arafasida turibdi.

Neftchi klubining tegishli qo'mita ko'rib chiqqan hamda muhlat berilgan uchta ishi mavjud edi. Klub mazkur ishlarning barchasini o'z vaqtida bartaraf etdi. SHuningdek, legioner futbolchilar bilan hisob-kitob qildi. Ayni vaqtda Neftchi noyabr oyi uchun qisman va dekabr oyi uchun oylik-maoshlar to'lash choralarini ko'rmoqda.

So'g'diyona klubida holat nisbatan murakkab. Qarzdorlik katta bo'lmasada, klub ayrim hisob-kitoblarni o'z vaqtida to'liq amalga oshirilmagan. SHuningdek, noyabr va dekabr oylaridan qarzdorlik mavjud.

Navbahor klubi faqatgina 15 yanvar kuni Ligaga rasmiy xat bilan chiqib, 31 yanvar sanasiga qadar Liga oldidagi qarzdorlik bartaraf etilishini malum qildi. 2024 yilni Superligada o'tkazadigan futbol klublari orasidan faqatgina Navbahor qatnashchilik bilan bog'liq majburiyatlarini bajarmagan. SHundan kelib chiqib Liga Navbahor farm jamoasini Pro ligadan chetlashtirish masalasini kun tartibiga kiritgan. Qo'shimchasiga, Navbahor futbolchilar, murabbiylar va boshqa ishchi-xodimlar bilan munosabatlarda qator qarzdorliklarga ega.

Malumot uchun, Liga ayni vaqtda klublarning mehnat shartnomalariga muvofiq belgilangan ish haqi hamda rag'batlantirish masalasiga etibor qaratdi. Rasmiy uchrashuvlar uchun klub tomonidan berilishi mumkinligi nazarda tutilgan qo'shimcha mukofot pullari masalasi bunda inobatga olinmagan. Sababi mukofot pullari odatda mehnat shartnomasiga qo'shimcha tarzda klubning moddiy imkoniyatidan kelib chiqib, alohida rasmiylashtiriladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика