Superliga yakunlari. "Lokomotiv" tarkibida kim nechta gol urdi?
06 dek 2021 21:57
Yangiliklar
Superliga yakunlari. "Lokomotiv" tarkibida kim nechta gol urdi?
Jamoa tarkibida eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Temurxo'ja Abduxoliqov bo'ldi. Temurxo'ja raqiblar darvozasiga 14 bor aniq zarba yo'llab, to'purarlar poygasida Dragan CHerandan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi.
"Temiryo'lchilar" safida bu mavsum yaxshi o'yin namoyish etgan Azizbek Amonov Superligada 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Quyida ushbu mavsum Superligada gol urgan "Loko" futbolchilari ro'yxatini keltirib o'tamiz.
1. Temurxo'ja Abduxoliqov - 14 ("Turon" - 3, "Mashal" - 3, "Bunyodkor" - 2, "Andijon" - 2, "Nasaf" - 2, "Metallurg", "So'g'diyona").
2. Azizbek Amonov - 8 ("Nasaf" - 3, "Paxtakor", "Turon", "Surxon", "Metallurg", "Andijon").
3. Diyor Turopov - 4 ("Qizilqum", "Surxon", "Metallurg", "Qo'qon-1912").
4. Sanjar Qodirqulov - 2 (AGMK, "Surxon").
5. G'ulom-Haydar Gulyamov - 2 ("Navbahor", "Bunyodkor").
6. Javohir Sidiqov - 2 ("Turon", "Bunyodkor").
7. Kaxi Maxaradze - 1 ("Mashal").
8. Marat Bikmaev - 1 ("Andijon").
9. Islom Qobilov - 1 ("Mashal").
10. Jasur Jaloliddinov - 1 ("Mashal").
P.S. "Lokomotiv" - AGMK (1:1) bahsida raqib darvozasiga kiritilgan to'p avtogol sifatida raqib futbolchisiga yozilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar