So’nggi yangiliklar

19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:41Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср. Таркиблар маълум  31 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  3 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  8 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  5 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  10 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  6 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  7

Superliga va Pro liga klublari kelasi yilgi smeta loyihasini O'FA oldida himoya qilmoqda Yangiliklar

Superliga va Pro liga klublari kelasi yilgi smeta loyihasini O'FA oldida himoya qilmoqda

Teglar :  Superliga
Superliga va Pro liga klublari kelasi yilgi smeta loyihasini O'FA oldida himoya qilmoqda.

Superliga hamda Pro ligada ishtirok etayotgan klublarga ajratilayotgan mablag'larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 apreldagi «Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 261-sonli qaroriga muvofiq professional futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi O'FA bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilandi. 

Barcha futbol klublari 2022 yilgi xarajatlar smetasi loyihasini hozirdanoq ishlab chiqmoqda va O'FAga kelishish uchun taqdim etmoqda. Klublarning avvalo infratuzilma va akademiyani rivojlantirish masalasiga pul yo'naltirishini taminlash uchun O'FA va O'zPFL vakillaridan tashkil etilgan maxsus komissiya klubning yillik xarajatlar smetasida birinchi navbatda stadion va maydon parvarishiga, akademiya hamda o'quv-mashg'ulot qarorgohini tashkil qilinishi, ayollar va futzal jamoalari, shuningdek turli yosh toifasidagi jamoalarning musobaqalardagi ishtiroki xarajatlari aks etgani bo'yicha o'z taklif va tavsiyalarini bermoqda. 

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – aksariyat klublarda uzoq yillardan buyon echim topmay kelayotgan infratuzilma bo'yicha kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etishdan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика