So’nggi yangiliklar

12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  1 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  2 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   11 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  16

Superliga. Tur darvozaboni - Aleksandr Lobanov Yangiliklar

Superliga. Tur darvozaboni - Aleksandr Lobanov

Uzoq tanaffusdan keyin qayta boshlangan Superligada 4-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Biroz avval tur ramziy terma jamoasini elon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

Foto Superliga. To'rtinchi tur ramziy terma jamoasi

Ortda qolgan 4-turning eng yaxshi darvozaboni deb "Metallurg" azosi Aleksandr Lobanovni topdik. Bekobodliklar Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'lishdi va kutilmaganda safardan yirik g'alaba bilan qaytishdi. Uchrashuv davomida Lobanov kamida 3 bor jamoasini goldan qutqarib qoldi. 1-bo'limda Temurxo'ja Abduxoliqovning jarimadan tepgan to'pini qaytargandi, 54-daqiqada esa turning eng yaxshi seyvini ijro etdi. O'sha vaziyatda Davron Umirov ikkinchi tempda to'pni kuchli zarb bilan "Metallurg" darvozasi tomon tepdi. Aleksandr to'p ketayotgan yo'nalish tarafga otilishni boshlagan bir lahzada Pogrebnyak uni qarama-qarshi tomonga burib yubordi. Juda ham noqulay holatda qolganiga qaramay Lobanov tez reakciya ko'rsatdi va to'pni urib yubordi. Agar o'sha holatda u to'pni qaytara olmaganda o'yin umuman boshqacha tus olib ketishi ham mumkin edi. Bundan tashqari, 77-daqiqada Abduxoliqov birga-bir vaziyatga chiqib ketayotganda ham to'pni qaytarib yubordi.



SHu tariqa, bu turda jamoasi g'alabasiga katta hissa qo'shgan va turning eng murakkab seyvini ijro etgan Aleksandr Lobanov 4-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Eslatib o'tamiz, u ortda qolgan 4 turda ikkinchi bor "Championat.asia"ning tur ramziy terma jamoasiga ham kiritildi.

Video «Tezkor studiya»: Kun o'yinlari tahlili, tur sensaciyasi hamda o'zbek futbolidagi muammoli tendenciya haqida Beg'amov va Koshelev fikrlari

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика