So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Superliga. "So'g'diyona" va "Buxoro" murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" va "Buxoro" murosa ko'chasini tanladi

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi.

"So'g'diyona" – "Buxoro" 1:1

24.05.2025, 21:00

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Azamov, Maksim Nexochin

Zaxira hakami: Muntoz Toshmurodov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

VAR hakami: Naim Qosimov

AVAR hakami: Islom Azimov

Komissar: Oybek Davletmurodov

Gollar: 0:1 – 16, Shahboz Jo'rabekov (Frane Ikich), 1:1 – 24, Lyupcho Doriev (Suhrob Izzatov)

"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 5.Behruz Jumatov (2.Zoir Jo'raboev, 46), 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov, 11.Sahob Rashidov (9.Samandar Mavlonqulov, 46), 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov (99.Umid Sultonov, 90+2), 34.Dilshod Misiraliev (17.Ehsoni Panshanbe, 46), 42.Sardor Erkinov

Zaxira: 1.Shohrux Isaqov, 6.Samandar Sindarov, 23.Sardor Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 32.Nodir Soyibov

"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov (8.Anvar Jo'raev, 79), 5.Sardor Qulmatov, 10.Shohruz Norxonov (71.Albert Nurullaev, 79), 19.Bilol Tupliev (17.Javohir Ro'ziev, 65), 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 33.Yosep Tomashevich (77.Asilbek Qayumov, 51), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich (6.Ravshan Xayrullaev, 65), 97.Shahboz Jo'rabekov

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Javohir O'tamurodov, 23.Azamat Shomurodov, 88.Dominik Begich

Ogohlantirishlar: Islom Qobilov (53), Frane Ikich (59), Xondamir Mustafoqulov (84), Frane Ikich (88), Anvar Jo'raev (90+8)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+8. Anvar Jo'raev ogohlantirildi.

90+2. "So'g'diyona"da o'zgarish.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

88. Chiryak Qahramonovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

84. Mustafoqulov Nurullaevni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

79. "Buxoro" yana ikki o'zgarishga qo'l urdi.

76. Zarba! Dorievning navbatdagi zarbasi raqib himoyachisiga tegib, darvozaning tashqi tarafdan yuqori qismiga borib tushdi.

72. Mezbonlarning burchak uzatmasi ofsayd bilan yakunlandi.

69. Jo'raboevga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

65. "Buxoro"da ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

65. Dorievning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

59. Ikich hakam tomonidan ogohlantirildi.

57. Xavfli vaziyat! Erkinovning raqib jarima maydonida yo'llangan zarbasi raqib himoyachisiga tegib, darvoza to'rining tashqi yuqori tarafiga kelib tushdi. Burchak zarbasi.

53. Qobilov maydon markazida Ikichga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

51. Xavfli vaziyat! Doriev raqib jarima maydonida bir raqibini aldab o'tgan holda chap oyoqda zarba yo'lladi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "So'g'diyona" tarkibida uchta o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45+5. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni raqib jarima maydonida Ikich bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

45+2. Dorievning chap qanotdan uzatmasi Boymurodovning qo'llariga kelib tushdi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

40. Ikki jamoa futbolchilari janjallashib ketishdi. 

38. Jo'rabekovning yon chiziqdan otgan to'pini mezbonlar futbolchisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

35. Jo'rabekovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

31. Dorievning uzatmasidan so'ng Qahramonov havodagi to'pga eta olmadi.

29. Rashidov raqib jarima maydonida chalchanqa uslubda zarba yo'lladi, Boymurodov to'pni egallab oldi.

28. Rashidovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

24. GOL! Doriev hisobni tenglashtirdi! "So'g'diyona" hujumchisi raqib jarima maydonida o'ng qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan darvoza to'riga joylab qo'ydi! 

22. Dorievning zarbasiga to'p dosh bera olmadi va bosimi yo'qoldi. To'p almashtirildi.

16. GOL! Jo'rabekovning uzoq masofadan o'ng oyoqda uzatgan kuchli uzatmasi zarbaga aylanib ketdi va to'p yo'l-yo'lakay Ahadovga tegib, darvoza to'ridan joy oldi!

11. Zarba! Norxonov tomonidan raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llangan zarbaga biroz aniqlik etishmadi. To'p pastlab darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

10. Jo'rabekov tomonidan ijro etilgan jarima zarbasini Sobirov egallab oldi.

9. Jo'rabekovga nisbatan Jumatov fol ishlatdi. Standart vaziyat.

3. Po'latov o'zidan o'tib ketishga uringan Dorievga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etdi. Hakam "Buxoro" himoyachisini kechirdi.

1. O'yinni mezbonlar boshladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "So'g'diyona" qora-oq, "Buxoro" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика