So’nggi yangiliklar

07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  0 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0

Superliga: “Qo'qon-1912” – “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

Superliga: “Qo'qon-1912” – “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  Qo'qon-1912Nasaf
“Nasaf” Superliganing 7-tur uchrashuvini safarda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 21 aprel shanba kuni Qo'qon shahridagi “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

O'zbekiston Superligasi-2018. 7-tur
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) - “Nasaf” (Qarshi)
21.04.2018. Qo'qon sh., “Markaziy” stadion. 18:00da
Bosh hakam: 
Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Obid Jumaev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy)
Zaxira hakami:  Farux Yansupov (Toshkent).
Nazoratchi: Igor Nexochin (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Baxtiyor Namozov
 
O'zaro uchrashuvlar raqamlarda

Mazkur jamoalarning milliy chempionatimizdagi o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, jamoalar bungacha 16 marta tuqnash kelishgan. SHundan 12ta uchrashuvda "Nasaf" g'alaba qozongan. 4 uchrashuvda qo'qonliklarning qo'li baland kelgan. Eng qiziqarlisi jamoalarning o'zaro uchrashuvlarida hanuzgacha durang natija qayd etilmagan.

To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik qarshiliklar tomonida 19-35.

Jamoalarning navbatdagi uchrashuvi 17-uchrashuv sifatida tarix sahifasidan joy oladi. Bu uchrashuv “Nasaf”ning milliy chempionatimizdagi 625-uchrashuvi hisoblanadi.

Qo'qondagi o'zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar shu paytgacha Qo'qonda 8 uchrashuvda bahs yuritishgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning 4tasida “Qo'qon-1912” jamoasi va yana 4tasida "ajdarlar" g'alabaga erishgan. Qo'qondagi o'zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 24ta gol kiritilgan. To'plar nisbati 14-10ni tashkil etmoqda. Ustunlik “Qo'qon-1912” jamoasida.


Qo'qondagi so'nggi besh uchrashuv natijasi
04.03.2017  “Qo'qon-1912” – “Nasaf” 1:2
26.08.2016  “Qo'qon-1912” – “Nasaf” 1:2
16.08.2015  “Qo'qon-1912” – “Nasaf” 1:3
18.08.2003  “Qo'qon-1912” – “Nasaf” 3:0
09.06.2002  “Qo'qon-1912” – “Nasaf” 3:0

O'zaro uchrashuvlardagi yirik hisoblar

"Nasaf"ning o'zaro uchrashuvlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Qo'qon-1912”da bu ko'rsatkich 3:0ga teng. Tarixda qolgan bu uchrashuvlar 2003 yili bo'lib o'tgan, “Nasaf” – “Temiryo'lchi” 4:0 uchrashuvida "Nasaf"ning o'tmishdagi to'purari – Zafar Xolmurodov xet-trik qayd etgan va Dilshod Mavlanov bir marta gol muallifi bo'lgan. Ikkinchi davrada Qo'qonda bo'lgan uchrashuvda esa SHuhrat Rahmonqulov dublni nishonlagan, SHuhrat Yusupov esa darvozaga bitta to'p yo'llagan.

Jamoalar to'purarlari

Qo'qonlik futbolchilar bu yilgi chempionatda 4ta gol urgan. SHulardan 2tasi Murod Xolmuhamedov hisobiga yozilgan bo'lsa, yana 1tasini Suhrob Berdiev kiritgan. “Navbahor” bilan bo'lgan uchrashuvda, “Qo'qon-1912” jamoasi foydasiga Tomislav Payovich o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan.

“Nasaf”ning birdan uch nafar futbolchisi jamoa to'rurarligiga davogar bo'lib turibdi. Bular Azizjon G'aniev, Bobir Abduxoliqov va Slavko Lukichlardir. Ular shu paytgacha raqiblari darvozasiga 2tadan gol kiritishgan. “Nasaf” shu paytgacha raqiblari darvozasini 8 marta ishg'ol qildi.

Sariq kartochkalar

“Qo'qon-1912” futbolchilari bu yilgi bahslarda 9 marta ogohlantirish olishgan. "Nasaf" futbolchilariga hakamlar 10 marta sariq kartochka ko'rsatishdi. “Qo'qon-1912” jamoasida Marko Milich va Qo'vondiq Ro'zievlar 2 martadan sariq kartochka olishgan.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari


Eslatib o'tamiz, “Qo'qon-1912” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv 21 aprel shanba kuni Qo'qon shahridagi “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

Yoshlar o'rtasidagi bahs esa, 20 aprel juma kuni soat 16:00da boshlanadi. Uchrashuv Uchko'prik markaziy stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика