So’nggi yangiliklar

11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  1 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  0 10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  6 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  6 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  5 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  4 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  2 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  1 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  7 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4

Superliga. "Qo'qon-1912" o'z uyida "Nasaf" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Qo'qon-1912" o'z uyida "Nasaf" bilan durang o'ynadi

Teglar :  Qo'qon-1912Nasaf
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlar bilan tanishib borish mumkin. 


YANGILASH

O'yin boshlandi. 15-daqiqada Xavfli vaziyat! Hasanov to'pni jarima maydonchasiga etkazib berdi. Berdiev esa to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Noaniq  

27-daqiqada Aziz G'aniev! U deyarli maydon markazidan darvozaga zarba yo'lladi, posbon to'pni maydondan chiqarib yubordi, burchak to'pi tepildi. Xavf bartaraf etildi.

34-daqiqada Quvondiq Ro'zievning zarbasi noaniq ketdi. 

40-daqiqada Xolmuhammedov to'pni maydon chetidan jarima maydonchasiga tashlab berdi, to'pni "Nasaf" himoyachilari qaytardi. Qaytgan to'pni Merzlyakov darvozaga yo'lladi, Quvvatov o'z o'rnida. 

44-daqiqada Jasur Hasanov chap qanotdan tezlik bilan oldinga bordi va darvoza tomon to'pni tepdi, posbon to'pga egalik qildi.

45-daqiqada mezbonlar burchak to'pi tepishdi, mehmonlar xavfni bartaraf etishdi. 

Birinchi taymda hisob ochilmadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

49-daqiqada Lukichning o'ng qanotdan jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini Abdixoliqov darvozaga yo'llay olmadi.

58-daqiqada Quvondiq Ro'ziev o'ng qanotdan xavfli zarba yo'lladi, Quvvatov to'pni o'z vaqtida qo'li bilan urib yubordi.

61-daqiqada Islom Rashidxonovning o'tkir burchakdan darvozaga tepgan to'pi sal noaniq bo'ldi.  

74-daqiqada Bobir Abdixoliqov to'pni uzoq o'ziga o'ngladi va darvozaga zarba berdi, O'tkir Yusupov to'pni egallab oldi.  

84-daqiqada Umarbek Eshmurodov Abdixoliqovga to'pni oshirib berdi, hujumchining boshi bilan darvoazaga yo'llagan zarbasi sal noaniq bo'ldi.

89-daqiqada Lukichning yaqin burchakdan darvoazaga boshi bilan yo'llagan zarbasini O'tkir Yusupov qaytarib qoldi.

90+2-daqiqada Abdixoliqovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

O'yinda hisob ochilmadi.


Superliga-2018, 7-tur
18:00 - "QO'QON-1912" - "NASAF" 0:0  
21 aprel 2018. Qo'qon. "Markaziy" stadion.
 11056 tomoshabin.
Hakamlar:
Zokir Qodirov (Navoiy), Obid Jumaev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy), Farrux Yansupov (Toshkent).
Nazoratchi: Igor Nexochin (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Baxtiyor Namozov

“Qo'qon-1912”: 1.O'tkir Yusupov, 5.G'iyos Komilov, 7.Jamshid Hasanov (96.Muhammadanas Hasanov, 81), 10.Javohir Sidiqov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 18.Bahodir Pardaev (9.Nosirbek Otaqo'ziev, 71), 19.Suhrob Berdiev, 22.Murod Xolmuhammedov (s), 23.Aleksandr Merzlyakov, 55.Darko Gojkovich (95.Milan Spremo,  87), 65.Marko Milich.
Zaxira: 21.Muzaffar Abdullaev, 4.Bahodir Akramov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Oybek Rustamov, 29.Igor Taran.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abdixoliqov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (20.Islom Kenjaboev, 78), 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyorjon Narzullaev, 18.Bobir Davlatov, 21.Jahongir Aliev, 38.Akmal Mozgovoy, 65.Mashhurjon Muhammadjonov.

Ogohlantirishlar: Murod Xolmuhammedov 48, Slavko Lukich 73.



"Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi to'g'ridan-to'g'ri namoyish etilmaydi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика