So’nggi yangiliklar

10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  0 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  5 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  0 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  1 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  5 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  12 07:22Бугун ФИНАЛ  11 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  20 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  11 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  9 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2

Superliga. "Neftchi" "Qizilqum" bilan o'yinning so'nggi daqiqasida g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" "Qizilqum" bilan o'yinning so'nggi daqiqasida g'alabani qo'ldan chiqardi

Superliga 6-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga

6-tur

"Qizilqum" – "Neftchi" 1:1 (TUGADI)

6 may. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:00

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Zokir Sapoev

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov

Komissar: Rustam Zuparov

Gol: SHohruz Norxonov 23, 0:1, SHahboz Jo'rabekov, 90+3 1:1

"Qizilqum": 12.Roberts Ozols, 7.Davron Anvarov (10.Elguja Lobjanidze,61), 8.Giorgi Kuxianidze, 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G'iyosov, 25.Azizbek Usmonov, 27.SHahboz Jo'rabekov, 37.SHerzod Fayziev (79.Diyor Raxmatilloev, 83), 71.Jamoliddin Ubaydullaev ( 4.Ilhom Vahobov,73), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (23.Samandar SHukurullaev, 46)

Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 9.Humoyun Abdualimov,  14.Fayzulla Qambarov, 22.SHahzod Rahmatullaev, 99.Asadbek Asadov.

"Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 4.Boyan Ciger, 8.Katalin Karp, 10.SHohruz Norxonov (77.Bilolxon Toshmirzaev,65), 11.Javohir Qaxramonov (24.G'ulomhaydar Gulyamov, 65 (17.Sanjar Qodirqulov,), 14.Xurshid Muxtorov, 19.Mirzohid G'ofurov (55.Manuchehr Safarov, 46), 20.Anvar G'ofurov, 23.Diyor Turopov, 70.Abbos G'ulomov, 99.Effiong Nsungusi (18.Mixay Roman, 85)

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Jaloliddin Jumaboev,  21.Muhsin Ubaydullaev, 

Ogohlantirish: Manuchehr Safarov ("Neftchi") 59, G'ulomhaydar G'ulomov ("Neftchi") 70, Ilhom Vahobov ("Qizilqum") 90+6


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90+6. OGOHLANTIRISH. "Qizilqum", Ilhom Vahobov

90+3. GOL. "Qizilqum" so'nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirdi. SHahboz Jo'rabekov jamoasini qiyin vaziyatdan olib chiqib ketdi. 

90. O'ZGARISH. "Neftchi", G'ulomhaydar G'ulomov jarohat oldi, uning o'rniga Sanjar Qodirqulov tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

85. O'ZGARISH. "Neftchi", Nsungussi Efiong o'rniga Mixay Roman tushdi. 

83.  O'ZGARISH. "Qizilqum", SHerzod Fayziev o'rniga Diyor Rahmatilloev tushdi. 

80. "Qizilqum" so'nggi daqiqalarda bosimni oshirdi. 

77. ZARBA. Jo'rabekovning kuchli zarbasini darvoza to'sini qaytardi. Kuchli zarba. 

73. ZARBA. "Qizilqum", Elguda Lobjanidzening zarbasini Quvvatov qiyinchilik bilan qaytardi. Xavfli vaziyat!

70. OGOHLANTIRISH. "Neftchi", G'ulomhaydar G'ulomov

65. O'ZGARISH. "Neftchi", Javohir Qahramonov o'rniga G'ulomhaydar G'ulomov, SHohruz Norxonov o'rniga Bilol Toshmirzaev tushdi. 

63. ZARBA. Nsungussi Effiong qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. U birga bir vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.

61. O'ZGARISH. "Qizilqum", Davron Anvarov o'rniga Elguja Lobjanidze tushdi. 

59. OGOHLANTIRISH. "Neftchi", Manuchehr Safarov

53. "Neftchi"dan ketma ket hujumlar. Nsungusiga hozirgi vaziyatda aniqlik etishmadi. 

46. O'ZGARISH. "Neftchi", Mirzohid G'ofurov o'rniga Manuchehr Safarov tushdi. 

46. O'ZGARISH. "Qizilqum", Fayzullo Jumanqo'ziev o'rniga Samandar SHukrullaev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+4. Jamoliddin Ubaydullaevning qaychi uslubdagi zarbasi noaniq ketdi. 

45+4. Navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidovga sariq kartochka ko'rsatildi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

41. "Qizilqum" raqib darvozasiga yo'l topishga yaqin kelgandi. Jarima maydonchasi ichiga tashlab berilgan to'pni Muhammadali G'iyosov boshi bilan darvozaga yo'llay olmadi. 

33. "Qizilqum" hisobni tenglashtirish uchun ustunlikni qo'lga olmoqda. Lekin mehmonlar tartibli himoyalanmoqda. 

23. GOL. "Neftchi" jamoasi uchrashuvda hisobni ochdi. SHohruz Norxonov Tarasovdan kelgan to'pni darhol qabul qilib olib aniq zarba bilan raqib darvozasi to'rini titratdi. 

18. "Neftchi"dan xavfli hujum. O'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatib berilgan to'pni 

15. ZARBA. Ketelin Karpning 25 metrlardan yo'llagan zarbasini "Qizilqum" posboni ushlab oldi. 

9. To'p nazorati "Neftchi" tomoniga o'tdi.

4. Ilk daqiqalardan jamoalar teng o'yin ko'rsatmoqda. 

- O'yinga start berildi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Barcha narsa tayyor!

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qoldi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика