So’nggi yangiliklar

10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  29 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3

Superliga. "Nasaf" 70 daqiqa bir kishi kam bo'lib "mehmon"da "Qizilqum"ni mag'lub etdi. Bozorovdan esa super gol Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" 70 daqiqa bir kishi kam bo'lib "mehmon"da "Qizilqum"ni mag'lub etdi. Bozorovdan esa super gol

Teglar :  NasafQizilqum
Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

"Qizilqum" - "Nasaf" 0:1

Gol: 87 - Oybek Bozorov

"Markaziy" stadion, Qarshi

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Alisher Rahimqulov

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Amir Galeev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Diyor Xotamqulov

"Qizilqum": 12. Robert Ozolc, 4. Ilhomjon Vahobov (2. Farrux Jo'raev,90), 6. Asror G'afurov, 7. Davron Anvarov ( 8. Giorgi Kuxianidze, 61 ), 11. Akaki SHulaya, 17. Muhammadali G'iyosov, 18. Baxtiyorjon Qosimov ( 77. Fayzullohbek Jumanqo'ziev, 90), 22. SHahzod Rahmatullaev ( 10. Elguja Lobjanizde, 61), 23. Samandar SHukurullaev, 25. Azizbek Usmonov (s), 71. Jamoliddin Ubaydullaev (14. Fayzullo Qambarov,76).

Zaxira: 21. Jahongir Mamatqulov,  9. Xumoyun Abdualimov,79. Diyor Raxmatilloev.

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev (s), 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov ( 6. Murodbek Rahmatov, 46), 9. Javohir Sidiqov (88. Marko Stanoevich.63) , 19. Stefan CHolovich, 22. Igor Golban, 32. Zoran Marushich (10. Bobir Abdixoliqov, 63), 34. SHerzod Nasrullaev, 70. Jambuli Jigauri (4. Dilshod Komilov, 46), 77. Oybek Bozorov (3. SHoxjahon Sultonmurodov, 90)

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 21. Doniyorjon Narzullaev, 23. Valentino Yuel , 44. SHahzod Akramov,

Ogohlantirish: 45 - Oybek Bozorov, 45+2 - Azizbek Usmonov


CHetlatish: 24 - Stefan CHolovich


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi

Qanotdan uzatilgan to'pni Qambarov qaytardi, qaytgan to'pni esa Oybek to'xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Bu gol qarshiliklar uchun juda muhim edi

87. GOOOL. Oybek Bozorovdan super gol

78. Baxtiyor Qosimovning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

77. Marko Stanoevichning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

76. Ubaydullaevning o'rniga Qambarov tushdi

68. Bobir raqib maydonchasiga ajoyib tarzda kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachiga tegdi va burchakka chiqib ketdi

66. Hozircha bir kishi kam bo'lib harakat qilayotgan "Nasaf" hujumlar tashkil qilishga urinmoqda, biroq deyarli 50 daqiqadan beri bir kishi ko'p harakat qilayotgan "Qizilqum" deyarli hujum qilmayapti

63. O'zgarish: Stanoevich va Abdixoliqov maydonga tushdi. Sidiqov va Marushich maydoni tark etdi

61. O'zgarish: Kuxianidze va Lobjanizde maydonga tushdi. Ular Rahmatullaev va Anvarovni alishtirishdi

52. Robert Ozolcdan sevy. Mozgovoyning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

50. Nasrullaev qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq "ajdarlar" hujumchisi to'pga etib kela olmadi

46. O'zgarish: Jambuli va Abdirahmatov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Rahmatov va Komilov tushdi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

45. Ogohlantirish: Oybek Bozorov hakam tomonidan ogohlantarildi

37. Muhammadalining chalqancha yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

35. "Nasaf" bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng hujumlar sonini oshirdi, "Qizilqum" esa himoyalanmoqda

24. CHetlatish: Hakam sariqni bekor qildi va Stefan CHolovichga qizil ko'rsatildi

23. Hakam VARga murojaat qilmoqda. "Nasaf" futbolchisi qizil kartochka olishi mumkin

15. Hozircha jamoalar keskin hujumlar tashkil etishga shoshishmayapti, uchrashuv teng kurashlar ostida o'tmoqda

6. G'iyosov raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq to'pni Nematov ushlab oldi

5. "Mehmonlar"dan ilk xavfli hujum. Kolovichdan super uzatma, biroq Nasrullaevning zarbasiga aniqlik etishmadi!


Uchrashuv boshlandi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика