So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 2:2 (матнли трансляция)   222 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

Superliga. Penaltilar hisobdan chiqarilsa, kim to'purar bo'ladi? (Jizzaxdagi o'yin haqida 11 fakt) Yangiliklar

Superliga. Penaltilar hisobdan chiqarilsa, kim to'purar bo'ladi? (Jizzaxdagi o'yin haqida 11 fakt)

Qarshining "Nasaf" klubi Superliganing 25-turida "So'g'diyona" bilan bittadan ochko bo'lishib oldi.

So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 50'

Superliga. 25-tur

20/11/2021, 14:00

1
:
1
Tugadi

Nasaf

Husayin Norchaev - 79'

45'
90'
15'  Elyor Orifov (SHahboz Jo'rabekov)
50'  Shohruz Norxonov
50'  Jasur Hasanov O
62'  Marko Kolakovich
80'  Jasur Hasanov O (Ergash Ismoilov)
84'  Ayubxon Nomanov (Darko Stanoevich)
84'  ZHavohir Qahramonov (Jasur Hakimov)
90'  Sardor Qulmatov
29'  G'olib G'aybullaev
61'  Marko Stanoevich
65'  ZHo'rabek Mannonov (Dilshod Saitov)
65'  SHohmalik Komilov (Bahrom Abdurahimov)
65'  Andriya Kaluderovich (Husayin Norchaev)
79'  Husayin Norchaev
82'  Abubakrrizo Turdaliev (Akmal Mozgovoy)
82'  Sukhrob Nurulloyev (Alibek Davronov)

Marko Stanoevich 5-emas, 6-sariq kartochkasini olgan o'yinga oid qiziqarli malumotlarni taqdim qilamiz.

1. Asker Najafaliev boshqargan so'nggi 4 o'yining 3tasida durang qayd etildi. 

2. SHohruz Norxonov Superligadagi qatorasiga 2-mavsumida 10+ gol urdi. 

3. Jamoalar 3-marta durangga imzo chekishdi. SHuningdek, o'zaro o'yinlarda "Nasaf"ning hisobida 33, "So'g'diyona"nikida 8 ta g'alaba bor.

4. "So'g'diyona"ning 11-o'yini durang bilan tugadi. Bu 2021 yilgi mavsumda barchadan ko'proq.

5. Jizzax klubi bu mavsum eng kam gol o'tkazgan jamoalardan biri bo'lib turibdi ("Paxtakor" va "Navbahor" bilan birga - 15).

6. Ulug'bek Baqoev shogirdlari bu yil o'z maydonida mag'lub bo'lmagan 3 jamoadan biri hisoblanadi ("Paxtakor" va "Bunyodkor" bilan). "So'g'diyona" Jizzaxdagi so'nggi mag'lubiyatini o'tgan yilning 11 sentyabrida "Mashal"dan qabul qilib olgan edi.

7. Bu mavsum faqatgina 2 klub "So'g'diyona"dan 4 ochko ola bildi: "Lokomotiv" hamda "Nasaf".

8. PFL rasmiy saytining malumotlariga ko'ra, mezbonlar himoyachisi Sardor Qulmatov mavsumdagi 4-sariq kartochkasini oldi va 26-tur doirasidagi AGMK bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.

9. Husayn Norchaev to'purarlar poygasida Temurxo'ja Abduxoliqovga etib oldi (12). Ulardan oldinda faqatgina Dragan CHeran bor (16). 

10. To'purarlar poygasida penaltidan urilgan gollar hisobdan chiqarilsa, Norchaev eng yaxshi "bombardir"ga aylanadi. U 12 golining 11 tasini o'yindan kiritgan. Bu borada Husayndan boshqa hech kim o'nlik dovondan o'ta olmadi.

11. "Nasaf"ning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 9 ta o'yinga etdi. "Ajdarlar" so'nggi bor avgust oyining oxirida "Navbahor"ga imkoniyatni boy berishgan edi.

"Bo'rilar" ham, "qaldirg'ochlar" ham xursand bo'lishdi

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика