Superliga. "Paxtakor" 90+8 daqiqada urilgan avtogol evaziga "Xorazm"ni mag'lub etdi
25 may 21:58
Yangiliklar


Superliga. "Paxtakor" 90+8 daqiqada urilgan avtogol evaziga "Xorazm"ni mag'lub etdi
"Paxtakor" – "Xorazm" 2:1
25.05.2025, 20:00
Bosh hakam: To'rabek Suyunov
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Sardor Hakimov
Zaxira hakami: Muzaffar Yoqubov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: G'ayrat Jo'raev
AVAR hakami: Shohruh Azimov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
Gollar: 0:1 – 5, Temur Ismoilov (Abror Xo'sinov), 1:1 – 24, Igor Sergeev (Bashar Resan), 2:1 – 90+8, Vladimir Bubanya (avtogol)
"Paxtakor": 19.Jonatan Luis (1.Nikita Shevchenko, 69), 77.Dilshod Saitov, 20.Dilshod Abdullaev (7.Hojiakbar Alijonov, 65), 4.Abdulla Abdullaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev (23.Abdurauf Bo'riev, 78), 9.Ibrohim Ibragimov, 21.Bashar Resan (94.Brayan Riaskos, 65), 6.Muhammadali O'rinboev (17.Doston Hamdamov, 65), 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 5.Muhammadqodir Hamraliev, 15.Diyor Ortiqboev, 30.Otabek Jo'raqo'ziev, 44.Mahmud Mahammadjonov
"Xorazm": 1.Mashhur Muhammadjonov, 5.Dilshod Jo'raev, 7.Temur Ismoilov (20.Danila Ejov, 90+1), 8.Hazrat Tursunqulov, 9.Jasur Azimov (22.Sanjar Shoahmedov, 84), 10.Murod Bobojonov (18.Francis Narx, 78), 11.Humoyunmirzo Iminov, 15.Vladimir Bubanya, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 77.Sunnatulla Abdullajonov, 88.Abror Xo'sinov
Zaxira: 12.Sardor Qobuljonov, 4.Farruh Ibrohimov, 6.Muhriddin Fazliddinov, 17.Muhammadbobur Asadullaev, 79.Aziz Axrorov, 99.Shahram Samiev
Ogohlantirishlar: Jasur Azimov (37), Temur Ismoilov (52), Abdulla Abdullaev (55), Murod Bobojonov (62), Sanjar Shoahmedov (87)
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90+8. GOL! Alijonovning o'ng qanotdan uzatmasini Bubanya o'z darvozasiga kiritib yubordi!
90+5. "Xorazm" jarima maydonida Narx to'pni tepib yuborish chog'ida Riaskos bilan to'qnashib ketdi. Hakam VAR bilan maslahatlashib, o'yinni davom ettirishga qaror qildi.
90+2. Alijonov tomonidan yo'llangan zarbani raqib darvozaboni qaytardi.
90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.
87. Shoahmedovga sariq kartochka ko'rsatildi.
85. Xavfli vaziyat! Qanotdan uzatilgan to'pga Bubanya bosh bilan zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
84. "Xorazm"da o'zgarish sodir bo'ldi.
80. Xavfli vaziyat! Tursunqulov o'ta qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.
78. Ikki jamoada bittadan o'zgarish bo'ldi.
77. Xavfli vaziyat! Sergeev raqib jarima maydonida deyarli bo'sh qolgan darvozani boshi bilan ishg'ol qila olmadi.
75. Hamdamov tomonidan yo'llangan zarbani Bubanya boshi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
72. Zarba! Alijonovning raqib jarima maydonidagi kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
69. "Paxtakor" tarkibida o'zgarish. Jarohatini yangilab olgan Jonatan Luis o'rniga Shevchenko tushirildi.
65. "Paxtakor" tarkibida birato'la uch o'zgarish amalga oshirildi.
62. Bobojonov fol ishlatib, so'ngra hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
61. Xavfli vaziyat! Bu safar Ibragimov yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi, biroq o'ng qanotdan uzatilgan to'pga etib kela olmadi.
59. Xavfli vaziyat! Bobojonovning raqib jarima maydoni ichidan pastlatib uzoq burchak tomon yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
56. Bobojonov tomonidan ijro etilgan jarima zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
55. Abdullaev Bobojonovga nisbatan fol ishlatgani uchun ogohlantirildi. "Paxtakor" jarima maydoni yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi.
52. Temur Ismoilov qo'pol o'yin uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
50. Resan chap qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi, biroq uning pasiga jamoadoshlari etib kela olmadi.
49. Sergeev raqib jarima maydonida zarba berishga urinib ko'rdi, biroq Bubanya uni zararsizlantirdi.
47. "Paxtakor" burchak zarbasi amalga oshirdi, Resanning uzatmasini raqib himoyachilari qiyinchilik bilan qaytardi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45+1. Adhamzoda tomonidan ijro etilgan jarima zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
45. "Xorazm" jarima maydoni yaqinida Toshpo'latov qo'pollik ishlatdi. Mezbonlar jarima zarbasi ishlab oldi.
43. O'rinboev o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borib, markazga uzatma amalga oshirdi, ammo "Xorazm" himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
37. Jasur Azimov Abdullaevga nisbatan qo'ypol o'ynagani uchun ogohlantirildi.
31. "Xorazm" xavfli hujum tashkil etdi, biroq yakuniy uzatmada Iminov va Ismoilov bir-birini tushunmadi.
26. Xo'sinovning raqib jarima maydoni yaqinida yo'llagan kuchli aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi.
24. GOL! Resanning chap qanotdan uzatgan to'pini Sergeev boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!
21. Abdullajonovning chap qanotdan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
20. Resan va jamoadoshi bir-birini tushunmadi, natijada mezbonlarning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi.
16. Saitovning o'ng qanotdan uzatgan to'pi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.
10. "Paxtakor" hujumi noaniq zarba bilan yakunlandi.
5. GOL! Mehmonlarning standart vaziyatni tezkor ravishda boshlab ketishi natijasida Xo'sinov tomonidan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Temur Ismoilov "Paxtakor" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!
4. "Xorazm" chap qanotda jarima zarbasi ishlab oldi.
1. O'yinni mezbonlar boshladi.
O'yindan oldin "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib oldi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Xorazm" oq rangli liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar