So’nggi yangiliklar

02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  16 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  2 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  6 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  3 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  18 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  22

Superliga. "Paxtakor" "Mashal"ga "shapaloq" tushirib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" "Mashal"ga "shapaloq" tushirib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

"Paxtakor" hamda "Mashal" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing qoldirilgan 1-tur uchashuvi yakunlandi.

"Paxtakor" — "Mashal" 5:0

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Akmal Sultonov

Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov

Hakam nazoratchisi: Oleg Dachev

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

AVAR hakami: Kristina Sereda

O'yin komissari: Diyor Xotamqulov

Gollar: 1:0 – 12, Igor Sergeev (Doston Hamdamov), 2:0 – 45, Flamarion (Hojiakbar Alijonov), 3:0 – 45+4, Igor Sergeev, 4:0 – 58, Otabek Jo'raqo'ziev (Diyor Xolmatov), 5:0 – 75, Dilshod Rahmatullaev (avtogol) 

"Paxtakor": 19.Jonatan Luis, 22.Umar Adhamzoda (44.Mahmudjon Mahammadjonov, 64), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Xojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 27.Sardor Sobirxo'jaev ((9.Ibrohim Ibragimov, 46), 17.Doston Hamdamov (6.Muhammadali O'rinboev, 64), 8.Diyor Xolmatov (23.Abdurauf Bo'riev, 80), 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 46), 11.Igor Sergeev.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 3.Shahzod Azmiddinov, 21.Muhammad Resan, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

"Mashal": 12.Dostonbek To'xtaboev, 34.Shahboz Jo'raev, 15.Muhammadali Aliqulov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 6.Javohir Abdualimov, 9.Ibrohim G'anixonov (17.Anvar Murodov, 46), 7.Islombek Baratov (96.Ibrohim Numonov, 75), 5.Samandar Ochilov, 8.Sardor Abduraimov (19.Islom Sharipov, 46), 2.Salifu Mudasiri (18.Dilshod Raxmatullaev, 34), 10.Humoyun Murtozaev (30.Shohnazar Norbekov, 68).

Zaxira: 1.Umidjon Hamroev, 22.Nurjahon Muzaffarov, 27.Zafarbek Akramov, 37.Sherzod Fayziev.

Ogohlantirish: Islombek Baratov (61), Avazxon Mamatxo'jaev (77), Abdulla Abdullaev (79)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+2. Sharipovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

85. Bo'riev ham Alijonovning ortidan "gap"ga ketdi. Yarim himoyachiga ham salomatlik tilab qolamiz. "Paxtakor" maydonda 9 kishi bo'lib qoldi.

Jarohat olgan Alijonov hisobni ko'rib, o'yinni davom ettirishni hohlamadi va do'stlari bilan "gap" tomon yo'lga otlandi. "Paxtakor" 10 kishi bo'lib qoldi.

80. "Paxtakor"da o'zgarish: Xolmatov o'rniga Bo'riev maydonga tushirildi.

79. Hakamga etiroz bildirgan Abdullaev ham ogohlantirildi.

77. "Mashal" futbolchisi ogohlantirildi.

75. GOL! Burchak uzatmasidan so'ng himoyachilardan qaytgan to'pga Ibragimov aniq zarba yo'llab, hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirdi!

75. "Mashal" tarkibida o'zgarish: Baratov o'rnini No'monov to'ldirdi.

72. "Mashal" hujumchisi ofsaydda qolib ketdi.

Bugungi uchrashuvni 4000 nafar tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.

68. "Mashal" tarkibida o'zgarish ro'y berdi: Murtozaev o'rniga Norbekov o'yinga qo'shildi.

68. GOL! Mahammadjonovning chap qanotdan uzatmasidan so'ng Sergeev navbatdagi golini urdi, ammo hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini malum qildi.

66. Rahmatullaevga tibbiy yordam ko'rsatildi.

64. "Paxtakor" tarkibida yana ikki o'zgarish amalga oshirildi: Hamdamov va Adhamzoda o'rniga O'rinboev va Mahamadjonov maydonga tushirildi.

61. "Mashal" futbolchisi Baratov maydoni markazida fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.

58. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Jo'raqo'ziev tug'ilgan kunida "Paxtakor"ning to'rtinchi goliga mualliflik qildi!

56. Xolmatovning ajoyib uzatmasidan so'ng raqib jarima maydonida turgan Alijonov zarba yo'llashga biroz kech qoldi.

56. Murtozaev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

55. Xolmatovning uzatgan to'piga Hamdamov to'xtatmasdan zarba yo'lladi, "Mashal" himoyachisi blok qo'ydi.

Hamdamov o'yinga qaytdi, u maydonni tark etishni xohlamadi). Stadion diktori Hamdamov maydoni tark etganini bildirgandi, ammo Sobirxo'jaev maydonni tark etgani malum bo'ldi.

49. "Paxtakor" burchak zarbasi ishlab oldi. Alijonovning uzatmasini "Mashal" darvozaboni ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ikkala jamoa tarkibida ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45+4. GOL! Sergeev dublni rasmiylashtirib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!



45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. GOL! Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Flamarion darvozaga to'g'rilab qo'ydi!

44. Alijonovning chap oyoqda tepgan to'pini To'xtaboev qiyinchiliksiz egallab oldi. 

41. "Mashal" futbolchilari raqib jarima maydoniga kirib borishga harakat qildi, ammo Hamraliev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

34. "Mashal" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

33. GOL! Sergeev dubl qayd etdi! Ammo hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi va golni inobatga olmadi.

31. G'anixonov "Paxtakor" darvozabonining oldinroqqa chiqib ketganidan foydalanmoqchi bo'ldi, ammo uning olisdan yo'llagan zarbasi o'xshamadi.

27. Zarba! Yana Alijonov–Sergeev tandimi zarbaga aylandi, bu gal To'xtaboev mahoratini namoyish etdi.

26. Zarba! Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Sergeev bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, ammo unga aniqlik etishmadi.

23. Baratov olis masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, ammo uning zarbasi aniq chiqmadi. "Mashal" futbolchisi o'tgan turda "So'g'diyona" darvozasiga chiroyli gol urgandi.

23. Xolmatov bir necha raqibi orasidan o'tib ketdi va raqib jarima maydoniga kirib borishga urinib yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

19. Hamdamov Sergeevni birga-bir vaziyatga chiqarib yuborishga harakat qildi, ammo uning pasi muvaffaqiyatli chiqmadi.

16. "Paxtakor"da yana bir hujum tashkil etildi. Ammo yakuniy zarba kuchsiz chiqqani bois raqib posboniga qiyinchilik tug'dirmadi.

12. GOL! Hamdamovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Sergeev deyarli bo'sh qolgan darvozaga joylab qo'ydi!



9. G'anixonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

7. "Mashal" himoyachisi sherigini oldinga boshladi, ammo to'p Jonatan Luisga kelib tushdi.

3. "Paxtakor"ning chap qanotdan hujumini Ochilov qaytardi.

1. O'yin boshlandi. "Paxtakor" to'q  binafsharang, "Mashal" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика