So’nggi yangiliklar

23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  3 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  5 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0

Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida 5 ta gol urilgan o'yinda "Andijon"ga yutqazdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida 5 ta gol urilgan o'yinda "Andijon"ga yutqazdi

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

"Paxtakor" – "Andijon" 2:3

Bosh hakam: Naim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Shohnur Yo'ldoshev

Zaxira hakami: Sardor Mirodilov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Sherzod Azamov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: 0:1 – 53, Doniyor Abdumannopov, 0:2 – Rustam Turdimurodov (Altin Kreziu), 1:2 – 67, Igor Sergeev (Muhammadali O'rinboev), 1:3 – 80, Luka Uskokovich (Altin Kreziu), 2:3 – 84, Bashar Resan (Hojiakbar Alijonov)

"Paxtakor": 19.Jonatan Luiz Da Sekeyra, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Muhammadali O'rinboev (99.Ulug'bek Hoshimov, 78), 7.Xojiakbar Alijonov, 11.Igor Sergeev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 30.Otabek Jo'raqo'ziev (21.Bashar Resan, 66), 44.Mahmudjon Mahamadjonov (22.Umar Adhamzoda, 89), 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion Jovino Filxo (17.Dostonbek Hamdamov, 89), 55.Muhammadrasul Abdumajidov

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 3.Shahzod Azmiddinov, 9.Ibrohim Ibragimov, 31.Muhammadali Usmonov, 77.Dilshod Saitov

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 6.Altin Kreziu, 7.Rustam Turdimurodov, 8.Iskandar Shoyqulov (14.Abdurahmon Komilov, 80), 10.Ilhomjon Abdig'aniev (4.Islombek Mamatkazin, 72), 23.Doniyor Abdumannopov (22.Usmonali Ismonaliev, 72), 32.Luka Uskokovich, 33.Oleg Zoteev (18.Damir Temirov, 80), 66.Miomir Durichkovich, 71.Bektemir Abdumannonov (17.Farhodjon Sohibjonov, 90)

Zaxira: 25.Valijon Rahimov, 2.Abubakir Ashurov, 11.Islam Mashukov, 13.Sardorbek Azimov.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+4. Lukkaning olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

90+3. Resanning burchakdan uzatmasini Adhamov urib yubordi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Paxtakor" tarkibida ikki o'zgarish.

87. Resanning jarimadan uzatgan to'pi darvozaga kirishiga bir bahya qoldi. Burchak zarbasi.

84. GOL! Resan hisobni qisqartirdi! Iroqlik futbolchi Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini o'ziga to'g'rilab, raqib darvozasining pastki burchagiga aniq yo'lladi!

80. GOL! Kreziuning jarimadan uzatmasini Uskokovich bosh bilan "Paxtakor" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!

80. "Andijon" tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

78. "Paxtakor" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

74. Flamarion raqib jarima maydonida yiqildi, hakam qoida buzilmaganini bildirdi.

72. "Andijon" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

69. Xavfli vaziyat! Alijonovning o'ng qanotdan bergan pasini Uskokovich maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

67. GOL! "Paxtakor"ning o'ng qanotdan boshlangan hujumi ikkinchi qavatdagi ustunlik evaziga Sergeevga borib tushdi, Igor esa yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi!

66. "Paxtakor"da o'zgarish: Jo'raqo'ziev o'rniga Bashar Resan maydonga tushirildi.

60. GOL! Turdimurodov burchak uzatmasini bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

60. Abdummanopov Abdumajidovning qo'pol xatosidan foydalanib ketishi mumkin edi. Uning zarbasi rekoshet hosil qilib, maydonni tark etdi.

57. "Paxtakor"ning burchak uzatmasi mehmonlar tomonidan qaytarib yuborildi.

53. GOL! "Andijon" futbolchilarining qarshi hujumi natijasida ketma-ket ikki zarbasi "Paxtakor" darvozaboni qaytardi, ammo Abdumannopov tomonidan yo'llangan uchinchi zarba darvoza to'ridan o'rin oldi!

52. "Paxtakor" o'ng qvnotdan hujum tashkil etdi, Alijonovning uzatmasini Durikovich bartaraf etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+1. Flamarion tomonidan yo'llangan zarbani Adhamov egallab oldi.

45. Birinchi bo'liimga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Zarba! O'rinboevning chap qanotdan yo'llagan zarbasini Adhamov qaytardi.

42. Burchak uzatmasidan so'ng himoyachilardan qaytgan to'pga Sobirxo'jaev oyoq qo'ydi, uning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi. 

42. Uskokovich yana bir vaziyatda, bu safar himoyada jonbozlik ko'rsatdi.

41. Burchakdan uzatilgan to'p Uskokovichning zarbasi bilan yakunlandi, ammo zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

40. "Andijon" burchak zarbasi ishlab oldi.

38. O'rinboev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yindan tashqari holatni elon qildi.

37. Turdimurodov hujumda fol ishlatdi.

35. Mahamadjonovning uzatgan to'piga Sergeev bosh bilan zarba yo'lladi, ammo to'p mo'ljalga borib tushmadi.

33. Abdumannonov o'ng qanotdan markaz tomon harakatlanib, chap oyoqda zarba yo'lladi, noaniq.

31. Shayqulov sherigini birga-bir vaziyatga chiqarishga urindi, Abdumajidov ishonchli harakat qildi.

28. "Paxtakor"ning chap qanotdan uzatgan to'pni Adhamov egallab oldi.

27. "Andijon"ning navbatdagi hujumi chap qanotdan tashkil etildi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Abdullaev qaytardi.

25. Burchakdan uzatilgan to'pni himoyaga yordamga kelgan Sergeev qaytardi. Keyingi hujumda esa ikkinchi qavatdagi kurashda Alijonov jonbozlik ko'rsatdi.

24. "Andijon" o'ng qanotdan hujum tashkil etdi va burchak zarbasi ishlab oldi.

20. Xavfli vaziyat! Mahamdjonov tomonidan yo'llangan zarbani Uskokovich qaytarib qoldi. Aks holda hisob ochilgan bo'lardi.

19. O'rinboev raqib jarima maydonida bir raqibini aldab, markaz tomon pas berdi, ammo "Andijon" himoyachilari vaziyatni bartaraf etdi.

14. Flamarion katta tezlikda raqib jarima maydoniga kirib bordi, "Andijon"ning ikki himoyachisi qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

13. "Andijon"dan navbatdagi hujum. Abdumannopovning o'ng qaanotdan uzatgan to'pini Luiz egallab oldi.

11. Abdumannonovning chap qanotdan uzatmasiga Turdimurodov biroz kech qoldi, navbatdagi hujum esa mehmonlarning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

10. O'rinboev raqib jarima maydonida yiqildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini malum qildi. 

9. Abdumannonov epchillik bilan raqib futbolchisini xato qilishga majbur etib, raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq so'nggi pallada Abdullaev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

7. "Andijon"ning qarshi hujumini Alijonov yo'qqa chiqardi.

3. O'ng qanotdan oldinga borayotgan Flamarion qo'pollik evaziga to'xtatib qolindi.

2. Lukkaning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"dan nariga o'tmadi.

1. "Paxtakor" dastlabki hujumdayoq raqib jarima maydoni yaqinida standart vaziyatga ega bo'ldi. Havodagi to'p uchun kurashda andijonlik himoyachii qo'l bilan o'ynagani malum bo'ldi.

1. O'yin boshlandi. Mezbonlar tomonidan to'p o'yinga kiritildi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Andijon" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика