So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  0 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  1 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  88 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  24 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

Superliga. Oxirgi to'rtta turda g'alaba qozonmagan klublar Yangiliklar

Superliga. Oxirgi to'rtta turda g'alaba qozonmagan klublar

Teglar :  Superliga
Jahon chempionati yakuniga etayotgan pallada va undan so'ng Superligada hozircha to'rtta tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Jahon chempionati sabab Superligada tanaffus berilgan payt klublar o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish bilan mashg'ul bo'lishdi, shuningdek o'z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to'ldirib olishdi. Lekin oxirgi to'rtta turda umuman g'alabaga erishmagan klublar ham bo'ldi. Bular - "Nasaf", AGMK, "Neftchi" va "Buxoro".

"Nasaf" so'nggi bor 12-turda o'z maydonida "Neftchi"ni mag'lub etgandi. SHundan so'ng bu jamoa beshta o'yin o'tkazib, uch bor durang qayd etdi va ikki marta imkoniyatni boy berdi. "Nasaf" har bir o'yinda harakat qilyapti-yu, lekin g'alaba qozona olmayapti. Jamoa o'z maydonida "Navbahor" bilan "Qizilqum"ni ham mag'lub eta olmadi. Bekobodda esa 2:0 hisobida oldinda borayotib yakunda 2:2 o'ynadi. Bundan tashqari, Buxoro va Toshkentda kechgan bahslarda imkoniyatni boy berdi. Natijada "Nasaf" 20 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-o'ringa tushib qoldi.

Toshkent viloyati jamoasi AGMKning ham hozircha ishlari besh emas. Jamoada bosh murabbiy o'zgargani bilan hozircha buning samarasini ko'rmayapmiz. Negaki AGMK oxirgi to'rtta o'yindan uchtasida mag'lub bo'ldi. Jamoa faqat o'z maydonida "Neftchi" bilan durang qayd eta oldi, xolos. Agar "Neftchi" imkoniyatlardan to'liq foydalanganida shu kuni Olmaliqdan uch ochko bilan qaytishi ham mumkin edi. Baxtiyor Ashurmatov kelganidan beri AGMK g'alabaga erishgani yo'q. Uchta mag'lubiyat esa "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Qo'qon-1912" bilan kechgan o'yinlarda ro'y berdi.

Mavsum boshidan beri g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan "Neftchi" qaysidir jihatdan o'tgan yilgi "Obod"ni eslatib yuboryapti. "Obod"-ku o'tgan mavsum safarda "Buxoro" va o'z maydonida "Dinamo"ni mag'lub eta olgandi, lekin o'zining shonli tarixiga ega "Neftchi" oxirgi ikki yil juda qiyin vaziyatga tushib qoldi. "Neftchi" har turda yutishga harakat qilyapti-yu, lekin muhim pallada omadsizlik pand berib qo'yyapti. Masalan, AGMK va "Bunyodkor"ga qarshi o'yinlarda shunday holat ro'y berdi. Bu ikkita bahsni "Neftchi" yomon o'tkazmadi, jamoa bor kuchi bilan harakat qildi. Farg'onaliklar oxirgi to'rtta turda uchta durang va bir mag'lubiyat qayd etishdi.

Jahon chempionatidan keyin "Buxoro"ni ham tanib bo'lmay qoldi. Barcha "O'zbekneftegaz" kompaniyasi qaramog'idagi klublar kabi "Buxoro"da ham "qora kunlar" boshlanganga o'xshaydi. Zero, jamoa o'z maydonida "Nasaf"ni enganidan beri keyingi to'rtta uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. "Buxoro"ning ayniqsa safarda "So'g'diyona"dan 0:3 hisobida mag'lub bo'lishi hamda o'z maydonida "Neftchi" bilan 0:0 o'ynashi kutilmagan hol bo'ldi. "Buxoro" bu yil 5-turdan boshlab 9-turgacha qatorasiga to'rtta o'yinda g'alabaga erishgandi. O'shanda Ulug'bek Baqoev shogirdlari "Paxtakor", "Neftchi", AGMK va "Qizilqum" klublaridan ustun kelgandi. Ammo hozir o'sha jamoadan asar yo'qdek.

X.Xoliqov.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика