So’nggi yangiliklar

19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  1 19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Оқ-тепа", "Навбаҳор" – "ФарДУ"  0 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  2 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   17 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  26 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  4 15:26Эвра Брунунинг кетишига қарши: "У жамоанинг энг муҳим ўйинчиси, усиз МЮ Европа Лигаси финалига чиқмаган бўлар эди. Уни қўйиб юборишса, хато бўлади"   0 14:31“Лочин” парвози: Кубокдаги сенсация ва Полвоновнинг қайтиши  4 14:08Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган. Таркибда баланс бор, лекин бизга уларга ўхшаш ўйинчилар керак"  6 13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0 12:21Қоидабузарликдан сўнг урилган гол ва ВАРнинг нотўғри аралашувлари. Суперлиганинг 9-тури ҳакамлик таҳлили  3 12:12"Пахтакор" тўртинчи бўлди. "Насаф" охирги бор қачон 6 та гол ўтказган эди?   24

Superliga. Jamshid Boltaboevning dubli "Navbahor"ga "Olimpik" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Superliga. Jamshid Boltaboevning dubli "Navbahor"ga "Olimpik" ustidan g'alaba keltirdi

Teglar :  OlimpikNavbahor
O'zbekiston Superligasining 23-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Olimpik" - "Navbahor" 1:2
2 noyabr 2024 yil. Toshkent, "Jar" stadioni. 15:00
Hakamlar
: Nayim Qosimov, Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov, Jahongir Noraliev
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
AVAR hakami: Kristina Sereda
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Feruz G'aniev.

Gollar: Jamshid Boltaboev 19, - 0:1. Farrux Muxtorov 36 penalti, - 1:1. Jamshid Boltaboev 72, - 1:2 (Siyavash Haqnazari).

"Olimpik": 1.SHukron Yo'ldoshev, 5.Maqsud Aloxo'jaev, 8.Nodir Abdixoliqov, 9.Akbar O'ktamov, 10.Farrux Muxtorov (16.Rian Islamov, 64), 15.Muhsin Bozorov (77.Sunnatilla Abdullajonov, 46), 18.Akbar Abdirasulov, 19.Ahmad Anvarov (2.Mirkomil Abdurazzoqov, 22) (17.Jaloliddin Sodiqov, 64), 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 29.Ulug'bek SHaripov, 70.Muhammadbobir Mo'ydinov.
Zaxira: 99.Edem Nemanov, 7.Timur To'legenov, 11.Anvar Alijonov, 23.Oblayorbek Rahmatov, 81.Abdulaziz Abdusalomov.

"Navbahor": 18.Eldorbek Suyunov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov (55.Komiljon Tojidinov, 84), 12.Saidazamat Mirsaidov, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Ruslanbek Jiyanov (15.Javohir Abdujabborov, 77), 22.Toma Tabatadze (21.Giorgi Nikabadze, 77), 23.Yovan Jokich, 24.Dostonbek Abdulhaev (8.Siyavash Haqnazari, 52), 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 41.Ozodbek Marupov, 4.Abror Karimov, 19.SHerzodbek Abdulboriev, 20.Muzaffarxon Mo'minov, 27.Jahongir Tursunov, .

Ogohlantirishlar: Mirkomil Abdurazzoqov 30, Eldorbek Suyunov 35, Azimjon Ahmedov 45+1,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+3. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Navbahor" safarda 3 ochkoga ega chiqdi.

90+1. Nikabadze uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi va SHukron Yo'ldoshevdan chiroyli seyv.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Olimpik"ning navbatdagi hujumi oxiriga etmay qoldi. 

84. O'zgarish. "Navbahor". Iskanderov o'rniga Tojiddinov tushdi

79. O'zgarish. "Olimpik". SHaripov o'rniga Abdusalomov tushdi

77. O'zgarishlar. "Navbahor". Jiyanov va Tabatadze o'rniga Abdujabborov va Nikabadze tushdi

72. GOL! Siyavash Haqnazarining uzatgan to'pini Jamshid Boltaboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, dubl - 1:2.

64. O'zgarishlar. "Olimpik". Abdurazzoqov va Muxtorov o'rniga Sodiqov va Islamov tushdi

52. O'zgarish. "Navbahor". Abdulhaev o'rniga Haqnazari tushdi

50. ZARBA! Sunnatilla Abdullajonovning zarbasidan so'ng, to'p rikoshet holatida "Navbahor" futbolchilaridan biriga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Olimpik". Muhsin Bozorov o'rniga Sunnatilla Abdullajonov tushdi




45+3. Birinchi taym yakunlandi. Hozircha 1:1

45+1. Ogohlantirish. "Navbahor". Azimjon Ahmedov

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

43. ZARBAAA! Jamshid Boltaboevning zarbasidan so'ng, SHukron Yo'ldoev to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni Azimjon Ahmedov uzoq masofadan darvozaga yo'lladi, noaniq.

36. GOL! Penaltidan Farrux Muxtorov unumli foydalandi va hisob tenglashdi - 1:1. 



35. Ogohlantirish. "Navbahor". Eldorbek Suyunov

35. PENALTI! "Navbahor" darvozasi tomon. Suyunov o'z jarima maydoni ichida Muxtorovni yiqitdi

30. Ogohlantirish. "Olimpik". Mirkomil Abdurazzoqov

24. ZARBA! Burchak to'pidan keyin Farrux Muxtorov boshi bilan darvozaga zarba berdi, yana Suyunov o'z o'rnida

24. ZARBA! Muhammadbobur Mo'ydinovning zarbasidan keyin Suyunov to'pni qaytardi!

22. O'zgarish. "Olimpik". Anvarov o'rniga Mirkomil Abdurazzoqov tushdi

20. "Olimpik" himoyachisi Ahmad Anvarov jarohat oldi.

19. GOL! JAMSHID BOLTABOEV 0:1. Toma Tabatadze katta tezlikda jarima maydoniga kirib zarba berdi, "Olimpik" darvozaboni SHukron Yo'ldoshevning qaytargan to'pini Jamshid Boltaboev boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 0:1.



18. Jamshid Iskanderovning zarbasidan so'ng, mezbonlar darvozaboni SHukron Yo'ldoshev to'pni qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

13. "Navbahor" sardori Azimjon Ahmedovning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

9. ZARBAAA! Toma Tabatadzening jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

5. "Navbahor" azolari ilk burchak zarbasini amalga oshirishdi. Ammo bu samara keltirmadi.

1.O'yin boshlandi!

- Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика