So’nggi yangiliklar

08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  1 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  3 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  0 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  3 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  1 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" жавоб учрашувида "Байер"ни мағлубияга учратиб, чорак финалга йўл олди  14 03:00ПСЖ "Челси"ни иккинчи учрашувда ҳам йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, кейинги босқичга йўл олди  38 02:56Даҳшат! Сенегалдан Африка чемпионлиги олиб қўйилди. Марокаш терма жамоаси финалдан икки ой ўтиб, Африка миллатлар кубоги ғолиби деб топилди!   35 02:55ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  380 01:35Эртак якунланди. "Спортинг" "Буде Глимт" қарши камбэк амалга ошириб, кейинги босқичга йўл олди  26 01:09"Будё Глимт" ЕЧЛда ғалати рекорд ўрнатди  3 00:23"Бавария" "Реал"га қарши эҳтимолий тўқнашув олдидан "Бернабеу"нинг томидан "чўчимоқда"  11 23:15Мексика Эроннинг ЖЧ-2026даги ўйинларини қабул қилишга тайёр. Бу ҳақда мамлакат президенти маълум қилди  6 22:52“Барселона” Бастонига қизиқиш билдирмоқда. “Интер” футболчига нарх белгилаган  0

Superliga. Olmaliqda darvozalarga 4 ta gol urilgan o'yinda g'olib aniqlanmadi Yangiliklar

Superliga. Olmaliqda darvozalarga 4 ta gol urilgan o'yinda g'olib aniqlanmadi

Superliga 10-turidan o'rin olgan OKMK – "Neftchi" uchrashuvi tarkiblari malum qilindi.

Superliga

10-tur

OKMK – "Neftchi" 2:2 (TUGADI)

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 20:00

Bosh hakam: Timur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Dias Galeev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Komissar: Muhammad-Sodiq Sodiq-Oxunov

Gol: Asadbek Sobirjonov (Aziz Xolmurodov) 22, 1:0, Abror Ismoilov 64, 1:1, Abror Ismoilov 66, 1:2, Islom To'xtaxo'jaev (Xurshid G'iyosov) 82, 2:2

OKMK: 1.Humoyunshoh Sayyotov (31.Muhammad Ubaydullaev, 68), 5.Giorgi Papava (28.Arixiro Sentoku, 73), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches (9.Kleydi Daci, 81), 15.Oybek Rustamov, 18.Aziz Xolmurodov (27.Ali Abdurahmonov,68), 19.Ahmadullo Muqumjonov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 99.Asadbek Sobirjonov (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 68)

Zaxira: 2.Akromjon Komilov, 4.Mirjamol Qosimov,  13.Eldorbek Begimov,    90.Abubakr Rizo Turdialiev.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev,80), 7.Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov ( 17.Muhammadali G'iyosov,58), 11.Quvondiq Ro'ziev (14.Jamshid Boltaboev, 58), 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 46), 34.Farruh Sayfiev (77.Bilolxon Toshmirzaev,46)

Zaxira: 45.Akbar To'raev,  9.Shohrux Gadoev, 33.Shohrux Yoqubjonov, 66.Doniyor Valiev, 

Ogohlantirish: Farrux Sayfiev ("Neftchi") 17

YANGILASH


90+4. Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

82. GOL. OKMK hisobdagi farqni tenglashtirdi. Islom To'xtaxo'jaev burchakdan uzatib berilgan to'pga oyog'ini to'g'ri qo'ydi va darvozaga yo'lladi, 2:2

81. O'ZGARISH. OKMK, Ruben Sanches o'rniga Kleydi Daci tushdi.

78. Abror Ismoilovning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

75. OKMKning ketma-ket hujumlari xavfli lekin samarasiz yakunlanyapti.

73. O'ZGARISH. OKMK, Giorgi Papava o'rniga Arixiro Sentoku tushdi.

68. O'ZGARISH. Mirjalol Qosimov bir yo'la 3 o'zgarishni amalga oshirdi. Humoyunshoh Sayyotov o'rniga Muhammad Ubaydullaev, Aziz Xolmurodov o'rniga Ali Abdurahmonov, Asadbek Sobirjonov o'rniga Nodir Abdurazzoqov tushdi.

66. GOL. Ikki daqiqada ikkita gol urgan farg'onaliklar hisobda oldinga chiqib oldi. Abror Ismoilovdan kutilmagan zarba. U darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi.

64. GOL. "Neftchi" hisobni tenglashtirdi. Abror Ismoilov aniq zarba bilan vaziyatni gol bilan yakunladi. 

58. O'ZGARISH. "Neftchi", Quvondiq Ro'ziev o'rniga Jamshid Boltaboev,  Jamshid Iskanderov o'rniga Muhammadali G'iyosov tushdi.

53. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuvni stadiondan kuzatmoqda.

50. Uchrashuv tengkurashlar ostida kechmoqda. 

46. O'ZGARISH. "Neftchi",  Zoran Marushich o'rniga Toma Tabatadze, Farruh Sayfiev o'rniga Bilol Toshmirzaev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. Yana OKMKdan oldinga yurish. Sobirjonov uzatmasiga Papava ulgurmadi.

39. OKMKdan navbatdagi xavfli hujum. "Neftchi" himoyachilari hujumni qaytarishdi.

37. ZARBA. Jamshid Iskanderovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

33. "Neftchi"ning hujumlari samarasiz yakunlanmoqda.

25. Gol inobatga olindi. OKMK uchrashuvda hisobni ochdi. 


23. Hakam jamoalarga 1 daqiqalik tanaffus berdi suv ichib olish uchun.

22. GOL. OKMK uchrashuvda hisobni ochdi. Asadbek Sobirjonov markazdan uzatilgan to'pdan so'ng darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi. Lekin hakam jim. U VARni eshitmoqda. Aziz Xolmurodov jamoadoshini qulay vaziyatga chiqargandi.

20. To'p nazoratidagi katta ustunlik Mirjalol Qosimov shogirdlari tomonida. 

17. OGOHLANTIRISH. "Neftchi", Farruh Sayfiev

12. "Neftchi" mezbonlar jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratdi. Sayfievning pasidan so'ng mehmonlar futbolchisi darvozaga zarba berishga harakat qildi. OKMK posboni Humoyunshoh Sayyotov to'pga chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.

5. ZARBA. OKMK o'yindagi ilk xavfli vaziyatni yaratdi. G'iyosov o'ziga kelgan to'pni Ruben Sanchesga qoldirdi. Uning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

- O'yin boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика