So’nggi yangiliklar

18:12"Қайрат" сўнгги турда "Астана" билан дуранг ўйнаб, 5-марта Қозоғистон чемпиони бўлди  0 17:57"Астон Вилла" — "Ман Сити" ва "Арсенал" — "Кристал Пэлас" ўйини учун таркиблар маълум  0 17:25Суперлига. ОКМК – "Насаф" 1:1 (матнли трансляция)  50 17:09"Бунёдкор" — "Машъал". Таркиблар маълум  0 16:40Сон Хён Мин Европага қайтмоқчи  1 15:36"Антальяспор" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  18 14:50"Манчестер Юнайтед" "Милан" форварди учун 100 млн евро сарфлашга тайёр  6 14:16Нидерландиялик ёш иқтидор эгасига "Челси" ва "Тоттенхэм" даъвогарлик қилмоқда  0 13:40"Ньюкасл" Португалия терма жамоаси ярим ҳимоячисини АПЛга қайтармоқчи  0 13:12"Нефтчи" меҳмонда "Шўртан"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:36"Қўқон-1912" сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:18Варди - А Сериядаги илк голи ҳақида: "Бахтдан еттинчи осмондаман!"  0 10:48"Бавария" топ-5 лига клублар орасида тарихдаги энг яхши натижани қайд этди   27 10:15Бруну Фернандеш: "Криштиану билан вазият, Саудия Арабистони ва бошқа ҳамма нарса ҳақида гаплашдим"  10 09:44Роналду қандай қилиб, 40 ёшда ҳам яхши спорт формасини ушлаб тургани ҳақида гапирди  6

Superliga. OKMK – "Nasaf" 1:1 (matnli translyaciya) Yangiliklar

Superliga. OKMK – "Nasaf" 1:1 (matnli translyaciya)

Superliga 26-turidan o'rin olgan markaziy bahs davom etmoqda.

Superliga

26-tur

OKMK – "Nasaf" 1:1 (LIVE) 

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 16:30

Gol: Nodir Abdurazzoqov (Saidafzalxon Axrorov) 54'

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Islom Azimov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Amir Galeev

Komissar: Mamur Sultonov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava (30.Abror Sarimsoqov, 87), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Aziz Xolmurodov (27.Ali Abdurahmonov, 76), 10.Xurshid G'iyosov (99.Asad Sobirjonov, 83), 11.Ruben Sanches, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov (19.Ahmadullo Muqumjonov, 76), 77.Nodir Abdurazzoqov (16.Naoki Senaga, 83).

Zaxira: 88.Hamidullo Abdunabiev, 13.Eldor Begimov, 18.Ibrohim Yo'ldoshev, 28.Arixiro Sentoku.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 7.Adenis Shala (22.Igor Golban, 68), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov, 18.Husayn Norchaev (19.Stefan Cholovich, 73), 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullaev (9.Javohir Sidiqov, 73), 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 5.G'olib G'aybullaev, 17.Suhrob Nurulloev, 20.Yusuf Otubanjo, 28.Shuhrat Muhammadiev, 55.Diyor Abdunazarov.

Ogohlantirishlar: Oybek Bozorov (37), Ruben Sanches (44), Nodir Abdurazzoqov (55), Abduvohid Nematov (73).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



87. OKMKda o'zgarish: Papava o'rniga Sarimsoqov tushirildi. 

86. "Nasaf" hujumlarni kuchaytirgan holda g'alaba sari intilmoqda. 

83. OKMKda 2 ta o'zgarish: Abdurazzoqov o'rniga Senaga, G'iyosov o'rniga Sobirjonov bahsni davom ettiradi. 

82. Gol urgan futbolchida ofsayd yo'q. Undan oldingi pas VAR'da tekshirildi. Davom etamiz. 

80. GOL! Bozorovning uzatmasidan so'ng Cheran bosh bilan to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi — 1:1!  

76. OKMKda 2 ta almashtirish: Axrorov o'rniga Muqumjonov, Xolmurodov o'rniga Abdurahmonov o'yinga qo'shildi. 

73. Nematov to'pni sherigiga oshirish chog'ida xato qildi va to'pni jarima maydonchasi tashqarisidan qo'l bilan urib yubordi, hakam darvozabonga sariq kartochka berdi. OKMK jarima zarbasiga ega bo'ldi. 

72. "Nasaf"da 2 ta almashtirish: Nasrullaev o'rniga Sidiqov, Norchaev o'rniga Cholovich maydonga tushdi. 

68. "Nasaf"da o'zgarish: Shala o'rniga Golban tushirildi. 

65. Xurshid G'iyosov birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, biroq so'nggi pallada Umar Eshmurodov to'pni egallab olishga erishdi. 

60. Abdurazzoqov Cheran bilan tortishib qoldi. Hakam futbolchilarni tinchlantirdi. 

58. Uuux! Nasrullaevning zarbasidan so'ng darvozaga kirib ketayotgan to'pni Axrorov qaytarishga erishdi! Dahshat! 

57. Uuuux! O'lmasalievning xatosidan keyin Norchaev chap oyoqda zarba yo'lladi, Ilyosovdan seyv! 

55. Abdurazzoqov golni libosini echgan holda nishonlagani uchun ogohlantirildi. 

54. GOL! Axrorovning uzatmasidan so'ng Abdurazzoqov hisobni ochdi – 1:0!

53. Zarbaa! Rustamovning zarbasi yana himoyachilarga tegib qaytdi. 

49. Zarbaaa! G'iyosovning aylanma zarbasidan keyin Nematov to'pga ega chiqdi. 

48. Abdurazzoqovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p qarshiliklar tomonidan uzoqlashtirildi. 

46. Ikkinchi taymga start berildi. Uni "Nasaf" boshlab berdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Ruben Sanches Bahromovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi. 

42. Zarbaaa! Adenis Shala yaqin masofadan zarba yo'lladi, ammo Ilyosov o'z o'rnida! 

41. Oybek Rustamov maydon markazida Dragan Cheranni yiqitdi. 

39. Zarba! Abdiraxmatovning uzatmasidan so'ng Nochraev bosh bilan zarba berdi, to'p Ilyosovda. 

37. Katta tezlikda oldinga o'tayotgan Ahmadalievni ortdan turib yiqitgan Oybek Bozorov ogohlantirildi. 

34. Xolmurodov fint bilan chiroyli o'ynashga urindi, ammo pas ancha noaniq edi va unga G'iyosov ulgurmasdi. 

31. Bozorovning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasi ichida Shala va Ahmadaliev biroz to'qnashdi, qarshiliklar vakiliga to'pga ulgurmadi. 

28. Markaziy uchrashuv maqomiga yarasha davom etmoqda — jangovar bahs. 

24. Rustamov Norchaevga nisbatan juda qo'pol harakat qildi, jarima zarbasi belgilandi. 

22. Uuux! Xolmurodov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib zarba yo'lladi, bu to'p darvoza yonidan o'tib ketdi, Sanches ulgurmay qoldi. 

20. Uuux! Sanchesning qulay pasidan so'ng Rustamov darvozani poylashga harakat qildi, biroq to'p himoyachiga tegib qaytdi. 

17.  Uuux! Havolatib amalga oshirilgan uzatmadan so'ng to'p O'lmasalievga qadar etib keldi, himoyachining zarbasini Nematov bartaraf qildi. 

15. Zarbaaa! Oybek Bozorov o'ng qanotda kuchli zarba berdi, sal aniqlik etishmadi.

14. Islom To'xtaxo'jaev o'yin qoidasini buzdi va ogohlantirildi. 

12. Zarbaaa! Norchaevning chamasi 20 metrdan bergan zarbasini Ilyosov bartaraf etdi! Yaxshi zarba — chiroyli seyv! 

11. Shala va uning sheriklari o'zaro paslashgan holda jarima maydonchasi ichiga yorib kirishga urindi, ammo hozircha hujum muvaffaqiyatsiz yakun topdi. 

8. Ahmadalievning qanotdan oshirib bergan to'pini Abdiraxmatov darvoza yaqinidan uzoqlashtirdi. 

6. Zarba! G'iyosovning pasidan so'ng Sanches zarba yo'lladi. Yaxshi vaziyat edi, biroq bu darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi. 

3. Zarba! Himoyachilar qaytargan to'p Sharof Muhitdinovga kelib tushdi. Tajribali yarim himoyachining zarbasi o'ta noaniq chiqdi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- O'yin 16:30 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+5   
26 okt 17:42:54
barselona7
Ҳали вақт бор. Охиригача умид қиламиз. Аммо ютқазиб қўйса Насақ иккинчи ўриндан ҳам қуруқ қолади. Тактикангга урай Рўзиқул ол майдондан Черанни бир киши кам ўйнаяпти жамоанг кўрмаяпсанми?
+4   
26 okt 15:50:13
Абдугаффор . N
Окмк га омад ёр булсин!
+3   
26 okt 16:04:27
Тўлқин Хайит
Ҳалол ўйин бўлсин зўри ютсин, зеро барака ҳалоликдадир. Чиройли ўйин тарафдоримиз.
+2   
26 okt 17:43:04
nasaf
Шу йилги Насафни трансферлари катта хато экан барчаси
+2   
26 okt 17:08:51
Шухрат Эргашев
FK Nasaf 2020 foydalanuvchining fikriga javob berish
Рузибойни ебан тишик варатарини кани куймайсанми варатага тешик варатарингни
Бунака фикларингни исмингни узгартириб ёзгин, барака топгур, Насаф деган исмингни урнига уз жамоанг исмини ёзгин.
+2   
26 okt 17:03:02
Шухрат Эргашев
Охирги вактларда куп Черанникини чайнаяпсизлар, Бердиев кечаги мураббий эмаску. Нима килишни узи билади, чемпионликни аввало у истайди.
+2   
26 okt 16:26:45
Azizjon
OLGA☆☆ AJDARLAR☆☆ OLGA SURQASH 70:75
+2   
26 okt 16:08:08
Isroiljon Qosimov
Футбол ажойиб ўйинда,ОКМК ютса ўзи ҳам Нефтчидек хурсанд бўлмаса керак.ОМАД ЖАМОАЛАРГА!!!
+2   
26 okt 16:00:28
Мирзохон
Ҳар икки жамоага омад! ҳечқиси кимни қоқилишини кутмайман, кучлиси ютаверсин, ҳалол футбол бўлсин. Шунчаки холис мухлис сифатида ўйинни кўраман.
+1   
26 okt 18:05:47
Leicester City
Nasaf darvozaboni oddiy vaziyatda xato qilyapti.
+1   
26 okt 18:03:54
Isroiljon Qosimov
Неъматовдан навбатдаги қовун,яхшиям гол бўлмади.Бу йилги НАСАФНИНГ ва Бердиевнинг ЭНГ катта хатоси Неъматовга ишониб дарвозабон олмагани.Айниқса,ОЧЛда каттиқ панд берди Абдувоҳид.
+1   
26 okt 18:03:01
Supper Liga
Abduvoxid deganini Termaga yaqinalshtirmaslik kerak. Bu sezon qilgan xatolarini boshqa varatalar faoliyati davomida xam qilmaydi
+1   
26 okt 17:57:10
Зоиржон Капаянги.
Бу ўйинни ОКМК мухлисларидан кўра Нефтчи мухлислари кўпроқ кузатаётган бўлса керак.
+1   
26 okt 17:12:40
Murodjon Fayzullaev
Шалани йуқот Ойбекни жойига уй Чоловични тушур
+1   
26 okt 16:57:53
barselona7
ОГМК яққол иккита вазиятдан уролмади. Рўзиқул Бердиевга бу огоҳлантириш қўнғироғи бўла олмайди шекилли. Ўзи майдонда бир киши кам ўйнаяпти (Черан сонда бор саноқда йўқ) яна ҳимоя суст Неъматов ҳам тўпни тўғри ОГМК футболчиларига қараб тепяпти.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика