Sherzod Jo'raev: "Muxlislarni xursand qilish maqsadida maydonga chiqqandik"
25 okt 22:18
Yangiliklar
Sherzod Jo'raev: "Muxlislarni xursand qilish maqsadida maydonga chiqqandik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Muxlislarbop o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildi. Namangandan ko'plab ishqibozlar kelgani ham bizni xursand qildi. Muxlislarni xursand qilish maqsadida maydonga chiqqandik. Birinchi taymda futbolchiimiz qizil kartochka olgach bir kishi kam bo'lib qoldik. Bu esa o'yinimizga tasir o'tkazdi. Qanday holatda bo'lmaylik, hujumkor o'yin ko'rsatishimiz kerak edi, shu bois futbolchilar harakat qilishdi. Kam bo'lib qolganimiz baribir o'yin oxirlariga kelib bilindi va xatolar tufayli ikkita gol o'tkazib yubordik.
- Keyingi turda "Nasaf"ga qarshi qiziqarli bahs kutmoqda. "Navbahor"ning "Nasaf"dan ochko olishga kuchi etadimi?
- Jamoa boshqaruviga kelganimdan beri futbolchilar bilan gaplashyapmiz. O'yinchilarimizning nimaga qodir ekanligini tinmay takidlayapmiz. Nasib qilsa qolgan o'yinlarda ham bor kuchimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Chunki muxlislarni xursand qilmasak bo'lmaydi. Bugungi bahsni ham tahlil qilgan holda xato va kamchiliklarni o'rganib chiqamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar
Қолганини билмадиму лекин Нефтчи Навбахор Пахтакор доимо кучли бўлсин.