Asror Aliqulov: "Futbolchilarimiz oxirigacha kurashishdi"
25 okt 21:39
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Futbolchilarimiz oxirigacha kurashishdi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Raqib "Neftchi" bo'lishiga qaramay, g'alaba uchun maydonga tushdik. O'yinni yaxshi boshladik, pozicion hujumlar uyushtirishga harakat qildik. Baribir "Neftchi" yaxshi futbolchilarga ega va himoyada ham, qarshi hujumda ham yaxshi o'ynay oladi. Garchi imkoniyatni boy bergan bo'lsak-da, futbolchilarimiz oxirigacha kurashishdi. Bugungi mehnat uchun jamoamizga minnatdorchilik bildiraman.
- Narzullaev yo'qligi "Sho'rtan" uchun katta yo'qotish bo'ldi. Uning o'rnini qanchalik to'ldira oldingiz?
- To'g'ri aytdingiz, Narzullaevning jamoamiz uchun tutgan o'rni baland. Shu bois qiynaldik. Ayrim futbolchilarni sinab o'rdik va yakunda Abror Toshqo'ziev varianti ustida to'xtaldik. Chunki boshqalar hali yosh. Qolaversa raqib ham "Neftchi" edi. Agar Narzullaev bo'lganida yanada ishonchli o'ynay olardik deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar