Superliga. "Neftchi" G'uzorda ishonchli g'alabaga erishdi
25 okt 18:28
Yangiliklar
Superliga. "Neftchi" G'uzorda ishonchli g'alabaga erishdi
"Sho'rtan" — "Neftchi" 0:2
25 oktyabr 2025 yil. G'uzor, "G'uzor" stadioni. 1911 tomoshabin.
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Ruslan Samandarov, Amal Sultonov, Mamurjon Ilhomov
Nazoratchi: Timur Galeev
VAR hakami: To'rabek Suyunov
AVAR hakami: Akmal G'iyosov
Komissar: Diyor Xotamqulov
Gol: Zoran Marushich 40, - 0:1. Vladimir Yovovich 88, - 0:2 (Jamshid Iskanderov).
"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shoxjahon Sultonmurodov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev (s), 8.Abubakr Rizo Turdialiev (19.Nuriddin Hasanov, 84), 9.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 10.Temur Mamasidiqov (11.Jasurbek Hakimov, 77), 14.Abrorbek Toshqo'ziev (88.Diyorbek Asomiddinov, 84), 15.Jo'rabek Mannonov (22.Sardor Sadullaev, 77), 21.Muhammadaziz Ibrohimov (45.G'anisher Qodirov, 62), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 76.Islomjon Kenjaboev
Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 17.Farruhbek Muxtorov, 70.Mirjalol Jumaev, 99.Sardorbek Saidov
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikromjon Aliboev, 7.Abrorbek Ismoilov, 9.Joel Kojo (32.Zoran Marushich, 7), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Quvondiq Ro'ziev (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 78), 20.Anvarjon G'ofurov (s), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov, (8.Vladimir Yovovich, 69) 23.Yovan Jokich
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 24.G'ulom-Haydar G'ulomov, 33.Shoxruxbek Yoqubjonov, 34.Farruh Sayfiev, 70.Silvinus Nimeli, 77.Bilolxon Toshmirzaev.
Ogohlantirishlar: Alisher Odilov 45+1, Quvondiq Ro'ziev 69.
MATNLI TRANSLYACIYA
90+4. O'YIN TUGADI. "Sho'rtan" - "Neftchi" 0:2
90+4. UXXX! G'anisher Qodirov himoyadagi qo'pol xatodan keyin birga bir vaziyatga chiqib ketdi va kuchsiz zarba berdi, Botirali Ergashev to'pni ushlab oldi
90+2. Xavfli vaziyat! O'ng tomondan Nuriddin Hasanov uzatgan to'p xavfli ko'rinish oldi, G'anisher Qodirov to'pga ulgurmadi
90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi
88. GOL! Vladimir Yovovich! Iskanderovning to'p uzatishidan keyin Yovovich gol urdi - 0:2.
84. O'zgarishlar. "Sho'rtan". Turdialiev va Toshqo'ziev o'rniga Asomiddinov va Nuriddin Hasanov tushdi
83. Zarba! Yo'ldoshevning chap qanotdan uzatgan to'pi himoyachiga tegib darvoza tomon bordi, Eshbo'taev to'pni ushlab oldi
78. O'zgarish. "Neftchi". Ro'ziev o'rniga Ibrohimhalil Yo'ldoshev tushdi
77. O'zgarishlar. "Sho'rtan". Mannonov va Mamasidiqov o'rniga Sadullaev va Hakimov tushdi
69. Ogohlantirish. "Neftchi". Quvondiq Ro'ziev
69. O'zgarish. "Neftchi". Odilov o'rniga Yovovich tushdi
68. Zarba! Aliboev-Iskanderov-Jokich kombinaciyasi Yovanning noaniq zarbasi bilan tugadi
67. "Sho'rtan"da jarima to'pi, samarasiz yakunlandi
62. O'zgarish. "Sho'rtan". Ibrohimov o'rniga G'anisher Qodirov
60. Xavfli vaziyat. Iskanderovning aqlli uzatmasidan keyin Odilov jarima maydoniga kirib zarba berdi, uning zarbasi yo'liga Sultonmurodov to'g'anoq bo'ldi
57. ZARBAA! Kenjaboevning to'p uzatishidan keyin Mamasidiqovning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin to'pni Ergashev qaytardi!
56. Zarba. Abror Toshqo'zievning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi
55. ZARBA! Aliboevning to'p uzatishidan keyin Marushich jarima maydoni ichidan chap oyoqda zarba berdi, Eshbo'taev o'z o'rnida!
52. Zarba. Yana Ismoilov zarba berdi, yana noaniq
52. ZARBA! "Sho'rtan"da jarima to'pi, Ibrohimovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni Ergashev egallab oldi
49. Zarba! Abror Ismoilovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:1
45+4. Zarba! Ro'zievning zarbasidan keyin Eshbo'taev to'pni ushlab oldi
45+1. Ogohlantirish. Alisher Odilov
45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi
40. GOL! Zoran Marushich hisobni ochdi - 0:1. Iskanderov to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi, Jokich to'p uchun kurashdi va to'p Xudoyberdievga tegib darvoza ustunidan maydonga qaytdi, qaytgan to'pni Marushich osongina darvozaga joylab qo'ydi.
25. "Neftchi" ketma-ket ikki bor burchak to'piga ega bo'ldi, ikkalasi ham samarasiz tugadi
20. FAKT! Ortda qolgan 20 daqiqa davomida ikkala jamoa ham raqib darvozasi tomon aniq zarba bera olmadi
20. Zarba! "Neftchi"da burchak to'pi, Ro'ziev uzatgan to'pni Marushich boshi bilan darvoza tomon yo'lladi, noaniq
19. UXX! O'ng tomonda o'ynayotgan Toshqo'ziev to'pni havolatib jarima maydoniga uzatdi, Mamasidiqovning bosh bilan zarbasi noaniq ketdi
17. Yana bir xavfli vaziyat. Aliboevning to'p uzatishidan keyin Ismoilov o'ng tomondan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, to'p hech kimga tegmay maydonni yon tomondan tark etdi
16. Xavfli vaziyat. Bu safar mezbonlardan hujum, Xoldorxonov jarima maydoni ichida raqibni alday olmadi, aks holda...
15. "Neftchi"ning hujumi, Abror Ismoilovning to'p uzatishi noaniq chiqdi
7. Majburiy O'zgarish. "Neftchi". Jarohat olgan Kojo o'rniga Marushich tushdi
6. Kojoning jarohati jiddiy shekilli, zaxiradagi Marushich tayyorlanmoqda
3. Joel Kojo to'p uchun kurashda jarohat oldi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishdi.
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 16:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar