Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Dinamo" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi
24 okt 20:55
Yangiliklar
Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Dinamo" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi
Superliga
26-tur
"Qizilqum" – "Dinamo" 2:0
Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 19:00
Gollar: Islom Kenjaboev 2', Jambuli Jigauri (Islom Kenjaboev) 31'
Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Dilshod Jumaniyozov
Zaxira hakami: Anvar Ismoilov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
Komissar: Sherzod Rajabov
"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 8.Shahzod Rahmatullaev, 9.Islom Kenjaboev (17.Akmal Muzaffarov, 70), 11.Jambuli Jigauri (6.Murodali Usmonov, 87), 16.Asror G'afurov, 22.Shahzod Turopov *18.Farhod Bekmuratov, 78), 23.Samandar Shukurillaev, 70.Shohruz Norxonov (7.Davron Anvarov, 78), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (79.Diyor Raxmatilloev, 87), 88.Dushan Miyich.
Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 19.Ilhom Kenjaboev, 33.Sulton Rahmatov, 71.Asadbek Baxshilloev.
"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 10.Anvar Hojimirzaev, 16.Richard Fraydey (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (11.Xislat Xalilov, 70), 37.Firdavs Abdurahmonov (99.Ulug'bek Hoshimov, 46), 55.Dmitriy Pletnyov (88.Marko Stanoevich, 46), 77.Mahmud Mahamadjonov (23.Behruzbek Oblaqulov, 86).
Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 8.Sanjar Qodirqulov, 12.Abdulahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov.
Ogohlantirishlar: Dmitriy Pletnyov (1), Islom Kenjaboev (34), Anvar Hojimirzaev (38), Dushan Miyich (43), Jahongir O'rozov (54).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+2. Uuuux! O'rmonjonovning uzatmasidan so'ng Kucherenko bosh bilan zarba berdi, noaniq.
90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi.
89. Uuux! O'rmonjonovning aylanma zarbasidan so'ng to'p darvozadan joy olishiga bir baxya qoldi, to'p yo'l-yo'lakay Miyichga tegib maydondan chiqib ketdi.
88. Zarbaaa! Xalilovning zarbasidan so'ng himoyachi Vahobov seyv ko'rsatdi! U zarbani bosh bilan bartaraf etdi!
87. "Qizilqum"da 2 ta o'zgarish: Jumanqo'ziev o'rniga Raxmatilloev, Jigauri o'rniga Usmonov tushdi.
86. "Dinamo"da almashtirish: Mahamadjonov o'rniga Oblaqulov uchrashuvni tugatib qo'yadi.
84. "Qizilqum" himoyasida biroz pala-partishlik kuzatildi, ammo yakunda Quvvatov to'pga ega chiqdi.

78. "Qizilqum"da 2 ta almashtirish: Turopov o'rniga Bekmuratov, Norxonov o'rniga Anvarov bahsni davom ettiradi.
75. "Dinamo" to'pga egalik qilgan holda hujum tashkil etish taraddudini ko'rmoqda, ammo mezbonlar himoyachi juda hushyor.
70. "Dinamo"da almashtirish: Abdusalomov o'rniga Xalilov tushirildi.
70. "Qizilqum"da o'zgarish: Kenjaboev o'z o'rnini Muzaffarovga bo'shatib berdi.
69. Zarbaaa! Hoshimovning bosh bilan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi.
67. Zarba! Hojimirzaev bir himoyachini aldab, darvozan poyladi, Quvvatov o'z o'rnida!
64. Havolatib uzatilgan ketma-ket to'plar navoiylik himoyachilar tomonidan uzoqlashtirilmoqda.
59. Zarbaaa! Marko Stanoevich to'pni to'xtatmasdan darvoza tomon yo'llashga urindi, ammo xavfli zarbaga aniqlik etishmadi.
56. Zarbaaa! Rahmatullaevning kuchli zarbasini Nemanov qaytarishga erishdi!
54. O'rozov qanotdan oldinga borgan Rahmatullaevga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi.
49. Zarbaaa! Stanoevichning olisdan yo'llagan zarbasini Quvvatov dastlab qo'lidan chiqarib yubordi, ammo keyin baribir o'ziga bo'ysundirdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. "Dinamo"da 3 ta o'zgarish: Abdurahmonov o'rniga Hoshimov, Pletnyov o'rniga Stanoevich, Fraydey o'rniga O'rmonjonov maydonga tushdi.
Birinchi taym nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus!
45+2. Zarbaaa! Norxonovning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. Dushan Miyich Abdurahmonovni yiqitib, tezkor qarshi hujumni to'xtatib qo'ydi va sariq kartochka bilan jazolandi.

42. Hojimirzaev to'pga intilish chog'ida navoiyliklar posboni Quvvatovni biroz turtib yubordi. Biroq hammasi joyida, bahs davom etadi.
38. Hojimirzaev Turopovning oyog'iga tepdi va ogohlantirildi.
37. Zarbaaa! Fraydeyning kuchli zarbasini Quvvatov qaytardi!

36. Mezbonlar qarshi hujumlarda juda faol harakat qilmoqda.
34. Islom Kenjaboev Mahamadjonovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochka oldi.
33. Vadim Abramov shogirdlaridan faollikni talab qilib, baqirmoqda.
31. GOL! Kenjaboev aldamchi harakatlarni amalga oshirib, Jigaurini qulay nuqtaga olib chiqdi. Jambuli darvozabon bilan birga-bir holatda darvozani ishg'ol qildi – 2:0!
29. Hojimirzaev Jumanqo'zievga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
28. Uuuux! Kenjaboev deyarli birga-bir holatga chiqib borib, darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi, biroq Kucherenko so'nggi pallada zarba yo'liga to'g'anoq chiqdi.
26. Zarbaaa! Norxonovning yaqin masofadan bergan zarbasini Edem Nemanov bartaraf etdi!
24. Pletnyovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng to'p sheriklaridan o'tib ketib qoldi va maydondan chiqib ketdi.
20. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich – 2 ga 3, to'pga egalik qilish foizi esa ikki jamoada ham 50% ni ko'rsatmoqda.
17. Zarbaaa! Jumaboevning kuchli zarbasidan keyin to'p ham himoyachiga tegdi, ham uni darvozabon to'sishga erishdi!
13. Uchrashuv keskin kurashlar ostida davom etmoqda. "Dinamo" gol o'tkazganidan so'ng omadini faqat oldindan izlamoqda.
8. Uuuux! Richard Fraydeyning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi o'ta xavfli, ammo noaniq ko'rinish oldi.
7. Kenjaboev Mahamadjonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam jarim belgiladi. Futbolchilar o'zaro tortishib ham qolishdi.
2. GOL! Islom Kenjaboev olis masofadan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirdi! Supper-pupper gol! To'p darvoza to'qqizligiga "mixlandi"!
1. Dmitriy Pletnyov Shohruz Norxonovga nisbatan qo'pol harakat qildi va darhol ogohlantirildi.
1. Bahs start oldi!

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
ЕЧЛ. "Барселона" "Эл Класико"дан аввал "Олимпиакос"ни йирик ҳисобда таслим этди
Fikrlar
Динамони йиглашига алам йук
Динамони йиглашига алам йук
Динамони йиглашига алам йук
КИЗИЛКУМ ФК БАРЧА ЖОН КУЙДИРИБ ХАРАКАТ КИЛГАН ФУТБОЛЧИЛАРИГА РАХМАТ ГАЛАБА МУБОРАК. ТАБРИКЛАЙМИЗ.
КЕЙИНГИ УЙИНЛАРГА ОМАД. СЕВИМЛИ КИЗИЛКУМ ЖАМОМИЗДАН НАВОИЙДА НЕФТЧИ БИЛАН ХАМ ЧИРОЙЛИ УЙИН КУТИБ КОЛАМИЗ .