So’nggi yangiliklar

03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  0 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  5 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  17 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  16 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  10 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  7 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  380 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0

Superliga. "Paxtakor" safarda "Neftchi"ga imkon qoldirmadi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" safarda "Neftchi"ga imkon qoldirmadi

Superliga 5-turidan o'rin olgan "Neftchi" va "Paxtakor" o'rtasidagi qoldirilgan uchrashuv yakunlandi.

5-tur. Qoldirilgan uchrashuv

"Neftchi" – "Paxtakor" 0:2

1 iyul. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:30

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Qanot hakamlari: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Akmal Rahimov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: 0:1 — 16, Dostonbek Hamdamov, 0:2 — 40, Doniyor Abdumannopov.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Boyan Ciger, 7.Jasur Jaloliddinov, 9.Husayn Norchaev (28.Behruz Oblaqulov, 64), 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Anvar G'ofurov (11.Javohir Qahramonov, 46), 21.Muhsin Ubaydullaev, 55.Manuchehr Safarov (19.Mirzohid G'ofurov, 57), 70.Abbos G'ulomov (3.Jaloliddin Jumaboev, 75), 99.Nsungusi Effiong (77.Bilolxon Toshmirzaev, 46).

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 8.Ketelin Karp, 14.Xurshid Muxtorov, 18.Mixay Roman.

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov (2.Behruz Asqarov, 84), 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev (19.Sunnatilla Poyonov, 88), 33.Doniyor Abdumannopov (31.Muhammadali Usmonov, 63), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 15.Diyorbek Ortiqboev, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 20.Dilshod Abdullaev, 80.Behruz O'ktamov, 99.Abbos Ergashboev.

Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov (4), Umar Adhamzoda (14), Diyor Xolmatov (60), SHahzod Azmiddinov (63).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+4. Jaloliddinovning navbatdagi zarbasi yana noaniq ko'rinish oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

87. Hakam qarorini o'zgartirdi. Penalti belgilanmadi.

85. "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilandi. Adhamzoda Toshmirzaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam VAR monitorida vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

83. Sobirxo'jaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

78. Xolmatovning jarimadan uzatgan to'pi Ergashevning qo'llariga borib tushdi.

74. G'ulomov jarohat olgan ko'rinadi, u tibbiy xodimlar yordamida maydonni tark etdi.

72. "Neftchi"ning xavfli hujumini mehmonlar qiyinchilik bilan qaytardi, qarshi hujum esa CHeranning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

69. Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi Azmiddinovga tekkan holda maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

63. Azmidinov qoidabuzarlik uchun ogohlantirildi.

62. Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

60. Raqib jamoaning xavfli hujumini to'xtatib qolgani uchun Xolmatov ogohlantirildi.

57. "Neftchi" tarkibida yana bir hujumchi maydonga tushirildi: G'ofurov Safarovni almashtirdi.

51. Norchaevning qanotdan uzatgan to'pini Nazarov egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Taym avvalida mezbonlar ikki o'zgarish amalga oshirdi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning burchakdan uzatmasi Jo'raboevning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

43. Xavfli vaziyat! CHeran raqib himoyachilarining palapartishligidan unumli foydalana olmadi.

40. GOL! Abdumannopov chap qanotdan oldinga bordi va himoyachilar qurshovida bo'lishiga qaramay, ishonchli harakatlar bilan "Neftchi" darvozasining pastki burchagini aniq nishonga oldi.

36. Norchaevning zarbasi yo'liga Azmiddinov to'g'anoq bo'ldi.

32. Abdumannopov Bellingemning Slovakiyaga qarshi o'yindagi harakatini takrorlashga harakat qildi, ammo uning urinishi unchalik muvaffaqiyatli chiqmadi.

30. Xavfli vaziyat! Effiong juda yaqin masofadan raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi, Nazarovdan seyv!

25. Jaloliddinovning jarimadan uzatmasini himoyachilarga yordamga kelgan CHeran qaytardi.

22. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning tezkor hujumi Norchaevning zarbasi bilan yakunlandi. Husaynning zarbasi rekoshet hosil qilib, darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi. 

16. GOL! Adhamzodaning ajoyib harakatlaridan so'ng raqib posbonidan qaytgan to'pni Hamdamov darvozaga joylab qo'ydi.

14. Adhamzoda chap qanotda raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

12. Qodirqulovning olis masofadan yo'llagan zarbasi kuchli chiqmagani bois Nazarov uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

11. "Paxtakor" standart vaziyat ishlab oldi, Hamdamovning uzatmasini himoyachilar bartaraf etishdi.

10. "Paxtakor" ketma-ket ikki marotaba burchak zarbasi ishlab oldi. Ikkala vaziyat ham mezbonlar tomonidan bartaraf etildi.

4. Sanjar Qodirqulov raqib futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

1. Uchrashuv boshlandi. "Neftchi" yashil-oq, "Paxtakor" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика