So’nggi yangiliklar

03:11АПЛ. МЮ икки марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  0 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7

​Superliga. "Neftchi" penaltidan urilgan gol evaziga OKMKdan ustun keldi Yangiliklar

​Superliga. "Neftchi" penaltidan urilgan gol evaziga OKMKdan ustun keldi

O'zbekiston Superligasi 25-turidan o'rin olgan ​"Neftchi" - OKMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Neftchi" - OKMK 1:0 

19 oktyabr 2025 yil. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni. 18:15 

Hakamlar: Dostonbek Rahmonov, Shoxnur Yo'ldoshev, Sardor Umrzoqov, Isroiljon Imomnazarov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Uchrashuv komissari: Shohruh Said

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Anvarjon Marajabov

Gol: Jamshid Iskanderov 17, penalti - 1:0.  

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 5. Ikromjon Aliboev, 6. Ibrohimxalil Yo'ldoshev (11. Quvondiq Ro'ziev, 63), 7. Abrorbek Ismoilov (77. Bilolxon Toshmirzaev, 90+3), 9. Joel Kojo (15. Shaxzodjon Nematjonov, 90+3), 10. Jamshid Iskanderov (32. Zoran Marushich, 74), 20. Anvarjon G'ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev, 22. Alisher Odilov (8. Vladimir Yovovich, 63), 23. Yovan Dokich.

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, 33. Shoxruxbek Yoqubjonov, 70. Silvanus Nimeli, .

OKMK: 35. Javohir Ilyosov, 5. Giorgi Papava (77. Nodirbek Abdurazzoqov, 60), 6. Avazbek O'lmasaliev, 7. Dilshodbek Axmadaliev, 8. Aziz Xolmurodov (27. Ali Abduraxmonov, 65), 10. Xurshid G'iyosov, 11. Ruben Sanchez , 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 21. Saidafzalxon Axrorov (19. Axmadullo Muqumjonov, 71), 99. Asadbek Sobirjonov (28. Arihiro Sentoku, 60).

Zaxira: 88. Xamidullo Abdunabiev, 13. Eldorbek Begimov, 16. Naoaki Senaga, 18. Ibrohim Yo'ldoshev, 30. Abror Sarimsoqov, .

Ogohlantirishlar: Ruben Sanches 56, Avazbek O'lmasaliev 81, Islom To'xtaxo'jaev 81, Anvarjon G'ofurov 85, Oybek Rustamov 87, 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+9. O'YIN TUGADI. "Neftchi" - OKMK 1:0

90+5. ZARBAAAA! Yovovichning uzatmasidan keyin Marushich birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, Ilyosovdan seyv! 

90+3. O'zgarishlar. "Neftchi". Ismoilov va Kojo o'rniga Toshmirzaev va Nematjonov tushdi

90+1. ZARBA! Ahmadalievning uzatmasini O'lmasaliev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Ergashev o'z o'rnida 

90. Uchrashuvga 8 daqiqa qo'shib berildi 

90. ZARBA! Ruben Sanchesning to'p uzatishidan keyin Abdurazzoqov uzoqdan erlatib zarba berdi, noaniq 

87. Ogohlantirish. OKMK. Oybek Rustamov

86. "Neftchi" sardori Anvarjon G'ofurov Ilyosov bilan to'qnashuvdan keyin erga noqulay yiqildi va elkasidan jarohat oldi. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi. 

82. ZARBA! Jarima to'pini Ro'ziev aniq amalga oshirdi, Ilyosovdan seyv!

81. Ogohlantirishlar. O'lmasaliev va To'xtaxo'jaev 

78. OKMKda jarima to'pi, G'iyosovning jarima maydoniga oshirgan to'pini Jokich boshi bilan qaytarib yubordi 

77. ZARBA! Ruben Sanchesning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin Ergashev to'pni ushlab oldi 

74. O'zgarish. "Neftchi". Iskanderov o'rniga Marushich 

71. O'zgarish. OKMK. Ahrorov o'rniga Muqumjonov 

68. Xavfli vaziyat. Xurshid G'iyosoving jarima maydoniga uzatgan to'pini Abdurahmonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Botirali Ergashev o'z o'rnida

65. O'zgarish. OKMK. Xolmurodov o'rniga Ali Abdurahmonov tushdi

63. O'zgarishlar. "Neftchi". Odilov va Yo'ldoshev o'rniga Yovovich va Ro'ziev tushdi

60. O'zgarishlar. OKMK. Sobirjonov va Papava o'rniga Abdurazzoqov va Sentoku

57. UXXXX! DAHSHAT! "Neftchi" jarima to'piga ega bo'ldi, Iskanderov uzatgan to'pni Jokich Cigerga tashlab berdi, Cigerning zarbasini Ilyosov dahshatli seyv bilan qaytardi, G'ofurovning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'sinidan qaytdi, Cigerning yana bir zarbasini himoyachilar qaytarishdi! 

56. Ogohlantirish. Ruben Sanches katta tezlikda jarima maydoni tomon ketayotgan Ismoilovni ushlab yiqitgani uchun 

53. UXXX! Xavfli vaziyat! Chap qanotdan chiroyli to'p uzatishidan keyin Ciger xatoga yo'l qo'ydi va to'pni egallab olgan G'iyosov jarima maydoniga kirib zarba berdi, noaniq! 

49. "Neftchi"da burchak to'pi, Iskanderov uzatgan to'pni Kojo darvozaga noaniq yo'lladi

46. Ikkinchi taym boshlandi. 


45+5. Birinchi taym yakunlandi. Hozircha 1:0.

45+2. Xavfli vaziyat. O'ng qanotdan Ismoilov uzatgan to'pni Ilyosov egallab oldi

45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi 

38. Xavfli vaziyat! OKMKning hujumi, Ahmadaliev o'ng qanotda ikki raqibdan o'tib to'pni jarima maydoni markaziga uzatdi, bu erda Ruben Sanches to'pni darvozaga yo'llay olmadi, Sobirjonovning zarbasi yo'liga Ismoilov to'g'anoq bo'ldi! 

32. Yana Alisher Odilov diqqat markazimizda, uning zarbasi noaniq chiqdi 

24. OKMKda jarima to'pi, jarima maydoniga havodan uzatilgan to'pni Ruben Sanches boshi bilan darvozaga yo'lladi, ancha noaniq

20. UXXX! Ismoilovnig chiroyli to'p uzatish, Odilovdan ajoyib reyd va zarba, Ilyosovdan yaxshi seyv!

17. GOL! Jamshid Iskanderov penaltidan hisobni ochdi - 1:0. Javohir Ilyosov zarba yo'nalishini topgandi, to'p uning qo'llariga tegib darvozaga kirib ketdi. 

16. PENALTI, OKMK darvozasi tomon! 

14. VAR hakami bosh hakamni monitor yoniga chaqirdi, Odilov yiqilganida penalti bo'lishi mumkin. Takroriy lavhalarda O'lmasaliev Odilovning oyog'ini bosgandek ko'rinmoqda. 

12. Xavfli vaziyat! Alisher Odilov jarima maydoni ichidan zarba bermay raqibni aldashga urindi, natijada vaziyat ko'kka sovurildi. Jokichning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

6. ZARBA! Ibrohimhalil Yo'ldoshev chap qanotdan oldinga o'tib zarba berdi, noaniq! 

5. Ilk daqiqalarda mezbonlar katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda. 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:15da boshlanadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

+11   
19 okt 19:50:31
Мирзохон
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ман Нефтчи ноҳақ пенальти тепди демоқчи эмасман. Ҳалоли бўлси омадини берсин. Аммо нега қачон Насаф пенальти тепса ноҳақ бўларкан. Нима Насаф пенальти тепиши учун рақиб тўпни қўли билан ушлаб олиб иккига бўлиб ташлаши ёки Насаф ўйинчисини тепиб бошини ёриши шартми? Жарима майдони ичида қўл билан ўйналдими бу пенальти. Шу қоида Нефтчига ҳам Насафга ҳам баравар ишлаяптику. Нимадан норозисизлар ўзи.
Фарғоналик мухлислар ҳақида тасаввурингиз хато экан, биз ҳеч қачон бошқа жамоани у бу демаймиз, эътибор берган бўлсангиз очко йўқотса жамоа мураббийи ва футболчиларни сўкамиз.
Сиз провокаторларни ҳақиқий мухлислардан ажратиб олинг.
Нефтчи ёки Насаф, кучлиси ва Аллоҳ насиб қилгани чемпион бўлади.
Олға Нефтчи.
+10   
19 okt 17:59:52
Saidjahon
Нефтчини бугунги галабаси чемпионликка курашни давом эттиради.Кушниларга омад пойтахт воха чемпион булди энди навбат водийга.Нефтчи Андижон мухлислари сен билан.ОЛГА НЕФТЧИ ОЛГА ВОДИЙ.
+8   
19 okt 19:11:25
Manutd123
Hakam nega Alijonovga qizil bermadi? 200% lik qizil ediku?!
+6   
19 okt 19:09:08
Murodjon Fayzullaev
Алибоевга 95% кизилни бермади хакам хатто курибхам чикмади
+6   
19 okt 18:53:36
Chustiy
Qo'shnilarga omad! umri no pobedi!
+5   
19 okt 20:36:11
Адхамжон Низамов
Manutd123 foydalanuvchining fikriga javob berish
Hakam nega Alijonovga qizil bermadi? 200% lik qizil ediku?!
Алижонов эмас,Алибоев.
+5   
19 okt 20:09:23
Xojakbar Xaitov
Ман неччи йил Насаф чемпион бусин деп куттим чемпион булди Энди Нефтчи чемпион булишини хохлиман чунки биза йошлигимиздан Пахтакор Нефтчи дербиларини куриб котта буганмиз......Пахтакор мухлиси
+5   
19 okt 20:01:51
Nizomiddin Xoshyayev
Saidjahon foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтчини бугунги галабаси чемпионликка курашни давом эттиради.Кушниларга омад пойтахт воха чемпион булди энди навбат водийга.Нефтчи Андижон мухлислари сен билан.ОЛГА НЕФТЧИ ОЛГА ВОДИЙ.
Нефтчининг галабасидан бир кувонсам сизнинг шархларингиздан бир кувонаман . Рахмат дустим сизга Андижонниям совринлар ютишида бирга нишонлайлик Иншааллох
+5   
19 okt 19:20:35
Azizjon
TOOOOOOZA QIZIL BOR EDI XAKAM NOXAKLI QILDI LEKIN....NEFTCHI FOYDASIGA
+5   
19 okt 18:41:53
Kane 010 Kane 010
Championatdi eng terpila xezalak o'yinchisi Alisher Odilov ekan shuning uchun Rossiyada o'ynolme ko'tiga tepilgan
+4   
19 okt 20:05:15
fahr
Нефтчи уял- эй, тоза ўйин керак. Бунақа чемпионликка талабгорлик ярашмайди...
+4   
19 okt 19:58:19
Alex Daniyarov
Нефтчини мухлисимизку-я, лекин бундай суст, ланж уйин бизга керак эмас, эркакка ухшаб уйнайликэ
+4   
19 okt 19:18:50
Azizjon
Neftchi galaba bilan tabriklaymiz )))
+4   
19 okt 19:12:23
salom salom
NEFTCHIGA OMAD FAQAT G'ALABA
+3   
19 okt 20:28:46
Nizomiddin Xoshyayev
Alex Daniyarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтчини мухлисимизку-я, лекин бундай суст, ланж уйин бизга керак эмас, эркакка ухшаб уйнайликэ
Нефтчида Левчонкада бутун мавсумда босим бор рахбарият томонидан чемпионлик масаласи куйилган бу хар мураббийга босим хамда масьулият юклайди натижада эхтиёткор тежамкор тахсимкор иш куришга мажбур натижага эришиш йулида энди шундай уйнаш маькулдир балки
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика